-modda. Investitsiya faoliyatini cheklab qo‘yish, to‘xtatib turish yoki tugatish




Download 38.96 Kb.
bet10/11
Sana23.06.2022
Hajmi38.96 Kb.
#24274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Инвест қонун

26-modda. Investitsiya faoliyatini cheklab qo‘yish, to‘xtatib turish yoki tugatish
Investitsiya faoliyatini cheklab qo‘yish, to‘xtatib turish yoki tugatish investorning, davlatning vakolatli organi yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Investitsiya faoliyatini cheklab qo‘yish, to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi qaror:
investor qonunda belgilangan tartibda bankrot deb e’lon qilingan yoki topilgan;
 LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan;
investitsiya faoliyati jarayonida qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablar, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar aniqlangan hollarda qabul qilinishi mumkin”;
(26-modda ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyekti faoliyatini to‘xtatib turish yoki tugatishga olib keladigan investitsiya faoliyatini cheklab qo‘yish, to‘xtatib turish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda investitsiya faoliyatini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Investitsiya faoliyati subyektiga ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hollarda yetkazilgan zararni qoplash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Download 38.96 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 38.96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Investitsiya faoliyatini cheklab qo‘yish, to‘xtatib turish yoki tugatish

Download 38.96 Kb.