Ilg'or xorijiy davlatlarda boshlang'ich matematik ta'lim




Download 18.71 Kb.
Sana15.04.2024
Hajmi18.71 Kb.
#195565
Bog'liq
5-seminar
24mavzu, Презентация Microsoft PowerPoint, sadaassfsssasdasdasdaadsaasdasssfasg, iTm4X1UNxDwvHI6gm6j1wflKNeSVpzI90ZYygz54 (1), 050-20 STRo‘(2-топшириқ, Kimyo. 9-sinf (2014, I.Asqarov, N.To\'xtaboyev), pdf 20230516 000427 0000, 10 Ma\'ruza , C#, Катить - качу́-WPS Office, MAKTAB YOSHIGACHA BO’LGAN QIZ BOLALAR KO\'YLAGINI ASOS CHIZMASINI CHIZISH, 4-маъруза, МАКОМ САНЪАТИ ТАРИХИ ВА УНИНГ, Маруза

ILG'OR XORIJIY DAVLATLARDA BOSHLANG'ICH MATEMATIK TA'LIM.
Yaponiyada ta’lim tizimida “Oila’’ omiliga katta e’tibor berilgan. Amerika yoki Fransiyada esa mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda pullik maktablar jori etilgan. Lekin ayrim mamlakatlarda o’zini oqlagan va samara bergan modellarni o’zga davlatlarda to’g’ridan-to’g’ri qo’llab bo’lmaydi. Shuning uchun ham rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim tizimi chuqur o’rganib chiqib keyin o’sha davlatni milliy hamda O’zbekiston Respublikasiga xos bo’lgan xususiyatlar, sharoitlar inobatga olingan holda kadrlar tayyorlash tizimining yangi modeli ishlab chiqiladi. Iqtisodiy qudrati jihatidan Yaponiya jahonda Amerika Qo’shma Shtatlaridan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Jahonning ko’zga ko’ringan psixologlari va iqtisodchilari Yaponiya rivojlanishidagi bu ulkan parvozni mamlakatda ta’lim tizimlari taraqqiyotiga berilgan yuqori darajadagi e’tibor samarasi, deya qayd etadilar. Bu bejiz emas. Kun chiqish mamlakati deb yuritiladigan bu o’lkada ta’lim tizimlarini bosqichma-bosqich takomillashtirib borilishiga hukumat, xususiy kompaniyalar, jamoat tashkilotlari, ota-onalar qanchalik omilkorlik bilan yondashayotganliklarini hisobga olsak, jahon ilmiy tadqiqotchilarining yuqoridagi xulosalari asosli ekanligining guvohi bo’lamiz. Tabiiyki, Yaponiya ta’lim tizimlarining yuksak parvozi o’z-o’zidan bo’lgani yo’q. Uning ham o’ziga xos inqirozi va muammolari bo’lgan. Bularni to’liqroq tasavvur qilish uchun mamlakat pedagogik tamoyillari va taraqqiyotining tarixiy bosqichlariga nazar tashlash maqsadga muvofiq. Boshlang‘ich maktabda о‘qituvchilar bolalarni tanqidga, ya’ni xulqlarini yomon tomonlarini, maktabdagi kamchilikni tanqid qilishni о‘rgatadilar. Bundan kо‘rinib turibdiki, о‘qituvchi faqat ta’lim berish bilan cheklanib qolmay, bolaning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir etadi. Shuning uchun ham Yaponiyada о‘qituvchi kasbiga katta e’tibor beriladi. Yaponiya rivojlangan davlatlar ichida о‘qituvchining maoshi davlat raxbarlari maoshidan ham yuqori bо‘lgan yagona davlatdir. Turli ta’lim ko’nikmalarini bolalar ongiga singdirish yapon maktablariga xos fazilatdir. Masalan, 2-sinf o’quvchisi ko’pchilik oldida nutq so’zlash qobiliyatiga ega bo’lishi, 6-sinf o’quvchisi kamida 2 ta cholg’u asbobida kuy chala bilishi, boshlang’ich sinf o’quvchisi suvda bemalol suza olishi kerak. Mana shulardan yapon muallimi o’z kasbiga qo’shimcha ravishda yana nimalarni o’rganishi lozimligini bilish qiyin emas. O’qituvchi qo’shiq aytishi, cholg’u asboblarida kuy chala olishi, notiqlik san’atini bilishi, yaxshi sportchi bo’lishi kerak. Yaponiyaliklar tug’ri va halol turmush tarzini qadrlaydilar. 1-sinfdan to 9- sinfgacha axloq tarbiyasi maktab faoliyatining zaruriy shartidir. O’qituvchi o’z o’quvchilari bilan doimo birga bo’ladi. Boshlang’ich ta’lim jarayonida ko’p hollarda bitta o’qituvchi har bir sinfdagi barcha fanlarni o’qitadi. Bir toifadagi o’quvchilar soni odatda 40 tani tashkil qiladi. Biroq, o’tmishda, aholining tezkor o’sishi tufayli, bu raqam juda yuqori, ya’ni bir sinfga 50 ta o’quvchi to’g’ri kelgan. Ular o’qitadigan fanlar orasida yapon tili, matematika, ijtimoiy tadqiqotlar, musiqa, qo’l mehnati san’atlari, jismoniy tarbiya va uy iqtisodiyoti (oddiy pazandalik va tikuvchilik ko’nikmalarini o’rganish) kiradi. Boshlang’ich maktablarning soni ko’payib, ingliz tilini o’qitish boshlandi. Axborot texnologiyalari ta’limni yanada takomillashtirish uchun ishlatilgan va ko’pgina maktablar internetga kirish imkoniga ega Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Yaponiyada