Ini ishlab chiqishda rafinatsiya jarayonining tahlili




Download 17.65 Kb.
Sana05.09.2022
Hajmi17.65 Kb.
#25597
Bog'liq
Олимова, Бабоев
mtaa1

PAXTA YOG’INI ISHLAB CHIQISHDA RAFINATSIYA
JARAYONINING TAHLILI
M.D.Olimova, A.T. Baboyev

Respublikamizda kuchli yog’-moy sanoati potensiali yaratilgan bo’lib, quvvati jihatidan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlari orasida dastlabki o’rinlardan birini egallaydi.


Dezodoratsiyalash bir necha usulda olib boriladi: dastlab qizdiriladi, havosizlantiriladi, dezodoratsiya temperaturasigacha qizdirish, dezodoratsiyalash, filtrlash va boshqalar. Shularni hisobga olib, dezodoratsiya usuli texnologik holatida davriy ishlovchi dezodoratsiyalash qo’llaniladi.
Rafinatsiya jarayonining oxirgi bosqichi dezodoratsiya hidsizlantirishdir, uning maqsadi – yog’dagi noxush ta’m hidni yo’qotish. Bu ta’m va hidlar yog’da murakkab moddalar aralashmasini hosil qiladi. Bu moddalarga quyi molekulali yog’ kislotalari (kaprinovaya va hokazolar), alifatik uglevodorodlar, tabiiy efir moylari, aldegidlar, ketonlar, oksi kislotalar va hokazolar kiradi.
Hidsizlantirish vaqtida zaharli silikatlar ham yo’qotiladi. Hidsizlantirish jarayonining mohiyati: hidsizlantirish jarayoni 3 bosqichdan iborat: suyuqlik qatlamidagi aromatik moddalarni bug’lanish qatlamiga o’tishi; aromatik moddalarning bug’lanishi; bug’lanish qatlamidan bug’langan moddalar molekulalarini yo’qotish.
Hidsizlantirish samaradorligi aromatik moddalar tarkibi va uchuvchanligiga va jarayon temperaturasiga ham bog’liq.
Temperaturaning ko’tarilishi bilan aromatik moddalarning uchuvchanligi va bug’larning tarangligi oshadi. Agar temperatura juda yuqori bo’lsa, bu holda yog’larning polimerizatsiyasi va oksidlanishiga olib keladi. Temperatura 2500 C dan oshsa, yog’lar termik parchalanadi.
Aromatik moddalarni haydashda temperaturani pasaytirish uchun hidsizlantirish jarayoni vakuum ostida o’tkir bug’ ta’sirida olib boriladi.
Uchuvchan moddalarning va yog’ kislotalarning miqdori kamligi va bug’ bosimining pastligi uchun ularning eritmalari ideal eritmalar hisoblanib, ularning bug’ fazasi Dalton qonuniga bo’ysunadi.
Yuqori sifatli dezodoratsiya qilingan yog’ olish uchun umumiy talablardan tashqari (yuqori harorat, past vakuum va hk.) quyidagi talablarga rioya qilish kerak:

  1. Dezodoratsiya vaqtida yuqori haroratda yog’ni iloji boricha uzoq vaqt ushlash kerak emas.

  2. Yog’larni dezodoratsiyadan oldin havosizlantirilishi shart.

  3. Yog’larni qizdirganda, dezodoratsiya vaqtida va sovutish paytida namli havo bilan kontaktda bo’lishidan saqlash kerak.

  4. Dezodaratsiya tamom bo’lgandan keyin, uskunalar to’xtatilsa, ulardan yog’ bo’shatilishi va barcha qismlari yuvib tozalanishi kerak.

Yog’larni dezodoratsiya qilish uchun turli dezodaratorlar ishlatiladi:

  1. Davriy(uzlukli) dezodoratorlar.

  2. Uzluksiz ishlaydigan dezodoratorlar (De-Smet, Pinch-Bamag, Ole).

Davriy hidsizlantirish jarayonida harorat 170-2100 C bo’lsa, uzluksiz jarayonda esa 2300 C gacha bo’ladi. Apparatlardagi qoldiq bosim 5mm simob ustuniga teng bo’ladi. Vakuum hosil qilish uchun ko’p bosqichli bug’ejektorlar(bug’ejektorlar,vakuumli nasos) ishlatiladi.
Dezodoratsiya qilishdan oldin yog’lar va moylar yaxshilab rafinatsiya qilinishi kerak. Dezodoratsiyaga berilayotgan yog’ va moylar tarkibida sovun va oqlovchi tuproq qoldiqlari umuman bo’lmasligi kerak. Dezodoratsiyaga berilayotgan moyda agar sovun va oqlovchi tuproq qoldiqlari bo’lsa, ular qayta filtirlashga yuboriladi.
Iste’mol qilishga mo’ljallangan yog’larni sifati dezodoratsiya jarayonini to’liq va kamchiliksiz olib borishga ham bog’liqdir. Shuning uchun dezodoratsiya yog’larni tozalashdagi asosiy jarayonlardan biridir.
Dezodoratsiya sifatini yaxshilash uchun bu jarayonda yog’ va moylarga limon kislotasi eritmasi qo’shiladi. Limon kislotasi yog’larni oksidlanishini oldini oladi.
Download 17.65 Kb.




Download 17.65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ini ishlab chiqishda rafinatsiya jarayonining tahlili

Download 17.65 Kb.