• Tumani: Nurobod Viloyat: Samarqand Fan: Informatika Mavzu: Axborot texnologiyalari.
  • Fan: Informatika Sinf: 7-sinf O’quvchi soni: 24 nafar Mavzu
  • II . Rivojlantiruvchi maqsad
  • V. Darsda yoritilishi lozim bo‘lgan tushuncha va atamalar
  • Darsning texnologik xaritasi
  • 1 - savol
  • Javobi
  • IV – savol
  • Javobi: 1. 2 lik , 8 lik , 10 lik , 16 lik 2. 416E6F72 3. 100 + 50 +10+10 + 5 +1 +1= 177 2- bosqich
  • III. Yangi mavzu bayoni . “Texnologiya ”
  • Lokal (mahalliy) tarmoqlar
  • MODEM
  • Ish joyi: 1 –umumiy o’rta ta’lim maktabi




    Download 90.03 Kb.
    Sana28.09.2020
    Hajmi90.03 Kb.
    #11774

    Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko’rik tanlovining tuman bosqich “ Ochiq dars mashg’uloti” shartida tayyorlagan dars ishlanmasi
    Familiyasi va ismi: Tursunov Berdimurat Tuxtamurodovich

    Ish joyi: 1 –umumiy o’rta ta’lim maktabi

    Lavozimi: matematika va informatika fani o’qituvchisi

    Tumani: Nurobod

    Viloyat: Samarqand

    Fan: Informatika

    Mavzu: Axborot texnologiyalari.

    O’quvchi soni: 16-24 nafar

    Foydananilgan materiallar:

    1. 7 – sinf informatika darsligi

    2. A.Sattarov «Informatika va axborot texnologiyalari ». – Toshkent : «O’qituvchi», 2002.

    3. А.Аbduqodirov , А.Хаitov , R.Rashidov . «Axborot texnologiyalari». –«O’qituvchi », 2002.

    4. Internet ziyonet.uz , uzedu.uz , referatlar.uz saytlardagi ma’lumotlardan foydalanildi

    Fan: Informatika Sinf: 7-sinf O’quvchi soni: 24 nafar

    Mavzu: Axborot texnologiyalari.

    I. Darsning maqsadi: O‘quvchilarga axborot texnologiyalari haqida va ular bilan ishlash qoidalarini tushuntirish va ularning ongida shu talab va qoidalarga amal qilishni tushuntirush, mavzuni umumlashtirish, utilgan mavzu bo‘yicha olingan bilim, kunikma va malakalarni mustahkamlash va takrorlash.

    II. Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarni o‘tilgan mavzularni mukammal urganish, olingan bilimlarini yanada chuqurlashtirish, amalda ko‘rsata olish va rivojlantirish hamda keyingi ish jarayonida qullay olishga o‘qtirish.

    III. Talimiy maqsad: O‘quvchilarni fikrlash, mulohaza qilish, o‘z ustida ishlash va kerakli mavzularni takrorlash hamda fanga oid qushimcha adabiyotlardan foydalanishga urgatish.

    IV. Tarbiyaviy maqsad: Darsga, javob berayotgan o‘quvchiga, yonidagi o‘rtog‘iga va raqib guruhgalarga nisbatan hurmat. O‘zaro hurmat, o‘quvchilar qoidasiga rioya qilish va dars borishini kuzatib xulosa chiqarishga o‘rgatish, ularni vatanga muhabbat , yurtga sadoqat , buyuk allomalarimizga hurmat ruhida tarbiyalash.

    V. Darsda yoritilishi lozim bo‘lgan tushuncha va atamalar:


    • Texnologiya, teletayp, telefaks, Lokal tarmoqlar, Fayl, Fayl serveri, Ishchi stansiya.

    • Mintaqaviy, global (xalqaro) tarmoq, Modem, Informatsion sistemalar.

    VI. Darsning jihozi: Kompyuter, ko‘rgazmali qurollar, darslik, qushimcha adabiyotlar, doska va bo‘r.

    VII. Dasning usuli: Ma’ruza va amaliyotning uyg’unligi , aqliy hujum” usuli.

    VIII. Dars tafsiloti: 1. Tashkiliy qism:

    a) O‘quvchilarni yuqlama qilish;

    b) Sinfni guruhgalarga bo‘lish;

    c) Har bir guruhga oldindan tayyorlangan topshiriqlar berish;

    d) Darsni utkazish qonun qoidalari bilan tanishtirish.

