Iqtisodiy o’sish mohiyati va mazmuni




Download 36,54 Kb.
Sana08.01.2024
Hajmi36,54 Kb.
#132614
Bog'liq
Iqtisodiy o’sish mohiyati va mazmuni-fayllar.org


Iqtisodiy o’sish mohiyati va mazmuni

Iqtisodiy o’sish mohiyati va mazmuni
Reja:
Kirish

Iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlari


Iqtisodiy o’sish modellari va omillari
Milliy boylik va uning tarkibi
Xulosa

Kirish
Iqtisodchilar iqtisodiy o’sishga quyidacha ta’rif beradi:


• Ma’lum yillar mobaynida real YIMdagi o’sish.
• Ma’lum yillar mobaynida real YIMning aholi jon boshiga o’sishi.
Yuqoridagi ta’rifl arni xohlagan biriga murojaat qiladigan bo’lsak, iqtisodiy o’sishning chorak yoki haryilgi foiz stavkasi sifatida hisoblab chiqiladi.
Ikkinchi ta’rif esa aholi soni hisobga oladi. Aholi jon boshiga real YIM real YIM ni aholi soniga bo’lish orqali aniqlanadi. Keyin esa chiqqan natija avvalgi yildagi natija bilan foizlar hisobida taqqoslanadi.
O’sish iqtisodiy maqsadni belgilab beradi. Umumiy mahsulotni aholiga nisbatan kengayishi ish-haqilarni o’sishiga olib keladi va shuning bilan birgalida aholining turmush darajasini ko’tarilishiga sababchi bo’ladi. Yuqori o’sish bilan rivojlanayotgan iqtisodiyot kishilar ehtiyojlarini yaxshiroq qondirishga va ijtimoiy hamda iqtisodiy muammolarni hal etishga imkoniyat yaratadi. O’z navbatida, ish haqilarni oshishi kishilarga ko’proq dam olish, shaxsiy kompyuterlarni sotib olish va oily ta’limda tahsil olish kabi imkoniyatlarni yaratib beradi. Tobora yuksalib borayotgan iqtisodiyot aholini kam ta’minlangan qatlamini ahvolini yaxshilash, san’atni rivojlantirish va atrof-muhitni himoya qilish kabi muammolarni hal etishda yordam beradi.
Iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlari
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko’p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi.
Shu ayonki, har qanday jamiyatda o’sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish va farovon yashash uchun iqtisodiy o’sish yuz berishi kerak. Iqtisodiy o’sish - deganda iqtisodiy ravnaqni, ya’ni iqtisodiyotning dinamik rivojlanishini, yaratilgan tovarlar va xizmatlarning ko’payib borishini tushunamiz. Ammo iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi. Iqtisodiy o’sishni ikki darajada olib qarash mumkin. Mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy o’sish. Mikroiqtisodiy o’sish firma, korxona va tarmoq miqyosidagi rivojlanishni aks ettiradi va ularda o’sish yaratilgan tovarlar va xizmatlarning bozor narxida hisoblangan hajmiga qarab aniqlanadi. Makro-iqtisodiy o’sish milliy iqtisodiyot, ya’ni muayyan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy taraqqiyotni ifoda etadi va yalpi milliy mahsulotning (YaMM) ko’payishini bildiradi. YaMM hajmi iqtisodiy o’sishning umumlashgan pulda ifodalangan ko’rsatkichi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, iqtisodiy rivojlanish o’z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o’zgarishlarni, ijobiy va salbiy tomonlarni olib notekis boradi.
Ekstensiv iqtisodiy o’sishga ishlab chiqarishning oldingi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko’payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko’paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o’rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo’yicha xuddi o’shanday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o’zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o’sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish: yanada progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo’llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potentsialidan yaxshiroq foydalanish yo’li bilan erishiladi. Intensiv yo’l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o’sishida, mahsulot sifatining oshishida o’z ifodasini topadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa oshirish uchun mavjud korxonaga teng bo’lgan yana bir korxona qurishga hojat yo’q. Bu natijaga ishlab turgan korxonani rekonstruktsiya qilish va texnika bilan qayta qurollantirish, mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin.
Iqtisodiy o’sishning jismoniy ko’rsatkichlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyatsiya ta’siriga berilmaydi), lekin unversal emas (iqtisodiy o’sish sur’atlarini hisoblashda har xil ne’matlar ishlab chiqarishni umumiy ko’rsatkichga keltirish qiyin). Qiymat ko’rsatkichlar keng qo’llaniladi, ammo har doim ham uni inflyatsiyadan to’liq «tozalash» mumkin bo’lavermaydi. Shu sababli iqtisodiy o’sish sur’atlari qiyosiy yoki doimiy narxlarda hisoblanadi.
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o’sishning asosiy qiymat ko’rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:

YaMM (IMM) yoki milliy daromadning mutloq hajmi va uning o’sish sur’ati;


YaMM (IMM) yoki milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati;
YaMM (IMM) yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati;
Iqtisodiy o’sishni aniqlashda har uchala ko’rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha.
70 qoidasi deb nomlangan matematikya qinlashivi iqtisodiy o’sishning miqdoriy jihatdan tushunishga yordam beradi. Bundan foydalanib, yillik o’sish foizi berilgan bo’lsa, biror o’lchamni ikki baravar oshishiga olib keladigan yilla sonini 70 soniga bo’lish orqali topish mumkin.

