• Tayanch tushunchalar. Kommunikativ kompetensiya, Kompetensiya, AKT­kompetentlilik, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Tayanch kompetensiyalar
  • O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimida informatika yo’nalishdagi fanlar
  • Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishning uzluksiz tizimi Reja




    Download 33.58 Kb.
    bet1/3
    Sana02.12.2022
    Hajmi33.58 Kb.
    #32806
      1   2   3
    Bog'liq
    Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishning uzluksiz t
    oferta 10.10.18, Andijon davlat tibbiyot instituti «kelishildi», родлар (Автосохраненный), 8-ma’ruza. Fotorezistor, javoblar, Labaratoriya ishi 4, DM-PR-06-2022, KURS ISHI ANVARGA, 2- AMALIY SLAYT, Muradov.M(Kompyuter tarmoqlari), PDF Scanner-22 09 2022-11 05 18, final, HISOB, Документ Microsoft Word

    16 – mavzu. Uzluksiz ta’lim tizimida Informatika va axborot texnologiyalarining mazmuni va unga qo’yiladigan talablar. Umumiy va o’rta ta’lim maktablarida Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni va unga qo’yiladigan talablar. Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishning uzluksiz tizimi
    Reja

    1. O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimida informatika yo’nalishdagi fanlar

    2. Maktablarning boshlashg’ich sinflarida informatikani o’rganish

    3. Umumo’rta ta’limning Davlat ta’lim standarti

    4. «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» kursining mazmuni

    5. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida «Informatika» kursining mazmuni


    Tayanch tushunchalar.
    Kommunikativ kompetensiya, Kompetensiya, AKT­kompetentlilik, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
    Tayanch kompetensiyalar:
    Kommunikativ kompetensiya
    - jamiyatda o’zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta xorijiy tilni mukammal o’zlashtirish hamda muloqotda samarali foydalana olish;
    - o’z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to’g’ri qo’ya olish va javob berish;
    - ijtimoiy moslashuvchanlik, o’zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
    - muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish, uni ishontira bilish;
    - turli ziddiyatli vaziyatlarda o’z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur (konstruktiv) bo’lgan qarorlarni qabul qila olishdan iborat.


    O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimida informatika yo’nalishdagi fanlar

    O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlat maqomiga yega bo’lishi, o’ziga xos va o’ziga mos iqtisodiy rivojlanish yo’lini tanlashi ta’lim tizimida tub islohotlarni amalga oshirish, kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta ko’rib chiqish zaruratini tug’dirdi. SHu munosabat bilan qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi Konun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» islohotlarning ko’lami va hususiyatlarini o’zida aks yettirdi.


    Ta’lim sohasidagi islohotlar zaminidagi g’oyani amalga oshirish bir qator muhim omillarga bog’liq. Ular orasida shunday murakkab muammolar borki, bu muammolarni muvaffaqiyatli hal yetmay turib tub o’zgarishlar samarasi haqida gap bo’lishi ham mumkin yemas. Mana shunday muammolardan biri «Informatika» yo’nalishini tashkil yetuvchi «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika», «Informatika va axborot texnologiyalari» kabi kurslarni o’qitish muammosidir.
    «Informatika» yo’nalishidagi fanlarni o’qitish zaruriyati, tuzilmasi va faoliyat ko’rsatish sohalarida yuqori sur’atlar va fundamental o’zgarishlar sodir bo’layotgan hozirgi jarayonning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Jamiyatdagi bunday o’zgarishlarning ildizi axborotlar hosil qilish, ularni saqlash, uzatish va ulardan foydalanishning yangi usul va vositalariga borib taqaladi. Biz axborotlashgan davrda turibmiz. Doimo o’sib borayotgan axborot hajmini qayta ishlash va o’z faoliyat doirasida undan unumli foydalanish zaruriyatiga duch kelayotgan jamiyat a’zolari, turli kasb yegalari soni tobora ortib bormoqda.
    Hozirgi davrda real shart-sharoit shundan iboratki, O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini axborotlashgan asr yehtiyojlariga moslashtirmaslikning iloji yo’q. Ushbu masalaga «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham alohida ye’tibor qaratilgan.
    «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishning ikkinchi bosqichida (2001-2005 yillar) o’quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli adabiyotlar va ilg’or pedagogik, shu jumladan, axborot texnologiyalari bilan ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish vazifasi qo’yilgan yedi.
    Hozirgi kunda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amal oshirishning uchinchi bosqichi amalga oshirilmoqda.
    «Informatika» yo’nalishidagi fanlarni o’qitish zaruratining zamini, asosi bo’lib quyidagilarni anglash hisoblanadi:

    • kompyuterlar, axborot va kommunikatsion texnologiyalar dunyodagi axboriy inqilobning mahsulidir;

    • O’zbekiston Respublikasidagi ta’lim jarayonida ta’limni kompyuterlashtirishning jahon darajasiga moslashtirish yo’llarini izlash zarur;

    • kompyuter ta’lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi quvvatli vositadir, chunki u o’quv axborotlarini sifatli yetkazish imkoniyatlarini kengaytiradi, fanni o’rganishga bo’lgan qiziqishni oshiradi, ta’limni qiziqarli olib borish imkonini kengaytiradi, o’quv faoliyatini boshqarish usullarini o’zgartiradi, o’qituvchining axborot uzatuvchi sifatidagi rolining yuqori darajada bo’lishini ta’minlaydi va hokazo;

    • zamonaviy kompyuterlarda grafik interfeys, «do’stona» muloqot vositalari va boshqa imkoniyatlarning mavjudligi barcha soha mutaxassislariga, umuman foydalanuvchilarga komp’yuter bilan bemalol muloqot qilish imkonini beradi;

    • kompyuter savodxonligi natijasida bolalar rivojlanib borayotgan dunyoda kelajak hayotga va moddiy farovonlikka yerishishga yaxshiroq tayyor bo’lishlari mumkin;

    • zamonaviy kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlari shu darajadaki, ulardan nafaqat ta’limda, balki, har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalashda ham foydalanish mumkin.

    Maktabgacha tarbiya, umumo’rta ta’lim, o’rta mahsus, kasb-hunar ta’limi va undan keyingi ta’lim bosqichlarini o’z ichiga olgan va informatika va dasturiy ta’minot bo’yicha mutaxassis bo’lmaganlarga mo’ljallangan «Informatika» fani pedagogikamiz uchun yangi bo’lgan nizom va qarashlar sistemasiga asoslangan:
    - kadrning butun «hayotiy tsikli» hisobga olinishi kerak;
    - informatika yo’nalishidagi fanlarni o’qitish dunyoning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda ta’lim mazmunidagi o’zgarishlarni aks yettirishi kerak;
    - informatika va dasturiy ta’minot bo’yicha mutaxassis bo’lmaganlarga dasturlashni o’rgatish zaruriyatidan voz kechish lozim;
    - informatika yo’nalishidagi fanlarni o’qitish didaktik spiral tamoyili asosida qurilishi kerak;
    - ishlab chiqilayotgan o’quv kurslari mazmunining yangiligi va dolzarblik muddatini uzaytirishni axborotni qayta ishlash tamoyillariga urg’u berish asosidagina amalga oshirish mumkin;
    - shaxsni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish sifatlarini kafolatlashga yo’naltirilganlik;
    - o’qish vaqti resurslarini o’quvchilarning tafakkurini rivojlantirish, o’quv ijodiy faoliyatini tashkil yetish foydasiga qayta taqsimlash.



    Download 33.58 Kb.
      1   2   3




    Download 33.58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishning uzluksiz tizimi Reja

    Download 33.58 Kb.