• 1-modda. Investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
  • 2-modda. Asosiy tushunchalar
  • Investitsiya faoliyati to‘G‘risida




    Download 38.96 Kb.
    bet1/11
    Sana23.06.2022
    Hajmi38.96 Kb.
    #24274
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Инвест қонун
    test majburiylarga 15.02.2022, Aliyev-Tizimli dasturiy taminot, XOTT.1-labaratoriya.uzb, Fan dastur (namuna), OXUNJONOV BOBURJON O\'G\'LI SERTIFIKATI, Prionlar va ularning ahmiyati Reja Prionlar haqida tushuncha Pri, 0Qishloq xojaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi 2021, Elector toki, Маҳсулотнинг ҳозирги ҳароратда солиштирма нафас олиш энергияси, B.Surayyo 2-kurs hisobot, B.Surayyo bh-521 yangi, BLG LOGISTICS, Genetik algoritmlar, ‘Institut’ va ‘norma’ tushunchalarining mohiyati-www.fayllar.org

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
    INVESTITSIYA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
     LexUZ sharhi
    Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-380-sonli “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
    1-modda. Investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
    Investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
    Qoraqalpog‘iston Respublikasida investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
    Chet el investitsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari chet el investitsiyalari to‘g‘risidagi, chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan ham tartibga solinadi.
    Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
    2-modda. Asosiy tushunchalar
    Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
    investitsiyalar — iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar;
    investitsiya faoliyati — investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui;
    investor — o‘z mablag‘larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag‘larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni, shuningdek intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati obyektlariga investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyekti;
    investitsiya faoliyati ishtirokchisi — investorning buyurtmalarni bajaruvchi sifatida investitsiya faoliyatini ta’minlovchi investitsiya faoliyati subyekti;
    reinvestitsiyalar — investorning faoliyati natijasida olingan foydani (daromadni) muomalaga kiritish.

    Download 38.96 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 38.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Investitsiya faoliyati to‘G‘risida

    Download 38.96 Kb.