Iqtisodiy o’sish modellari va omillari


Iqtisodiy o’sishning barcha modellari «ishlab chiqarish funktsiyasi» kabi mahsulot chiqarish hajmi va sarf qilingan iqtisodiy resurslar miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatadi.
Shundan kelib chiqib, iqtisodiy o’sishning ko’pchilik modellarida ishlab chiqarish real hajmining ko’payishi ishlab chiqarish asosiy omillari – mehnat (L) va kapital (K) miqdorining o’zgarishi bilan bog’lanadi
Iqtisodiy o’sish modellari:
Kengaytirilgan Jami Talab Jami Taklif Modeli

Quyidagi rasmda biz jami talab – jami taklif modelidan AQSh iqtisodiy o’sishini ko’rsatish uchun foydalandik. (Model qisqa muddatli va uzoq muddatli jami taklif o’rtasidagi farqni ko’rsatish uchun kengaytirilgan).


Deylik iqtisodning jami talab egri chizig`i, uzoq muddatli jami taklif egri chizig`I va qisqa muddatli jami taklif egri chizig`I boshida AD1, ASLR1 va AS1 ko’rsatilganidek. Narx darajasi muvozanati va real ishlab chiqarish darajasi P1 va Q1 . P1 narx darajasida qisqa muddatli jami taklif AS1 ; u tepaga bukilgan chunki qisqa muddatda narx darajasidagi o’zgarishlar korxonalarni ularning ishlab chiqarishlarini o’zgartirishlariga sabab bo’ladi. Uzoq muddatli istiqbolda lekin narx darajalaridagi o’zgarish iqtisodning real ishlab chiqarishiga ta’sir qilmaydi, uzoq muddatli jami taklifni iqtisodning potensial ishlab chiqarish darajasida Q1 da vertikal qoldiradi. Bu potensial ishlab chiqarish darajasi oldinroq gaplashilgan taklif va samaradorlik omillariga bog’liq.

Endi deylik taklif omillaridagi o’zgarishlar (manba va texnologiyalarning miqdori va sifat) uzoq muddatli jami taklif egri chizig`ini o’ngga ASLR1 dan ASLR2 ga suradi. Iqtisodning potensial ishlab chiqarishi real ishlab chiqarishning Q1 dan Q2 ga kengayishida ko’rsatilgandek o’sadi. Jami talabdagi o’zgarishlarsiz va uzoq muddatli jami taklifda ASLR1 dan ASLR2 ga o’sadi, real YIMni kengaytiradi va narx darjasini pastaytiradi.


AQShdagi o’sishni jami talab – jami taklif modeli orqali ko’rsatadi. Uzoq muddatli jami taklif va qisqa muddatli jami taklif vaqt o’tishi bilan ASLR1 dan ASLR2 ga va AS1 dan AS2 ga kabi o’sdi. Shu vaqtning o’zida jami talab o’ngga AD1 dan AD2 ga surildi. Bu birlashgan surilishlarning real natijasi real ishlab chiqarishdagi Q1 dan Q2 ga o’sish ko’rinishida ko‘rsatilgan iqtisodiy o’sish bo’ldi, shu bilan birga narx darajasida P1 dan P2 ga o’sish xolatida ko’rsatilgan past inflyatsiya bo’ldi1.
2. E.Domar modeli - Bu model mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud bo’lishi, narx darajasining doimiy taqozo qilishini va maµsulot chiqarish hajmi faqat yagona resurs – kapital miqdoriga bog’liq bo’lishini ko’rsatadi. Unga ko’ra investitsiyalarning o’sish sur’ati iqtisodiyotda talab va taklif ko’payishining asosiy omili bo’lib xizmat qiladi.
3. R.F.Xarrod modeli - Bu modelga «tabiiy» o’sish sur’ati tushunchasi kiritiladi. Bu faol aµoli soni ko’payishi va texnika taraqqiyoti natijasida kelib chiqadigan o’sish sur’ati bo’lib, u mehnat va kapital omillarining to’liі bandligini ta’minlaydi.
4. R.Solou modeli - Ishlab chiqarish omillarining o’zaro o’rnini bosish mumkinligi hisobga olinadi. Bu modelda iqtisodiy tahlilning asosiy shart-sharoitlari: kapital keyingi unumdorligining pasayib borishi, ishlab chiqarish miqiyosidan olinadigan samara va kapital xizmat qilish davrining doimiyligi, investitsion lagning mavjud emasligi hisoblanadi.
Iqtisodiy o’sishning 6 asosiy elementlari mavjud. Biz ularni taklif, talab va samaradorlik omillari sifatida guruhlashimiz mumkin.
Taklif Omillari