    Yangi mavzuning bayoni:



    Darsning texnologik xaritasi



    Dars bosqichlari

    Ajratilgan vaqt

    1

    Tashlikiy qism

    3 daqiqa

    2

    O’tilgan mavzuni so’rash

    10 daqiqa

    3

    Yangi mavzu bayoni

    15 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    10 daqiqa

    5

    Xulosalash , o’quvchilarni baholash

    5 daqiqa

    6

    Uyga vazifa

    2 daqiqa

    I. Tashkiliy qism . Navbatchi axboroti tinglanadi , sinf doskasiga sana va mavzu yoziladi , sinf tozaligi ko’zdan kechiriladi . ( Chet tili targ’ib qilish maqsadida o’quvchilar tartib bilan sanashlari va guruhlarga bo’linishlari kerak . Baholashda tartibga rioya qilishlari maqsadga muvofiq.)

    II. O’tilgan mavzuni so’rash , yangi mavzuga zamin tayyorlash.

    1-босқич: Proyektorda o’tilga mavzu sanoq sistemalariga doir savollar namoyish etiladi navbat bilan savollarga javob beriladi. Har bir savolning javobi 5 ballik tizimda baholanadi.

    1 - savol

    1. Axborot deganda nimani tushunasiz?

    2. 10111102 sonini o‘nlik sanoq sistemasiga o‘tkazing.

    3. Bit nima?



    Javobi:

    1. Axborot deganda biz barcha sezgi a’zolarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksini yoki ta’sirini, bog‘liqlik darajasini tushunamiz.

    2. 10111102 = 94 10

    3. Axborotning eng kichik o‘lchov birligi sifatida bit qabul qilingan. Bit axborotning raqamli ifodasidagi 0 yoki 1 belgisi bo‘lib, ingliz tilidagi “binary digit ” so‘zlaridan olingan va “ikkilik raqami” degan ma’noni anglatadi.



    II - savol

    1. Informatika nimani o‘rganadigan fan?

    2. 3310 sonini ikkilik sanoq sistemasiga o‘tkazing.

    3. “Olma” so‘zini o‘n oltilik sanoq sistemasida kodlang.



    Javobi:

    1. Informatika – kompyuter texnikasini qo‘llashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shugullanuvchi fandir.

    2. 3310 = 100001 2

    3. Olma 4F6C6d61



    III – savol

    1. Axborot tashuvchi vositalarni sanab bering.

    2. 1012 + 1112 amalni bajaring.

    3. Axborotlarni eng kichik o‘lchov birligi qanday nomlanadi?



    Javobi:

    1. Axborotlar turli xil vositalarda, masalan, kitoblarda, gazetalarda, magnitli tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi.

    2. 1012 + 1112 = 11002

    3. Axborotning eng kichik o‘lchov birligi sifatida bit qabul qilingan. Bit axborotning raqamli ifodasidagi 0 yoki 1 belgisi bo‘lib, ingliz tilidagi “binary digit ” so‘zlaridan olingan va “ikkilik raqami” degan ma’noni anglatadi.



    IV – savol

    1. Axborotli jarayonlar deb nimaga aytiladi?

    2. 1112 + 102 amalni bajaring.

    3. Axborotlarni eng katta o‘lchov birligi qanday nomlanadi?



    Javobi:

    1. Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog‘liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi.

    2. 1112 + 102 = 10012

    3. bit , bayt , Kbt , Mbt, Gbt, Tbt,Pbt



    V – savol

    1. Axborot bilan qanday amallar bajarish mumkin?

    2. 10102 - 1102 amalni bajaring.

    3. 1024 bayt = 210 bayt = ? tenglikni davom ettiring.



    Javobi:

    1. Axborot ustida hosil qilish, to‘plash, izlash, saqlash, uzatish, qabul qilish, o‘lchash, ishlatish, qayta ishlash, nusxalash,his etish, eslab qolish, boshqa ko‘rinishga o‘tkazish,tarqatish, bo‘laklarga ajratish, soddalashtirish, birlashtirish,formallashtirish, kodlash, buzish kabi amallarni bajarishmumkin.

    2. 10102 - 1102 = 1002

    3. 1024 bayt = 210 bayt = 8*210 bit = 213 bit.



    VI – savol

    1. Axborotdan hayot faoliyatida foydalana olish uchun, asosan qaysi muhim xususiyatga ega bo‘lish lozim?

    2. 1102 soni bilan 510 sonini taqqoslang.

    3. Axborotlarni uzatish tezligi qanday nomlanadi.



    Javobi:

    1. Axborotdan hayot faoliyatida foydalana olish uchun, asosan 3 muhim xususiyatga ega bo‘lish lozim: bular Qimmatlik , to’liqlik , ishonchlilik.

