Informatika muvzulari bo‘yicha xar bir darsni rejalashtirish. Informatikadan dars taxlili




Download 23.35 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi23.35 Kb.
#74818
Bog'liq
4 laboratoriya
Alishev Sh dastur Pedagogik dasturiy vositalar 2022-final1, молкуляр, 7-14-1143, bayroq bayonnoma, 6-informatika, 3-lab, Intelekt va kreativlik, kirish testi yangi ишончилиси 25.05.2021, Amirbek Anvarov, ta\'limda VR, Axborot manbalari, Mamadaliyev Nurali, Baxtiyor.uz-Informatika-MOK-testlari, 4-lab, Axborot manbalari

4-MAVZU. Informatika muvzulari bo‘yicha xar bir darsni rejalashtirish. Informatikadan dars taxlili.
1. Rejalashtirishning ahamiyati 
2. Tematik rejalashtirish 
3. Darsning asosiy komponentlarini rejalashtirish 
Rejalashtirish o`rta makablarda o`rganiladigan barcha predmetlarni shu bilan 
birga informatika o`rgatishni ham muvaffaqiyatli amalgam oshirish garovidir. 
Rejaning qaysi tipi bo`lmasin (hoh dars rejasi, hoh tematik, calendar yoki yakuniy) 
u o`quv materialini barcha psixologik va metodik qonuniyatlar, printsiplar asosida 
ma`lum bir davrga bo`lib o`rganishni taqazo etadi va tegishli ko`nikma va 
malakalarni o`stirishni nazarda tutadi. 
Rejalashtirishda quyidagilarga e`tibor qaratmoq kerak: 
a) informatika o`qitishning boshlang`ich bosqichida (5-sinf) informatika 
darsini tashkil qilishni rejalashtirish; 
b) sinfdagi o`quvchilarning bilim darajalarini hisobga olgan holda darsni 
rejalashtirish; 
c) darsni rejalashtirish o`quv yili boshlanishidan oldin bajarilishi kerak; 
d) o`qituvchi darslikni va undagi til materialini yaxshi bilishi va taxlil qila olishi 
lozim; 
e) o`qitishning shart-sharoitlarini, psixiologik qonuniyatlarini, nutq ko`nikmalarini hosil qilish bosqichlaridan yaxshi xabardor bo`lishi; 
f) zamonaviy informatika darsiga qo`yilgan asosiy talablarni bilish. 
Tematik rejalashtirish 
Informatika o`qitishda 2 xil rejalashtirish farqlanadi: 
1.Tematik rejalashtirish
2.Kundalik dars rejalashtirish. 
Darsni rejalashtirishning asosiy maqsadi informatika o`qitish maqsadi, 
vazifalari, til materialining hajmi, dars jarayoniga kiritish ketme-ketligi va shunga 
mos ravishda nutqiy ko`nikma malakalar hosil qilishdan iborat. Rejalashtirish 