Iqtisodiy o’sishning 4 omili iqtisodning jismoniy kengayish obiliyatiga bog’liq. Ular:


• Tabiy manbalarning miqdori vasifatining ko’tarilishi.
• Ishchi kuchidagi miqdoriy va sifat o’sishi.
• Kapital resurslar ta’minotidagi o’sish.
• Texnologiyalarning yaxshilanishi.
Bu taklif omillari – ishlab chiqarishning jismoniy va texnik omillardagi o’zgarishlar–iqtisodning potensial YIMni kengaytirish imkoniyatini beradi.
Talab Omili
Iqtisodiy o’sishning beshinchi elementi bu talab omilidir:
• Taklif omillari, xo’jaliklar, tadbirkorlar tomonidan yaratilgan yuqori ishlab chiqarish potensialiga yetish va hukumat iqtisodning kengayib borayotgan maxsulotlari va xizmatlarini sotib olishi kerak.
Bu yuzaga kelganda material zaxiralar va manbalarda rejalashtirilmagan o’sish bo’lmaydi va to’liq bandlik saqlanib qoladi. Iqtisodiy o’sish kengaygan ishlab chiqarish imkoniyatlari tomonidan yaratilgan ishlab chiqarish foydalarini amalga oshirishda umumiy chiqimlar o’sishini talab etadi.