    2. 1102 =610 510 = 100 2 610 > 510 uchun 1102 > 510

    3. Axborotning vaqt birligi ichida uzatilgan miqdori axborotni uzatish tezligi deb ataladi. Axborot uzatish tezligining birligi sifatida bod kiritilgan: 1 bod = 1 bit/1 sekund.



    VII – savol

    1. Qadimda axborotlar nima uchun kodlangan?

    2. C16 soni bilan 10102 sonini taqqoslang.

    3. Axborot uzatish tezligini yana qanday o‘lchov birliklari bor?



    Javobi:

    1. Axborotlarni kodlash insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish qulay bo‘lishi

    uchun emas, balki axborotni maxfiy saqlash uchun ham qo‘llanilgan.

    2. C16 = 12 10 10102 =10 10 12 10 > 1010 C16 > 10102

    3. Kilobayt/sekund, Kilobit/sekund, Megabayt/sekund , Kilobayt/minut, Kilobayt/minut.

    VIII – savol

    1. Morze kodlash usulida nechta belgi ishlatiladi?

    2. “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat” so‘zida necha bayt axborot bor?

    3. Yuliy Sezar ning “Sezar shifri” da qanday kodlanadi?



    Javobi:

    1. Unda turli harf va raqamlar nuqta va tirelarning maxsus ketmaketligi ko‘rinishida ifodalangan, ya’ni, axborot uchta belgi yordamida kodlanadi: “uzun signal” (tire yordamida ifodalanadi), “qisqa signal” (nuqta yordamida ifodalanadi), “signalsiz” (bo‘shliq, pauza bilan ifodalanadi). Mazkur kodlash usuli hozirgi kunda ham qo‘llanib kelinmoqda. Morze kodlash usulini notekis (o‘zgaruvchan) kod deb yuritiladi.

    2. 33 ta belgi bor har bir belgi bir baytda javob: 33 bayt

    3. “Sezar shifri”da matndagi harf alifboda o‘zidan keyin kelgan uchinchi harfga almashtiriladi. Bunda alifbo doiraviy yozilgan hisoblanadi. Bu kodlash usul alifboni surish usuli deyiladi. Sezar usulidan foydalanganda belgini istalgancha surish mumkin.



    IX - savol

    1. Qanday sanoq sistemalarini bilasiz ?

    2. “Anor” so‘zini o’n oltilik sanoq sistemasida kodlang.

    3. CLXXVII rim raqamidagi sonni o‘nlik sanoq sistemasiga o‘tkazing.



    Javobi:

    1. 2 lik , 8 lik , 10 lik , 16 lik

    2. 416E6F72

    3. 100 + 50 +10+10 + 5 +1 +1= 177

    2- bosqich: Juftliklarga kompyuterda savollarga javoblarni MS Worda yozish tezligiga e’tibor beriladi , sanoq sistemarining javoblarni kakkulyatordan to’grigini tekshirishlari mumkin.

    III. Yangi mavzu bayoni.

    Texnologiya sozi yunoncha (grekcha) “techne” – sanat, mohirlik, hunar valogos” – fan sozlaridan tashkil topgan bolib, texnologiya aniq maqsadga erishish uchun zaruriy vositalar, usul va sharoitlardan foydalangan holda muayyan amallarning ketma-ket bajarilishini kozda tutadi.



    Hozirgi zamonda fan va texnikani rivojlanish axborotlarni to’plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni amalga oshirish mumkinligini ko’rsatdi. Bunda asosiy texnik vositalar sifatida – kompyuter va boshqa turdagi vositalar egallaydi. Texnika vositalari yordamida ishni tashkil etish, axborot almashinuvi, uzatish, kerakli axborotni qayta ishlash va undan foydalanishni osonlashtiradi.

    Insoniyat tamonidan axborotlarni izlash, to’plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb ataladi.

    Axborot texnologiyasi ikki: ichki va tashqi omillardan iboratdir. Ichki omillarga usul va metodlar, tashqi omillarga vositalar kiradi. Bundan ko’rinadiki, axborot texnologiyasi o’z ichiga quyidagilarni oladi: qalam, ruchka, daftar, qog’oz, bo’q, doska, proektor, ekran, kodoskop, sinf, stol, stul, o’quvchi, o’qituvchi, farrosh, direktor, kitob, kompyuter, suhbat jarayoni, dars o’tish jarayoni, test o’tkazish jarayoni, savol-javob o’tkazish jarayoni, dars o’tish usuli va metodikasi, plakat yoki boshqa didaktik materiallar va hokoza. Demak axborot texnologiylari hamma sohada ishlatilar ekan.

    Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalaro sifatida kompyuterdan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks, televedeniya, radio va boshqalar qo’llaniladi.

