• Интеграционный и инновационный подход к обучению числам для повышения математической грамотности учащихся начальных классов Fayzullayeva Sarvinoz Nabi qizi
  • BuxDUPI 1- bosqich magistranti Kalit so’zlar
  • Keywords
  • Ключевые слова
  • Интеграционный и инновационный подход к обучению числам для повышения математической грамотности учащихся начальных классов Fayzullayeva Sarvinoz Nabi qizi Buxdupi 1- bosqich magistranti Kalit so’zlar




    Download 160.22 Kb.
    bet1/3
    Sana26.06.2022
    Hajmi160.22 Kb.
    #24450
      1   2   3
    Bog'liq
    Matematik savodxonlik
    Ahamoniylar, AQSH 80-90 yil, MAVZU, Hamidov Begzod Abdiboqi o`g`li, 13, Бино ва иншоотларнинг номи, Сурхондарё вилояти Қўриқлаш бошқармаси бошлиғининг 2023 йил 07 январ кунидаги 2, 1489738009 65863, SANOATDA FOYDALI QAZILMALARNI VA ASOSIY MINERALLARNI QO`LLANILISHI., 111, «Zarbulmasal», Mektepki shekemgi jastaǵı balalarǵa huqıqiy tálim beriw, 16-mavzu, Документ Microsoft Office Word (2)

    BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING MATEMATIK SAVODXONLIGINI O’STIRISHDA RAQAMLARNI O’RGATISHNING INTEGRATSION VA INNOVATSION YONDASHUVI
    An integrated and innovative approach to teaching numbers to improve the mathematical literacy of primary school students
    Интеграционный и инновационный подход к обучению числам для повышения математической грамотности учащихся начальных классов

    Fayzullayeva Sarvinoz Nabi qizi
    BuxDUPI 1- bosqich magistranti
    Kalit so’zlar: integratsiya, innovatsiya, axborot texnologiyalari, raqamlar, multimedialar, zamonaviy yondashuv, interfaol metodlar, didaktik o’yinlar.
    Annotatsiya: Maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga raqamlarni o’rgatishda zamonaviy yondashish, sonlar haqidagi tasavvurlarini boyitish hamda sonlarni o’rgatishning integratsion va innovatsion usullari orqali ularning matematik savodxonliklarini o’stirish haqida yoritilgan. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematik savodxonligini o’stirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalari va interfaol usullardan foydalanishning afzalliklari aks etgan.
    Keywords: integration, innovation, information technology, numbers, multimedia, modern approach, interactive methods, didactic games
    Annotation: The article describes the modern approach to teaching numbers to primary school students, enriching their understanding of numbers and increasing students’ mathematical literacy through integrated and innovative methods of teaching numbers. The advantages of using modern teaching technologies and interactive methods in improving the mathematical literacy of primary school students are reflected.
    Ключевые слова: интеграция, инновации, информационные технологии, числа, мультимедиа, современный подход, интерактивные методы, дидактические игры.
    Аннотация: В статье рассматриваются современные подходы к обучению чисел младших школьников, обогащению их представлений о числах, повышению математической грамотности учащихся за счет целостных и инновационных методов обучения чисел. Отражены преимущества использования современных технологий обучения и интерактивных методов в повышении математической грамотности учащихся.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi 5712-son Farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dastur reytingida jahonning birinchi 30ta ilg’or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo’naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. Shuningdek konsepsiya doirasida o’quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash,axborotni mustaqil izlash,tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining rivojlanishiga alohida urg’u berishni hisobga olgan holda,zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim standartlarini joriy etish, o’quvchilarning bilim darajasini baholashda xalqaro PISA,TIMSS,PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan.