Samaradorlik Omili



Iqtisodiy o’sishning 6 elementi samaradorlik omili:
• Ishlab chiqarish potensialiga yetish uchun iqtisod iqtisodiy samaradorlikka to’liq bandlik kabi yetishi kerak.
Odamlarning yaxshi xayotini maksimallovchi maxsulot va xizmatlar aniq birlashmasini ishlab chiqishda iqtisod o’zining manbalarini eng pastt chiqimli yo’l bilan ishlatishi kerak (ishlab chiqarish samaradorligi) (tarqatma samaradorlik). Ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyati mavjud manbalardan foydalanish bilan birgalikda maksimal o’sish imkoniyatlariga yetish uchun yetarli emas.
Bundan tashqai talab etilgani bu manbalarning foydalanilshi samaradorligi. Iqtisodiy o’sishdagi taklif, talab va samaradorlik omillari bir biri bilan bog’liq. Yetarli bo’lmagan chiqimlardan kelib chiqqan ishsizlik (talab omili) yangi kapital yig’ilish darajasini kamaytirishi mumkin (taklif omili) va tadqiqotlar uchun chiqimlarni kechiktirishi mumkin (taklif omili). Bunga qarama qarshi investitsiya uchun kam chiqimlar (taklif omili) samarasiz chiqimlarga (talab omili) va ishsizlikga sabab bo’lishi mumkin. Manbalardan foydalanishdagi keng tarqalgan samarasizlik (samaradorlik omili) xizmat va maxsulotlarning yuqoriroq narxlariga aylanishi va o’z o’rnida innovatsiyani pastaytiruvchi va kapital yig’imini kamaytiruvchi (taklif omili) foydani kamaytirishi mumkin. Iqtisodiy o’sish dinamik jarayon bo’lib unda taklif, talab va samaradorlik omillari barchasi o’zaro aloqada bo’ladi2.
Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar iqtisodiyotning jismoniy o’sish layoqatini belgilab beradi, ular taklif omillari deb ham ataladi. Bu omillar quyidagilar:
1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati;
2) mehnat resurslari miqdori va sifati;
3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi;
4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti.
1) Manbalar o’lchami va tarqalishi iqtisodi unumdorlik o’sishining uchinchi va to’rtinchi manbalari bo’lib birgalikda ishlab chiqarish o’sishining 15 foizini bildiradi.
2) Ta’lim Berish va Tayyorlash. Ben Franklin aytganidek “mutaxassislikka ega odam boylikka ega bo’ladi,” buning ma’nosi ilm va tayyorgarlik ishchi kuchi kapital zaxirasiga hissa qo’shsa bilim va ko’nikmalar ishchining unumdorligini
ta’minlaydi. Inson kapitalaiga investitsiyalar bu nafaqat rasmiy ta’lim bundan tashqari ishdagi o’rganishga ham bog’liq. Jismoniy kapitalga investitsiyalar kabi inson kapitaliga investitsiyalar mehnat unumdorligi va foyda tushunchalari uchun muhim. Hisoblarga ko’ra 15% unumdorlik o’sishi odamlarning ta’limi va ko’nikmalariga qilingan investitsiyalar.
Aholining mehnat sifati ko’rsatgichlaridan biri bu ta’lim, tayyorgarlik darajasidir. 1960 yilda AQSh xalqining faqatgina 41 foiz 25 yosh va undan kata aholisi kamida maktab ta’limiga ega edi; va 8 foizigina kollej yoki kollejdan keyingi ta’limga ega edi. 2004 yilga kelib bu ko’rsatgichlar 58 va 28 foiz ko’rinishiga keldi. Shunisi aniqki oxirgi vaqtlarda AQShda ta’lim olish ko’proq odam uchun imkoniyatli bo’ldi.
3) Kapital Qiymati. Ishlab chiqarishning o’sishiga ikkinchi asosiy hissa bu kapitalning o’sishi va u 30% ga yaqin unumdorlikning o’sishi bilan tushuntiriladi. Ko’proq va yaxshiroq qurilma va uskunalar ishchilarni unumliroq qiladi. Va davlat foydaning bir qismini saqlab qolish bilan ko’proq kapital oladi va uni zavodlar va uskunalarga investitsiya qiladi.
Ba`zi kapital mehnatni o’rnini bosishda ishlatilsada koproq kapital mehnatni to’ldiruvchi hisoblanadi – bu mehnatni unumliroq qiladi. Mehnat unumdorligining asosiy aniqlovchisi har bir ishchi uchun foydalanish imkoniyatidagi capital miqdoridir. Agar kapital maxsulotlar jami zaxirasi va ishchi kuchi miqdori ikkalavi ham berilgan davr mobaynida o’sha ishchining yaxshiroq uskunalar bilan ta’minlanishi va unumdorlikni o’sishi kerak bo’lmaydi. Lekin har bir AQSh ishchisiga kapital asosiy foydalanish imkoniyati bor uskunalar vaqt o’tishi bilan tez o’sdi (2003 yilda bu har bir ishchiga 83 466$ edi).
Davlatning AQSh infratuzilmasiga investitsiyalari (avto’yo’llar va ko’priklar, ijtimoiy tranzit tizimlari, oqava suvlar tizimi, suv ta’minoti imkoniyatlari, aeroport, ta’lim va shu kabilar) ham yillar davomida os’di. Bu ijtimoiy kapital (infratuzilma) shaxsiy kapitalni to’ldiradi. Yangi avto’yo’llarga investitsiya qilish shu yo’llar bo’ylab yangi ishlab chiqarishlar va magazinlar uchun shaxsiy investitsiyalar imkonini yaratadi. Mahalliy hokimiyatlar tomonidan yaratilgan sanoat parklari ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilarni jalb etadi.
Infratuzilmaga xususiy investitsiyalar ham iqtisodiy o’sishda muhim o’rin tutadi. Bir misol bu yillar davomida aloqa tizimlari bilan bog’liq shaxsiy kapitallarning oshishidir.
4) Texnologik O’sish. Ishlab chiqarish unumdorligining iqtisodiy o’sish uchun muhimligi unumdorlik o’sishiga xossasini qo’shuvchi omillarni kengroq tushuntirilishini talab etadi. Eng katta hissa qo’shuvchi bu texnologik o’sish bo’lib u unumdorlik o’sishining 40% ni tashkil etadi. Iqtisodchi Pol Romerning fikriga ko’ra “insoniyat tarixi bizni iqtisodiy o’sishning asosi bu qancha ko’p ovqat qilish emas uni yaxshiroq retseptlardan foydalangan holda qilishga bog’liqligini o’rgatadi”.
Texnologik rivojlanish o’z ichiga faqat innovatsion ishlab chiqarish texnikalarini emas, balki ishlab chiqarishni rivojlantiruvchi yangi boshqaruv usullari va yangi tadbirkorlikni tashkil etish yo’llarini oladi. Umuman olganda, texnologik rivojlanish bu yangi bilimlarning ixtirosi bo’lib unumdorlikni rivojlantiruvchi rivojlangan yo’llar bilan manbalarni qo’shish imkoniyatini beradi. Bir marta ixtiro qilingan va qo’llanilgan yangi bilimlar yaqin orada barcha tadbirkorlar va korxonalar uchun nisbatan pastroq narxlarda foydalanish imkoniyatini beradi. Texnologik rijojlanish shuning uchun butun iqtisod orqali tarqalib unumdorlik va iqtisodiy o’sishni o’stiradi.
Texnologik rivojlanish va kapital kiritish yaqindan bog’liq chunki texnologik rivojlanish odatda yangi qurilmalar va uskunalarga investitsiyalar uchun imkoniyat yaratadi. Aslida texnologik rivojlanish yangi kapitalda o’z aksini topadi. Masalan, yangi kompyuterlar olinishi sanoatga tezroq va kuchliroq yangi texnologiya kompyuterlarini olib kiradi3.
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida amalga oshirilayotgan «tarkibiy o’zgarishlar iqtisodiy o’sishning hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda» Iqtisodiy o’sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish potentsialidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to’liq jalb qilingan bo’lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o’sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo’ladi.
Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi, taklif va taqsimlash omillari o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining o’sishi va sifatining yaxshilanishi, texnologiyani takomillashtirish iqtisodiy o’sish uchun imkoniyat yaratadi. To’liq bandlik va resurslarni samarali taqsimlash bunday o’sishni ro’yobga chiqaradi.

