Iqtisod fanidan 9-sinf olimpiada savollari. I- variant




Download 191.28 Kb.
bet1/5
Sana19.03.2021
Hajmi191.28 Kb.
  1   2   3   4   5

Iqtisod fanidan 9-sinf olimpiada savollari. I- variant

1. Tadbirkorlik faoliyati natijasida qanday ko'rinishda daromad olinadi?

A) foiz; B) renta; D) ish haqi; E) foyda; F) dividend.

2. Sherikchilik asosida tuzilgan finna-ning foydasi:

A) ta'sischilar o'rtasida teng miqdorda taqsimlanadi;

B) nizom jamg'armasiga qo'shilgan ulushga mutanosib ravishda taqsimlanadi;

D) faqat firmani kengaytirishga sarf-lanadi;

E) ta'sis shartnomasida ko'rsatilgan qoidalar asosida taqsimlanadi;

F) dividend sifatida taqsimlanadi.

3. Firmaning moliyaviy mablag' manba-lari quyidagilar:

A) sof foyda; B) amortizatsiya ajratmasi; D) nizom jamg'armasi;

E) qarz mablag'lari; F) yuqorida keltirilgan manbalarning barchasi bo'lishi mumkin.

4. Oddiy aksiya egasi firmani boshqarishda:

A) umuman qatnashmaydi; B) umumiy majlisda ovoz berish orqali qatnashishi mumkin;

D) qatnashishi shart; E) aksiya paketiga ega bo'lgan taqdirdagina qatnashishi mumkin;

F) to'g'rijavobyo'q.

5. Aksiyadorlar jamiyatining yillik foydasi miqdorining ortishi, qaysi aksiya qiy-matining oshishiga olib kelishi mumkin?

A) oddiy aksiyaning; B) imtiyozli aksiyaning;

D) ham oddiy, ham imtiyozli aksiyaning; E) hech qaysi qimmatli qog'ozning;

F) to'g'rijavobyo'q.

6. Quyidagi xususiyatlarning qaysi biri mas'uliyati cheklangan firmaga taalluqli emas?

A) nizom jamg'armasiga katta mablag'ni jalb etish imkonining borligi;

B) ta'sischilaming qisman mulkiy javob-garligi;

D) ta'sischilar firma boshqaruvida qatna-shishining shart emasligi;

E) ta'sischilaming to'la mulkiy javob-garligi;

F) ta'sischilar firma kundalik faoliyatida qatnashishining shart emasligi.

7. Quyidagi xususiyatlarning qaysi biri tadbirkorlikka xos?

A) tavakkalchilik; B) halol raqobatda qatnashish;

D) erkin iqtisodiy faoliyat; E) foyda olishga intilish;

F) yuqoridagilarning barchasi.

8. Menejment deganda qaysi vazifani bajarish ko'zda tutiladi?

A) biror faoliyatni rejalashtirish; B) biror faoliyatni tashkil qilish;

D) biror faoliyatga rahbarlik qilish; E) biror faoliyatni nazorat qilish;

F) yuqoridagilarning barchasi.

9. Marketing tadqiqot qaysi bosqichdan boshlanadi?

A) bozorda o'rnashish; B) mahsulotni reklama qilish;

D) mahsulotni narxlash; E) mahsulotni o'rganish;

F) mahsulotni sotish.

10. Marketing faoliyatidan ko'zlangan maqsad nima?

A) foyda olish; B) foydani ko'paytirish;

D) iste'molchilarehtiyojlarini qondirish; E) iste'molchilar ehtiyojlarini aniqlash;

F) yuqoridagilarning barchasi.

11. Tovarni donalab yoki kichik hajmda sotish narxi qanday nomlanadi?

A) tannarx; B) ishlab chiqarish narxi; D) ulgurji narx;

E) bozor narxi; F) chakana narx.

12. Harbiy qismda qaysi boshqaruv uslu-bidan foydalanish maqsadga muvofiq?

A) demokratik; B) avtokratik; D) byurokratik; E) demokratik va byurokratik;

F) demokratik va avtokratik.

13. Firmada ko'proq nimalar boshqarilishi talab qilinadi?

A) mehnatjamoasitarkibi; B) moliyaviy mablag'lar;

D) xomashyo zaxirasi; E) tayyor mahsulotlarni sotish;

F) yuqoridagilarning barchasi.