    PISA (Program for International Student Assessment) – 15 yoshli o’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy fanlardan savodxonlik darajasini baholash dasturi hisoblanadi.
    PIRLS( Progress In International Reading Literacy Study) – 4-sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini baholash dasturi. Ushbu xalqaro tadqiqot boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qib tushunish ko’nikmalarini rivojlanganlik darajasini xalqaro miqyosda taqqoslaydigan o’qish va o’qiish jarayonini yaxshilashga xizmat qiladigan xalqaro baholash dasturi hisoblanadi.
    TIMSS(Trends in International mathematics and science study) 4-8-sinf o’quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo’yicha fanlardan o’zlashtirish darajasini baholash dasturi bo’lib, ushbu tadqiqot har 4 yilda 1 marotaba o’tkaziladi. O’zbekiston TIMSS, PISA, PIRLS kabi tadqiqotlarda ishtirok etib, rivojlangan mamlakatlar tajribasini qo’llagan holda ularning natijalari bilan taqqoslab, o’z ta’lim sifatini oshirishga erisha oladi deyishimiz mumkin.
    Ushbu tadqiqotlarni dars jarayonida qo’llash dars samaradorligini oshirish bilan birga O’zbekiston ta’lim sistemasining jahon ta’lim standartlariga javob bera oladigan raqobatbardosh bo’la olishini ta’minlaydi. Ushbu natijaga bir kun yoki bir yilda erishish imkonsiz, ammo sekinlikda, oddiydan murakkabga tomon harakatlanib, prinsipial yondashish talab etiladi. Bu boshlang’ich sinf o’quvchilaridan ham alohida jonkuyarlik, fidoyilik hamda mas’uliyat talab etadi. Har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi ushbu tadqiqotlardan xabardor bo’lish bilan birga darslari jarayonida qo’llay olishi zarur. Buning uchun boshlang’ich sinf o’qituvchilariga ushbu tadqiqotlar borasida seminarlar, darslar olib borilishi kerak, mening nazarimda.Chunki boshlang’ich sinflar bu tadqiqotlarning asosi hamda tadqiqotlar natijaga erishishida poydevor hisoblanadi.
    PISA, PIRLS, TIMSS tadqiqotlari jahon talabiga javob beradigan ta’limga erishish bilan birga yoshlarning matematik savodxonligini oshirish, dunyoqarashini o’stirish, ularni kreativ fikrlaydigan, keng mushohada yurita oladigan, kelajagini belgilay oladigan chinakam zamonaviy yoshlar bo’lib yetishishiga xizmat qiladi.
    Ushbu tadqiqotlarni boshlang’ich sinflarda oddiy tushunchalar hamda elementar bilimlarda qo’llashdan boshlash kerak deb hisoblayman. Xususan boshlang’ich sinf o’quvchilarining raqamlash davrini oladigan bo’lsak, boshlang’ich sinf o’quvchilari maktabga qadam qo’yganda eng yaxshi egallagan bilimi bu raqamlar bo’ladi. Ular raqamlarni eshitib o’rganadilar va yaqinlari ko’magida raqamlar belgisini yodlab oladilar. Bunda ular uning qanday hosil bo’lishi, raqamlar hayotda nima uchun xizmat qilishini tushunib yetmaydilar. Shu tushunmay bilib olgan bilimlarini boshlang’ich sinf o’qituvchisi qiziqarli qilib tushuntirishlari kerak bo’ladi. Raqamlarning paydo bo’lishini ertakona qilib, ularning nimaga xizmat qilishini muammoli vaziyat tarzida hamda kompetensiyaviy yondashuvda xalqaro baholash tadqiqotlari topshiriqlari asosida o’yinlar tarzida yetkazish mumkin. Bundan tashqari darslikdagi o’quv topshiriqlaini bajarib borish davomida turli xildagi interfaol metodlar, didaktik o’yinlar hamda hozirgi zamon talabi bo’lib kelayotgan zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish o’rganilayotgan bilimlarni o’quvchiga tezroq, qiziqarliroq va tushunarli yetkazishga xizmat qiladi. Shunda dars samaradorligi ham oshadi, o’qituvchining salohiyati kengayadi, o’quvchilarning matematik savodxonligi o’sishiga xizmat qiladi. Raqamlar tushunchasiga ko’proq urg’u berish kerak, mening nazarimda. Oddiy bilimlar zamirida aslida juda katta falsafa va buyuk ishlarga ishora bo’ladi. Xususan, raqamlardan va ular ishtirokidagi topshiriqlardan har bir darsda foydalanish o’quvchilarning matematik savodxonligini o’stirishda poydevor bo’lib xizmat qiladi. Avvalo, matematik savodxonlik va uni o’stirish haqida to’xtalsak:
    Matematik savodxonlik – bu shaxsning hayotiy vaziyatlarda matematik mulohaza yurita olish, yuzaga kelgan muammoni matematika fani orqali ifodalay olish, muammoni matematik hal etish va talqin qilish, baholashda foydalana olish xususiyati yoki qobiliyatidir. Matematik savodxonlik 8 yo’nalish asosida ko’nikmalarni baholaydi:

    1. Tanqidiy fikrlash orqali;

    2. Tahlil qilish va tadqiqot orqali baholash;

    3. Kreativlik va ijodkorlik bo’yicha baholash;

    4. Tashabbuskorlik, qat’iylik, mustaqillik yuzasidan baholash;

    5. Ma’lumotlardan foydalana olish bo’yicha baholash;

    6. Tizimlashtirilgan fikrlash bo’yicha baholash;

    7. Muloqot qila olish yuzasidan baholash;

    8. Mulohaza yuritish malakasi yuzasidan baholash.

    O’quvchilarning matematik savodxonliklarini o’stirish uchun PISA xalqaro baholash dasturining topshiriqlaridan foydalanish belgilangan bilimlarni egallashning zamonaviy yondashuvi hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, PISA dasturi topshiriqlarini ishlash o’quvchidan aynan bir olingan bilim, malaka va ko’nikmalarni talab qilmaydi. Ammo o’rganilgan bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qo’llashni amalga oshiradi. Demak, ushbu tadqiqotlar bizga o’rganilgan bilimlarning hayotdagi natijaviyligini aks ettiradi. Masalan, boshlang’ich sinflarda raqamlash davriga e’tibor qarataylik. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga raqamlar tushunchasini shakllantirish uchun,avvalo, ularga ehtiyoj uyg’otish talab etiladi. Bunda o’qituvchi turli savollar orqali raqamlarga murojaat qiladi. Bunda sanoq sonlarga, sanashga olib boradigan amaliy ishlar qilinadi. Shundan keyin ularning paydo bo’lishi haqida ertakdan foydalanish mumkin. Mana shu paytda turli xildagi PISA topshiriqlarini qo’llash orqali biz kompetensiyaviylikka erishamiz.
    Har bir mulohazaning to’g’ri, ba’zan to’g’ri va hech qachon to’g’ri emasligini belgilang.


    Download 160.22 Kb.
      1   2   3




    Download 160.22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Интеграционный и инновационный подход к обучению числам для повышения математической грамотности учащихся начальных классов Fayzullayeva Sarvinoz Nabi qizi Buxdupi 1- bosqich magistranti Kalit so’zlar

    Download 160.22 Kb.