Milliy boylik va uning tarkibi

Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.
Odamlar tovar va xizmat turlaridan foydalanishni xohlashlari sir emas. Ammo bu tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun tabiiy resurslardan foydalanishni taqozo qiladi. Quyosh energiyasi, o’rmonlar va ba’zi dengiz jonivorlari singari tabiiy resurslar tiklanadigan resurslar hisoblanib, ulardan istagancha foydalanish mumkin. Neft, temir rudasi, va ko’mir kabi boshqa resurslar o’zgarmas taklif shaklida bo’lib (ya’ni narxning oshib borishi bilan taklif oshib bormaydigan holatdir), ulardan bir marotabagina foydalanish mumkin4.
Milliy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi hisoblasak, boshqa qismi tabiat boyliklaridan iborat bo’ladi. Shunday ekan milliy boylik keng ma’noda o’z ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne’matlar, yaratilgan san’at asarlari, intellektual salohiyatni balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi. Milliy boylikning bu barcha tarkibiy qismlarini miqdoran, qiymat o’lchovlarida hisoblab chiqish bir qator ob’ektiv sabablariga ko’ra ancha qiyin, jumladan uning tabiat in’omlaridan iborat qismi inson mehnatining natijasi hisoblanmaydi va qiymat o’lchovlariga ega emas. Shu sababli iqtisodiy tahlil amaliyotida milliy boylikning tor ma’nodagi tushunchasidan foydalaniladi. Tor ma’noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo’ladi. Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining umumiy natijasi sifatida chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo’ladi. U kishilarning ko’plab avlodi mehnati natijasi hisoblanadi.
Aytilganlardan kelib chiqib, milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:

