• 19-modda. Investitsiya loyihalari ekspertizasi
  • -modda. O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi




    Download 38.96 Kb.
    bet7/11
    Sana23.06.2022
    Hajmi38.96 Kb.
    #24274
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Инвест қонун
    test majburiylarga 15.02.2022, Aliyev-Tizimli dasturiy taminot, XOTT.1-labaratoriya.uzb, Fan dastur (namuna), OXUNJONOV BOBURJON O\'G\'LI SERTIFIKATI, Prionlar va ularning ahmiyati Reja Prionlar haqida tushuncha Pri, 0Qishloq xojaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi 2021, Elector toki, Маҳсулотнинг ҳозирги ҳароратда солиштирма нафас олиш энергияси, B.Surayyo 2-kurs hisobot, B.Surayyo bh-521 yangi, BLG LOGISTICS, Genetik algoritmlar, ‘Institut’ va ‘norma’ tushunchalarining mohiyati-www.fayllar.org
    18-modda. O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi
    Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritiladi.
    O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish ishtirokchilariga soliqqa oid va boshqa imtiyozlar beriladi. Har bir alohida investitsiya loyihasi bo‘yicha yoki umuman O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi bo‘yicha beriladigan imtiyozlarning aniq ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
     LexUZ sharhi
    Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 155-moddasi va 282-moddasi ikkinchi qismining 18-bandiga qarang.
    19-modda. Investitsiya loyihalari ekspertizasi
    Budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga, shuningdek chet el investitsiyalarini O‘zbekiston Respublikasining Hukumati kafolati ostida jalb etilgan holda moliyalanadigan investitsiya loyihalari ekspertizadan o‘tkazilishi shart. Ekspertizani o‘tkazish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Boshqa manbalar hisobiga moliyalanadigan investitsiya loyihalari sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablar bajarilishiga doir qismida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi lozim.
     LexUZ sharhi
    Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan “Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-fevraldagi PF-1924-son “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 28-oktabrdagi PF-1875-son “Kapital qurilishni tashkil etishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga qarang.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Banklarning kredit resurslari hisobidan moliyalanadigan kichik tadbirkorlik investitsiya loyihalari tijorat banki tomonidan mazkur investitsiya loyihasini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida ekspertiza qilinishi lozim.
    (19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
    O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari shu shartnomalarda nazarda tutilgan tartibda ekspertiza qilinishi lozim.

    Download 38.96 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 38.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi

    Download 38.96 Kb.