yuzaga kelishi mumkin bo`lgan qiyinchiliklar oldindan aniqlanadi va uni bartaraf 


qilish yo`llari va tegishli mashqlar tuziladi. Rejalashtirish bir necha bir-biriga 
bog`liq bo`lgan bosqichlarni o`z ichiga oladi. Shunga ko`ra yillik reja, tematik reja 
va oddiy bir dars rejasini farqlash mumkin.
Yillik reja darslik mualliflari tomonidan tuziladi. U o`z navbatida yarim yillik 
va chorak rejalariga bo`linadi. Unda o`rganiladigan mavzular aniqlashtiriladi. Har 
bir mavzuni o`rgatishga ajratilgan dars soatlari bilimlar ko`lami, nutq shakllarining 
o`sish darajasi, o`tkaziladigan nazorat turlari vaqti hisobga olinadi. Shuni ta`kidlash 
kerakki har qanday yillik reja yaxshi tayyorgarlik asosida tuzilmog`i lozim. Agar 
biron bir sababga ko`ra rejaga o`zgartirishlar kiritiladigan bo`lsa ular yarim yillik va 
choraklik rejalarida o`z aksini topishi kerak. Informatika o`qituvchilari shahar yoki 
tuman metod birlashmalari tomonidan tavsiya etilgan rejalar asosida ish olib 
borishadi. Tematik reja (unit plan) metod birlashma tomonidan tuzilsada u 
o`qituvchining tashabbuskorligini cheklab qo`ymasligi kerak. Informatika o`qitish 
jarayoni ijodiy jarayon hissoblanib, o’qituvchi zarur hollarda unga o’zgartirishlar 
kiritishi mumkin.
Tematik rejalashtirishning asosiy vazifasi bu ma`lum mavzuni o`rganish 
natijasida erishiladigan yakuniy maqsadni aniqlashdir. Tematik reja asosida 
o`qituvchi har bir darsga aloxida kundalik reja tuzadi.
Kundalik reja quyidagilarni o`z ichiga oladi: 
1. ma`lum bir dars yakunida nimaga erishishni; 
2. qo`yilgan vazifani amalgam oshirish uchun qanday til materialini 
o`rganishni; 
3. belgilangan maqsadga erishish yo`llarini aniqlashni. 
Kundalik rejada dars mavzusi, maqsadlari, jihozlanishi va darsni tashkil qilish 
bosqichlari o`z ifodasini topadi. 
Dars strukturasiga quyidagilar kiradi: 
 Darsning boshlanishi (tashkiliy davr, davomatni aniqlash, til muhitini hosil 
qilish); 
 Amaliy mashg`ulot o`tkazish

 Uy vazifasini tekshirish; 


 Yangi o`quv materialini dars jarayoniga kiritishning texnologik ketma-ketligi
 Baholash;
 Uy vazifasini berish (har bir vazifa o`quvchilarga tushuntirib berilishi lozim) 
 Dars oxiri. 
Informatika darsi haqida ko`plab monografiyalar va maqolalar yozilgan. 
Darsning muvaffaqiyati uchun quyidagilar muhimligini aytadi: 
 dars mazmuni va maqsadi o`quvchilarning yosh hususiyarlariga mos kelishi 
kerakligi; 
 darsning talimiy va tarbiyaviy tomonlarining birligi; 
 darsning barcha bosqichlarida o`quvchilarning faolligi; 
 darsning har bir daqiqasidan samarali foydalanish; 
 darsni tegishli jihozlash; 
 dars oxirida uning natijasi sezilarli bo`lishi. 
Darsda ta`limiy maqsadni tarbiyaviy maqsadga bo`y sundirilishi, kollektiv 
(jamoaviy) va individual ish shakllarining birligi turli metodlarning qo`llanishi, 
xotira, diqqat va tafakkurni o`stirish qonuniyatlarini hisobga olish kerak. 
Darsni yana ham kengroq xarakterlaydi. Ular dars oldiga quyidagi vazifalarni 
qo`yishadi: 
 o`quvchilarning kompyuter savodxonligini o`stirish 
 dars maqsadiga erishish yo`lidagi ketma-ketlilik 
 qo`llaniladigan usullardagi samaradorlik va aniqlik 
 o`quvchilarning dars maqsadini va uning bosqichlari vazifalarini aniq bilishi, 
individual va jamoaviy ish shakllarini qo`shib olib borish 
 o`quvchilarning qiziqishlarini susaytirib yubormaslik, ularning shahsi va his-
tuyg`ulari bilan hissoblashish 
 ta`limiy va tarbiyaviy vazifalarni darsda hal qilish 
Xulosa qilib aytganda, informatika o`qituvchisi darsni rejalashtirish va dars turlariga 
hamda dars hususida yuqorida keltirilgan fikrlarni hisobga olgan holda informatika 

o`qitishni rejalashtirsa va darsni zamon talabiga va dars maqsadiga mos tog`ri tashkil 


qila bilsa darsning samaradorligi va yakuniy natija kafolatlanadi. 
Download 23.35 Kb.




Download 23.35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Informatika muvzulari bo‘yicha xar bir darsni rejalashtirish. Informatikadan dars taxlili

Download 23.35 Kb.