1. Moddiy buyumlashgan boylik.


2. Nomoddiy boylik.
3. Tabiiy boylik.
Moddiy buyumlashgan boylik oxiri oqibatda ishlab chiqarish-ning, unumli mehnatining natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish-da yaratilgan mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg’arish oqibatida vujudga keladi va o’sib boradi.
Ammo moddiy buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig’indisi sifatida tasavvur qilish noto’g’ri bo’lur edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o’rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy buyumlashgan boylik sifatida jamg’arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o’sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.
Milliy boylikning hajmini birinchi bor Angliyada 1664 yilda U. Petti hisoblagan. Bu kursatkich Fransiyada 1789 yilda, AQSHda 1805 yilda va Rossiyada 1864 yilda hisoblangan. O‘zbekiston Respulikasi milliy boyligining hajmi 1991 yil 1 sentyabrdan hisoblana boshlandi. Umuman, Evropada qo‘llanadigan MXT konsepsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi milliy boyligi quyidagilardan tashkil topadi.
1) Tabiiy resurslar.
2) Inson mehnati tufayli yig‘ilgan moddiy boyliklari.
3)Moliyaviy resurslar.
Iqtisodiyot nazariyasi (ruscha: "Экономическая теория", inglizcha: "Economics") - insonlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun cheklangan resurslardan samarali foydalanishni va xo'jalik yuritish jarayonida turli tomonlar orasida yuzaga keluvchi munosabatlarni o'rganuvchi fan.Economics atamasi qadimgi yunon tilidagi οἶκος (oikos, "uy") + νόμος (nomos, "odat" yoki "qonun"), demak "uy (xo'jaligi)ni yuritish qoidalari" yig'indisi οἰκονομία (oikonomia, "uy xo'jaligini boshqarish") so'zidan olingan.
Iqtisodiyot nazariyasi fani ko'pgina maktab va yo'nalishlardan iborat. Iqtisodiyot fani mudom o'zgarishda bo'lgani sababli uning taraqqiyoti va tarixiy retrospektivasi bilan iqtisodiyot tarixi fani shug'ullanadi.
Iqtisodiyotning qonun-qoidalari, tushunchalari va rivojlanish tamoyillarini oʻrganuvchi umumiqtisodiy va nazariy fan. Iqtisodiyot nazariyasi xorij mamlakatlarida "Ekonomiks", "Ekonomika" va "Siyosiy iqtisod" nomlari bilan, MDH mamlakatlarida "Iqtisodiyot nazariyasi" nomi bilan yuritiladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotni umumiy jihatidan va har bir iqtisodiy tizimga tadbiqan oʻrganadi, iqtisodiy hodisalarni mikro va makro hamda jahon iqtisodiyoti darajasida tahlil etadi. Bu fan Oʻzbekistonda "Iqtisodiy bilim asoslari" sifatida maktablarda, "Iqtisodiyot asoslari" sifatida kollej va akademik litseylarda va "Iqtisodiyot nazariyasi" sifatida oliy oʻquv yurtlarida oʻrganiladi. Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo'lib, tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi va iste'mol qilinishi jarayonlarini o'rganadi.
Iqtisodiyot nazariyasining predmeti kishilarning cheklangan iqtisodiy resurslar sharoitida muqobil xoʻjalik yuritish asosida oʻz ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xattiharakatlari, ularni belgilovchi iqtisodiy shartsharoitlar hisoblanadi. Bu fan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning (firmalar, xonadon, ayrim individ va davlat) iqtisodiy xattiharakatlarini yaxlitlikda oʻrganadi. Uning tadqiqot obʼyekti iqtisodiy hodisalar boʻlib, ular ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va isteʼmol sohasida yuz beradi. Tabiiy sharoit — bu iqlim, tuproqning tu-zilishi, yer osti boyliklarining mik,dori, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, odamlarning ish qobiliyatidan iboratki, bu omillar iqtisodiy faoliyatga taʼsir etmay qolmaydi.
Iqtisodiyot nazariyasi oʻz predmetini bir qator uslubiy tamoyillarni qoʻllagan holda oʻrganadi: barcha iqtisodiy hodisalarning yaxlitligini, iqtisodiy tizim hosil etishini, bu tizimda ulardan har biri oʻz oʻrniga ega boʻlishini, ular bir-biriga taʼsir etishini nazarda tutadi; iqtisodiy voqelikni qotib qolgan holda emas, balki rivojlanishda va yangilanishda olib qaraydi, bir voqelik oʻrniga boshqasi yuzaga kelishi, shaklan eski hodisalarda yangi mazmun boʻlishini hisobga oladi; insonning xoʻjalik faoliyatiga nafaqat iqtisodiyot, balki tabiat qonunlari ham taʼsir etishiga eʼtibor beradi. Tabiat kishilik jamiyati boʻlmasada, mavjud boʻlaveradi, lekin jamiyat tabiatdan tashqarida boʻla olmaydi, chunki u tabiat resurslarini ishlatish bilan boglik, tabiat iqtisodiyotning moddiy asosi; iqtisodiyotdagi oʻzgarishlar tabiatdagi oʻzgarishlarga qaraganda gʻoyat tez boradi, shu sababli iqtisodiyotning rivojlanish qonunlari doimo oʻzgarib turadi; tabiiy hodisalar kishilar ishtirokisiz oʻzoʻzidan yuz bersa, iqti-sodiy hodisalar kishilar faoliyati orkali yuz beradi, ammo bu faoliyatni obʼyektiv sharoit taqozo etadi; iqti-sodiyot nazariyasi texnologiyani bevo-sita oʻrganmasada, uning iqtisodiyotga taʼsirini chetlab oʻtmaydi, aksincha, hisobga oladi. U texnika-texnologiyani joriy etish yoki etmaslikning iktisodiy chegaralarini nazariy asoslaydi; iqtisodiyotni sof holda emas, balki unga ijtimoiy-siyosiy, ruhiyaxloqiy, milliy-demokratik omillar taʼsirini inobatga olib oʻrganadi. Iqtisodiyot — ijtimoiy xayotning bir qismi, shuning uchun jamiyat ham uning taʼsiridan xoli emas.