ta’lim tizimi ham shaklan, ham mazmunan yuksak uyg’unlik kasb etgan. Ibrat olsa, o’rganish arziydigai jihatlari ko’p. E’tiborli yana bir tomoni – Yaponiyada faqat milliy an’analar bilan cheklanib qolmay, jahondagi Amerika, Fransiya, Germaniya kabi taraqqiy etgan mamlakatlarning ilg’or pedagogik ish tyajribalari ham ijodiy o’zlashtirilgan. Fransiyada boshlang’ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang’ich maktablar fuqarolarning qanday millatga, mamlakat fuqaroligiga mansub bo’lishidan qat’iy nazar, majburiy va bepuldir. Boshlang’ich maktab bosqichiga qo’yilgan asosiy talab o’quvchilarga ifodali o’qish, yozish, hisoblash malakasini berishdan iboratdir. Fransiya ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan chet el fuqaroligiga mansub kishilarning farzandlariga ularning tabiatini, xalqi, tarixi, tili va adabiyotini o’rganish uchun fakultativ kurslar tashkil etish ham ko’zda tutilgan. Boshlang’ich sinflarda o’qish muddati 5 yil bo’lib, shu muddat ichidagi o’qish asosan 3 bosqichga bo’linadi: -Tayyorlov bosqichi – 1 yilga mo’ljallangan. Bunda bolalar hisoblashga, o’qish va yozishga, kuylashga, o’ylashga, tabiat manzaralarini tomosha qilishga va undan bahra olishga, jismoniy mashqlar bilai mashg’ul bo’lishga, maktabning turli sport tadbirlarida ishtirok etishga, musiqa, mehnat qilishga o’rgatiladilar. O’quv mashg’ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin ovqatlar juda arzonlashtirilgan narxlardadir.
Navbatdagi bosqich – elementar kurs bo’lib, bu bosqich 2 yil davom etadi. Bunda o’quvchilarning tayyorlov tsiklida predmetlar bo’yicha olgan bilimlari yanada takomillashtiriladi. Tayyorlov bosqichida bir o’qituvchi ishlasa, elementar bosqichda ikki o’qituvchi (har biri 1 yildan) ishlaydi. Boshlang’ich maktabning 3 bosqichi – chuqurlashtirish bosqichidir. Bunda o’quvchilarning tayyorlov va elementar bosqichdagi bilimlari yanada chuqurlashtiriladi. Dasturlarda o’quv predmetlarining barchasiga uch bosqich bo’yicha aniq, alohidaalohida talablar qo’yiladi. Masalan: O’qish I bosqichda o’quvchi:
1. Bosmadan chiqqan barcha nashrlarni (kitob, gazeta, jurnal, lugat, e’lon, xat va hokazo) bir-biridan ajrata olish;
2. Xatni o’qish tamoyillarini (satr boshi, sarlavha, bob, betlarning ketma-ketligi) o’rganib olish;
3. Matn tarkibini (nutq, asosiy qism, xulosa) aniqlay olish;
4. Mustaqil mashg’ulotlarda kitoblardan, lugatlardan foydalana olish.
II bosqichda:
1. O’qilgan mazmunini elementar bayon qilib bera olish;
2. Kitob mavzuida ishtirok etgan shaxslarni aniqlash, nomini bilish, tasvirlab berish;
3. Sintetik tahlil qila bilish (urg’u, tinish belgilari).
III bosqichda:
4. Ifodali, tez va aniq, ovoz chiqarib hamda o’zicha o’qish, o’qish qoidalarini to’la shakllantirish, savollarga og’zaki va yozma ravishda javob qaytarish, mavzuli rasmlarni izohlab berish;
5. Matndagi noaniq so’zlarii aniqlash va uni tez tarjima qilishni bilish;
6. Sinf kutubxonasini tashkil etishda ishtirok etish;
7. Bayon qilingan axborotni tinglash va to’gri qabul qilish;
8. So’zlarni og’zaki va yozma fonetik tahlil qilib berish;
9. Kitobdan va lugatli adabiyotlardan mustaqil ishlash jarayonida to’la foydalana olish;
10. Soddalashtirilgan matnlar bilan ishlashni bilish.
Yozuv Yozuvga qo’yilgan talab uch saviyada belgilanadi; yozuv texnikasini o’rganish, yozuvda qalam, ruchka, bo’rda ishlashni bilish, chiziqlarga to’la rioya qilish, yozma va bosma harflarni farqlash, xatolar ustida ishlash malakasini egallash lozim. Yozuv bo’yicha o’quvchi III bosqichda inshosi shakllangan, tasviri mazmunli, yozuv texnikasini mukammal o’zlashtirgan, ifodada aniq izchillikka ega bo’lmogi darkor. Shuni xulosa qilish mumkinki O’zbekistonda ta’lim sohasini rivojlantirish bo’yicha xorijiy tajribalardan foydalanishmoqda misol uchun hozirgi kunda o’zimizga masofaviy ta’lim tizimiga o’tishni boshladik. Ta’lim tizimiga juda katta etibor qaratilgan. Malakali kadirlar tayorlash ularni ish bilan taminlash yoshlarni o’qish va siportga jalb qilishga etibor berilmoqda.
Download 18.71 Kb.




Download 18.71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilg'or xorijiy davlatlarda boshlang'ich matematik ta'lim

Download 18.71 Kb.