14. Qaysi javobda faqat ishlab chiqarish vositalari keltirilgan?

A) ko'mir, dastgoh, bino, televizor; B) yuk mashinasi, asbob-uskuna, inshoot;

D) mebel, ko'mir, elektr energiyasi; E) benzin, daryo suvi, hovli;

F) texnologiya, yer maydoni, kitob.

15. Tovar ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan sotilish narxi qanday nomlanadi?

A) ulgurji narx; B) chakana narx; D) ishlab chiqarish narxi;

E) qat'iy narx; F) bozor narxi.

16. Firma …

A) Tovar ishlab chiqarish va hizmat ko'rsatish amalga oshiriladigan xo'jalik tashkiloti.

B) Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiriladigan korxona.

S) Yakka shahs mulki asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan firma.

D) Pul va qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisi bilan bog'liq faoliyat.

17. Sof foyda deb …

A) Foydaning barcha soliq va to'lovlar to'langandan so'ng qolgan qism.

B) Firma faoliyati uchun pul mablag'lari jalb etish.

S) Ishlab chiqarish hajmiga bog'liq bo'lmagan xarajatlar.

D) Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog'liq bo'lgan xarajatlar.

18. Aksiyaning nominal qiymat bu …

19. Bankrotlik deb nimaga aytiladi?

20. Menejer va uning oldida turgan vazifalari.

21. Boshqaruv uslubi qanday turlarga bo'linadi?

22. Menejer bu…

23. Birinchi aksiyadorlar jamiyati qachon qayerda tashkil topgan?

24. Tijorat deganda nimani tushunasiz?

25. Tovarni ulgurji narxi.

Iqtisod fanidan 9-sinf olimpiada savollari. II variant

1. Aksiyalar:

a) birlamchi va ikkilamchi bozorda sotiladi va sotib olinadi;

b) birlamchi va ikkilamchi bozorda faqat sotiladi;

c) birlamchi va ikkilamchi bozorda faqat sotib olinadi birlamchi bozordagina sotiladi;

d) birlamchi bozordagina sotiladi va sotib olinadi.

2. Aksiyalarning kursi:

a) bozorda belgilanadi; b) korxona tomonidan belgilanadi;

c) xaridorlar tomonidan belgilanadi; d) jamiyat rahbari belgilaydi.

3. Aksiyaning nominal qiymati bu:

a) bozordagi aksiya narxi; b) aksiyadorlar qo’lidagi aksiyalar soni;

c) aksiya chiarilgan paytdagi unga yozilga son qiymati; d) aksiya kursining o'zgarishi.

4. Inflyatsiya bu:

a) pulning mustaxkamlanishi; b) pulning qadrsizlanishi;

c) pulning yangi nusxalarining chiqarilishi; d) barcha javoblar to'g'ri.

5. Pul qiymati bu:

a) berilgan pul miqdoriga teng bo'lmagan mahsulot va xizmatlar miqdori;

b) berilgan pul miqdoriga xarid qilish mumkin bo'lgan mahsulot va xizmatlar miqdori;

c) berilgan pul miqdoriga teng mahsulot miqdori;

d) berilgan pul miqdoriga xarid qilish mumkin bo'lgan xizmatlar miqdori;

6. Naqd pullar qaysi javobda ko'rsatilgan?

a) cheklar; b) kredit kartochkalari; c) qog’oz pullar va tangalar; d) tilxat.

7.To'g'ri soliqlar bu:

a) fuqarolar va turli iqtisodiy tashkilotlarning daromadlari va mulkdan olinadigan soliqlardir;

b) faqat fuqarolardan olinadigan soliqlar;

c) faqat ishlab chiqaruvchilardan olinadigan soliqlar;

d) budjet tashkilotlarida faoliyat yurituvchi shaxslardan olinadigan soliqlar.

8. Bojlar bu:

a) tovarlar aylanmasidan olinadigan to'lov;

b) tovarlar mamlakatga olib kirilayotganda yoki undan olib chiqilayotgan undiriluvchi maxsus to’lov;

c) tovarlar mamlakatga olib kirilayotganda undiriluvchi to’lov;

d) faqat xomashyo oldi-sottisidan undiriladigan maxsus to'lov.