Iqtisodiyot nazariyasi siyosatni oʻrganmasada, uning iqtisodiyotga taʼsiri bilan shugʻullanadi, chunki toʻgʻri tanlangan siyosat iqtisodiyotga ijobiy, aksincha boʻlganda esa unga salbiy taʼsir oʻtkazadi. Iktisodiy vaziyatni hisobga oladigan, shu vaziyatda qonunlarning amal qilishi, binobarin, iqtisodiy zarurat mavjudligini, uni yuzaga chiqarish chora-tadbirlarini belgilovchi siyosat iqtisodiy rivojlanishga faol taʼsir etadi. Shu maʼnoda iqtisodiyotni siyosatning ilmiy asosi deb hisoblash mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotdagi turli hodisalar, jarayonlarni oʻrganganda ular qonun-tushunchalar darajasida ilmiy jihatdan izohlab beriladi.
Iqtisodiy tushunchalar — iqtisodiyotni oʻrganishda qoʻllaniladigan na-zariy bilimlar boʻlib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifoda etilishidir. Ular 2 guruhga boʻlib oʻrganiladi: Umumiqtisodiy tushunchalar — iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos tushunchalar, mas, mehnat, ishlab chiqarish, mahsulot, ish kuchi, resurs kabilar. Ayrim ijtimoiy-iqtisodiy tizimga xos tushunchalar, mas, pul, talab, taklif, baho, kredit, emissiya, inflyasiya kabilar ayrim tizimga xosdir. Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy jarayon va hodisalarning belgilarini umumlashtirish asosida iqtisodiy qonunlar taʼriflanadi.
Iqtisodiyot nazariyasining eng asosiy taxdil usuli — bu abstraksiyalash (mavhumlashtirish) asosida xulosalar chiqarishdir.
Gʻarbdagi "Ekonomiks" mualliflari R. Makkonnell va L. Bryu yozishicha, na-zariya — bu laboratoriya fani emas. Shu sababli nazariyada ilmiy abstraksiyalash usuli bosh oʻrin tutadi. Bu usul — iqtisodiy hodisalarni ularga taʼsir etuvchi oʻtkinchi, ikkinchi darajali faktlardan xoli etgan tarzda taxdil etib, nazariy umumlashtirish, ilmiy xulosalar chiqarishdir. Bu usul iqti-sodiy hodisalarning tabiatini bilish, ularga xos qonuniyatlarni ochish imkonini beradi.
Abstraksiyalash asosida tushunchalar va qonunlar taʼriflanadi, ular ilmiy muomalaga kiritiladi. Abstraksiyalash yuz berganda iqtisodiyotga oid asosiy, muqim, doimo yuzaga chiqib turadigan faktlar ajratib olinadi, ular oʻrtasidagi bogʻlanish aniqlanadi. Bularning hammasi tafakkur orqali bajariladi. Abstraksiyalash boʻlmasa gʻoyat koʻp, tartiblanmagan faktlar orasida oʻralashib qolib nazariy xulosa qilib boʻlmaydi. Abstraksiyalash — bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir.
Nazariyada induktiv usul qoʻllanilganda ayrim hodisalarni oʻrganishdan ularni umumlashtirib, xulosalar chiqarishga oʻtiladi. Deduktiv usul qoʻllanilganda umumiy xulosalardan xususiy xulosalarga, umumiylikdan aniqroq hodisalarga oʻtiladi.
Iqtisodiyot nazariyasida tarixiy va mantiqiy usullar ham bor. Tarixiy usul hodisalarni rivojlanishda olib qaraydi. Mantiqiy usul turli hodisalarning ichki mantiqiy aloqalarini aniqlab, umumiy xulosa chiqarishda qoʻllanadi.
Iqtisodiyot nazariyasida miqdoriy va sifat tahlili birgalikda qoʻllaniladi. Miqdoriy taxlil yuz berganda iqtisodiy — matematik modellashtirish ham ishtirok etadi. Bunda iqtisodiy oʻzgarishlar miqdoran taxlil etiladi, ular oʻrtasidagi aloqa bogʻlanishlar ham miqdoran oʻlchanadi, ularning naqadar oʻzgarishi baholanib, prognozlar ishlab chiqiladi. Bu usul yordamida iqtisodiy modellar yaratiladi (qarang Iqtisodiy tarakqiyot modeli). Iqtisodiyot nazariyasida gipoteza va paradigmalar qoʻllanadi. Ilmiy paradigma bu Iqtisodiyot nazariyasida qabul qilingan taxlil usullariga tayangan holda hal etiladigan muammoni qanday yechimi boʻlishini belgilashdir.
Iqtisodiyot nazariyasi, asosan, uch vazifani bajaradi: a) iqtisodiyot qonuniyatlarini idrok etish, iqtisodiy bilim berish, iqtisodiy savodxonlikni oshirish; b) boshqa iqtisodiy fanlar uchun asos sifatida xizmat qilish, ularga nazariy negiz boʻlish; v) iqtisodiy siyosatga doir amaliy tavsiyalar berish, siyosatni ishlab chiqishda nazariy tayanch boʻlish. Iqtisodiyot nazariyasi boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy boglangan. Birinchidan, ularning yutuqlarini umumlashtirgan holda yangi xulosalar bilan boyib boradi. Ikkinchidan, umumiqtisodiy nazariyaga oid xulosalar bilan qurollantirgan holda ularning rivojlanishiga koʻmaklashadi.
Iqtisodiyot nazariyasi faniga 17-asrda Yevropada asos solingan, bu bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlib, uning qonun va qoidalarini bilishga intilish Iqtisodiyot nazariyasini yuzaga keltirgan. U Gʻarbda paydo boʻlsada, uni oziqlantirgan iqtisodiy gʻoyalar dastlab Sharqda, xususan, Markaziy Osiyoda shakllangan. Bu oʻrinda Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek asarlarini eslash kifoyadir. Iqtisodiyot nazariyasi dastlab "Siyosiy iqtisod" nomi bilan yuzaga kelgan. Bu tushunchani birinchi marta A. Monkretyen (Fransiya) oʻzining "Siyosiy iqtisod xaqida traktat" asarida (1615-yil) qoʻllagan. A. Monkretyen va T. Man (Angliya) Iqtisodiyot nazariyasidagi merkantilizm oqimiga asos solishgan.
Ulardan soʻng fiziokratlar maktabi paydo boʻldi (18-asr). Uning eng yirik namoyandasi "Iqtisodiy jadvallar" kitobining (1758-yil) muallifi F. Kene (Fransiya)dir. Iqtisodiyot nazariyasi tarixda eng nufuzli oʻrin egallagan oqim bu klassik siyosiy iqtisod boʻlib, uning namoyandalari A. Smit va D. Rikardo (Angliya) hisoblanadi (qarang Klassik siyosiy iqtisod maktablari). Bu maktab 18-asr oxiri — 19-asrning boshlarida tanilgan va obroʻli oqim hisoblangan. 19-asrning 2-yarmidan 20-asr boshlariga qadar Iqtisodiyot nazariyasida marjinalizm maktabi asosiy oʻrinni egallab keldi. Buning asosiy vakillari K. Menger, F. Vizer, E. Byom-Baverk (Avstriya), U. Jevons hisoblanadi.
19-asrning oxiri va 20-asr davomida Iqtisodiyot nazariyasida 3 ta yoʻnalish vujudga keldi:Birinchisi — neoklassik yoʻnalish boʻlib, uning oʻzi monetarizm [A. Marshall (Angliya), M. Fridmen (AQSH)] va neoliberalizm — [L. Mizes (Avstriya), F. Xayek (Angliya) va L. Erhard (Germaniya)]ga boʻlinadi.
Ikkinchisi — keynechilik yoʻnalishi boʻlib, uning yirik vakillari J. M. Keyns (Angliya), J. Robinson (Angliya), A. Xansen va P. Samuelson (AQSH)lar hisoblanadi.
Uchinchisi — institutsional ijti-moiy yoʻnalish boʻlib, uning koʻzga koʻringan vakillari T. Veblen, J. Komons, U. Mitchell, J. Gelbreyt (AQSH). 21-asr boshiga kelib, monetarizm maktabi ustuvorlikka ega boʻldi, chunki uning tavsiyalari koʻpchilik mamlakatlardagi iqtisodiy siyosatda oʻzining amaliy ifodasini topdi.[1]
Adabiyot
Iqtisodiyot saboqlari» rukni ostida berilayotgan gazetxonlar savollariga mutaxassis va olimlarning javoblari ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Navbatdagi savolga iqtisodchi Akrom Mo‘minov javob beradi:
- Iqtisodiy o‘sish deganda bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi.
Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash bo‘lsa, u holda YaIM hajmining o‘sish suratlaridan foydalaniladi.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM esa aholining turmush darajasini baholashda qo‘llaniladi. Ushbu holatda YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati bilan aholi sonining o‘zgarish sur'ati hisobga olinadi.
Agar YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan yuqori bo‘lsa, aholining turmush farovonligi ortadi. Agar ushbu ko‘rsatkichlar bir xil bo‘lsa, aholining turmush darajasi o‘zgarmaydi. Mabodo, YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan ortda qolsa, aholi turmush darajasining pasayishi kuzatiladi.
Bu o‘rinda iqtisodiy o‘sishga ta'sir qiluvchi ikki omilni keltirish kerak bo‘ladi. Ular: ekstensiv va intensiv omillar hisoblanadi.
Ekstensiv omil deganda ishlab chiqarishning eski shakli saqlab qolingan holda dehqonchilikda yer maydonini kengaytirish, sanoatda yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali erishilgan iqtisodiy o‘sish tushuniladi.
Misol uchun, bir gektar pomidor maydonidan o‘rtacha 20 tonna hosil olinadi. Ekstensiv omilda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun yana bir gektar yerga pomidor ekiladi va barcha agrotexnika tadbirlari xuddi oldingi bir gektar yerdagi kabi amalga oshiriladi, natijada yana 20 tonna hosil olinib, umumiy hosil 40 tonnaga yetkaziladi. Yoki non ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun mavjud korxonaga qo‘shimcha ravishda xuddi shunday quvvatga ega bo‘lgan yana bir korxona quriladi. Eks­tensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o‘sishning intensiv omiliga esa mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish vositalarini sifat jihatidan takomillashtirish, ya'ni ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, ishchilar malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish orqali erishiladi. Mazkur omil ishlab chiqarishning ichki resurslaridan unumli foydalangan holda, ortiqcha kuch, mablag‘ sarf­lamasdan mahsulot miqdorining o‘sishi va sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi.
Intensiv usulda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun 2 gektar yerga ekish shart emas, balki aynan o‘sha 1 gektar yerga ilg‘or agrotexnik usullarni tatbiq etishning (tomchilatib sug‘orish, yerga ishlov berishda texnikalardan foydalanish, yangi urug‘lar va ularni yetishtirishning ilg‘or usullarini qo‘llash va h.k) o‘zi kifoya. Yoki non ishlab chiqarishni ikki marta oshirishga oldingi eski texnikalar o‘rniga zamonaviylarini o‘rnatish, xodimlarning malakasini oshirish, ish kunini samarali tashkil etish or­qali erishish mumkin.
Lekin shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, O’sish iqtisodiy maqsadni belgilab beradi. Umumiy mahsulotni aholiga nisbatan kengayishi ish-haqilarni o’sishiga olib keladi va shuning bilan birgalida aholining turmush darajasini ko’tarilishiga sababchi bo’ladi. Yuqori o’sish bilan rivojlanayotgan iqtisodiyot kishilar ehtiyojlarini yaxshiroq qondirishga va ijtimoiy hamda iqtisodiy muammolarni hal etishga imkoniyat yaratadi. O’z navbatida, ish haqilarni oshishi kishilarga ko’proq dam olish, shaxsiy kompyuterlarni sotib olish va oily ta’limda tahsil olish kabi imkoniyatlarni yaratib beradi. Tobora yuksalib borayotgan iqtisodiyot aholini kam ta’minlangan qatlamini ahvolini yaxshilash, san’atni rivojlantirish va atrof-muhitni himoya qilish kabi muammolarni hal etishda yordam beradi.

Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko’p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi


http://fayllar.org
Download 36,54 Kb.




Download 36,54 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiy o’sish mohiyati va mazmuni

Download 36,54 Kb.