9. Soliq stavkasi:

a) daromaddan olinadigan pul miqdori;

b) daromadning soliq ko'rinishida olinadigan ma'lum foizi;

c) inflyatsiya me'yorini belgilovchi kattalik;

d) daromadning iste'molchiga qoladigan ulushini belgilaydigan kattalik.

10. Budjet kamomadini to'ldirish uchun davlat:

a) turli tashkilotlardan qarz oladi; b) chet eldan kredit oladi; c) soliqlarni oshiradi;

d) xarajatlarni kamaytiradi; e) barcha javoblar to'g'ri.

11. Ijtimoiy tovarlar — bu ...

A) bir kishining foydalanishi bilan boshqalarning foydalanish imkoniyatlari kamaymaydi;

B) tovarni iste'mol qilishni, tovar uchun haq to'laganlarning iste'mol qilishi bilan chegaralab bo'lmaydigan tovar;

D) A va B javoblar to'g'ri;

E) faqat davlat tomonidan ishlab chiqarailadigan tovarlar; F) to'g'ri javobyo'q.

12. Quyidagilarning qaysi biri ijtimoiy tovar bo'la olmaydi?

A) shahar yong'indan saqlash xizmati; B) shaharni seldan saqlash xizmati;

D) xonadonlarni yoritish; E) ko'chalarni yoritish; F) to'g'ri javobyo'q.

13. Soliqlar stavkasini oshirish nimaga misol bo'la oladi?

A) kredit-budjet siyosatga; B) budjet-soliq siyosatga;

D) pul-kredit siyosatga; E) pul-moliyaviy siyosatga; F) to'g'ri javobyo'q.

14. Quyidagi choralarning qaysinisi budjet-soliq siyosatga tegishli emas?

A) bank foydasiga solinadigan soliqlar stavkasining o'zgartirilishi;

B) Markaziy bank tomonidan bank zaxira normalarining o'zgartirilishi;

D) yangi ishlab chiqarishga sarmoya kiritayotgan korxonalar uchun soliq imtiyozlarining berilishi;

E) kam ta'minlangan oilalar uchun ijtimoiy to'lovlarning ko'paytirilishi;

F) to'g'ri javobyo'q.

15. Davlatning iqtisodiy vazifalariga nimalar kiradi?

A) jamiyatning huquqiy va ijtimoiy asoslarini saqlash;

B) raqobatni qo'llab-quvvatlash va iqtisodiyotni barqarorlashtirish;

D) ijtimoiy tovarlar ishlab chiqarish;

E) daromad va boylikni taqsimlash va qo'shimcha tashqi ta'sirlarni tartibga solish;

F) yuqoridagilarning barchasi.

16. To'g'ri jumlani toping. Davlat budjeti...

A) kamomadli bo'lishi mumkin; B) kamomadli bo'la olmaydi;

D) faqat rivojlangan davlatlarda kamomadli bo'lmaydi;

E) kamomadli bo'lishi mamlakat iqtisodiyoti uchun xavfli hisoblanadi;

F) kamomadi budjet daromadi hisobidan qoplanadi.

17. Fuqarolardan qanday soliq undiriladi?

A) faqat daromad solig'i; B) faqat daromad va mulk solig'i;

D) daromad, mulk va yer solig'i; E) daromad, mulk va ekologiya solig'i;

F) faqat mulk solig'i.

18. Quyidagi satrlarning qaysi birida faqat mahalliy soliqlar keltirilgan?

19. Agar 1000000 so'm pul 24 foiz yillik foiz stavkasi bilan bankka qo'yilgan bo'lsa, yarim yildan so'ng qancha bo'ladi?

20. Qaysi tadbir davlatning hudjet-suliq siyosatiga taalluqli emas?

21. Transfer to'lovlari davlat tomonidan qaysi sohalarga yo'naltiriladi?

22. Har qanday davlat iqtisodiyoti oldida qanday maqsadlar turadi?

23. Bozorning nochorligi deganda nima tushuniladi?

24. Davlat budjetining xarajat qismi:

25. Egri soliq nimadan olinadi?



Download 191.28 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 191.28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisod fanidan 9-sinf olimpiada savollari. I- variant

Download 191.28 Kb.