    Kompyuter hozirgi kunda axborotlarni yig’ish, qayta ishlash va tarqatish bilan bog’liq bo’lgan sohalarda kompyutersiz ishlashni tasavvur qilish qiyin. Ammo kompyuterlarning xotirasi qanchalik katta bo’lmasin ish faoliyatingizdagi barca axborotlarni unga sig’dirib bo’lmaydi. Biror axborot zarur bo’lib qolsa, uni boshqa kompyuterdan axborot tashuvchi vositalardan (CD-disk, fleshka) kabilardan foydalanar edik.

    Bu muammoni o’zaro axborot almashuvchi vositalar kompyuter tarmoqlari paydo bo’ldi. Bu tarmoqni Lokal (mahalliy) tarmoqlar deb nomladi. Lokal tarmoqda kompyuterdan biri asosiy kompyuter etib tanlanadi. Uni fayllar serveri yoki Server deb, qolganlarini Ishchi stansiyalar deb nomladik

    Hozirgi zamon kompyuter texnologiyasi boshqa mamlakatlar kompyuterlari bilan bog’lanish imkoniyatini yaratdi, imkoniyatni beruvchi mintaqaviy va global (xalqaro) tarmoqlarini vujudga keltirdi. Bu tarmoqlarda kompyuterlarni aloqa kabellari orqali, ya’ni telefon tarmoqlari yordamida Modemlar bilan amalga oshirildi.

    Signallarni raqamli ko’rinishdan anolog ko’rinishga o’tkazuvchi qurilma modulyator, anolog ko’rinishdagi axborotlarni raqamli ko’rinishga o’tkazuvchi qurilma demodulyator deb ataladi.

    Bu ikkala amalni birgalikda bajaruvchi qurilma modem deb ataladi. Uning nomi quyidagicha hosil qilingan.

    MOdulyator + DEModulyator = MODEM

    Tuzilishi jihatidan modemlar ikki xil bo’ladi: ichki va tashqi. Ichki modemlar plata ko’rinishida bo’lib, kompyutrning ichiga joylashadi. Tashqi modem kompyuterdan tashqarida joylashgan bo’lib, o’zining qobig’iga ega alohida qurilmadir.

    Axborot tizimlari

    Axborot inson hayotida modda, energiya kabi muhim o‘rin tutar ekan undan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Kerakli axborotsiz biror vazifani bajarish mushkul. Bundan tashqari, zarur axborotga o‘z vaqtida ega bo‘lish ham muhimdir.

    Zamonaviy ishlab chiqarish dunyoning turli chekkalaridan xilma-xil axborotlarni tez va kerakli ko‘rinishda qabul qilish yoki uzatishni talab etadi. Bugungi kunda axborotni uzatish va qabul qilish vositasi sifatida telefondan keng foydalaniladi. Ammo zamonaviy ish yuritishda bu yetarli emas. Hozirda kompyuter tarmoqlarisiz ish yuritishni tasavvur qilish qiyin. Oddiy aviachi ptalardan tortib kosmosni tadqiq qilishgacha bo‘lgan jarayonlarda kompyuter texnologiyalaridan foydalaniladi. Hozirgi kunda Internet, IASNET kabi yuzlab xalqaro va biror davlat doirasidagi axborot tizimlari mavjud va ular inson faoliyati uchun xizmat qilmoqda.

    Axborot tizimlar – bu katta hajmdagi axborotlarni qabul qilish, uzatish, saqlash va talab qilingan axborotni tez izlab topish kabi vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan sistemalardir.

    Yangi mavzuni mustahkamlash uchun testlar:

    O’tilgan mavzuni mustahkamlashda videoproyektor va ekrandan foydalaniladi. O’quvchilarga ekranda o’tilgan mavzular bo’yicha Microsoft Power Pointda tayyorlangan, ko’rgazmali 10 ta test ko’rsatiladi. Test shunday tuziladiki, uning birinchi savoli va javobi chiqadi. Har bir o’quvchi o’zi yakka holda to’g’ri javobni belgilaydi. Shundan so’ng savolning javobi kelib chiqadi. Agar javoblari tog’ri bo’lsa 1 ball, noto’g’ri bo’lsa 0 ball yordamida baholanadi. O’quvchilar o’zlarini o’zlari baholaydilar. 10 ta testdan 9 va undan yuqorisin topgan o’quvchilarga 5 ballik rag’bat kartochka , 7 - 8 tog’ri javobga 4 ballik , 6 ta to’gri javobga 3 ballik kartochkasi tarqatiladi.



    1.Axborot texnologiyalari necha omildan iborat?

    a) 3 ta: ichki , tashqi , asosiy B) 2 ta ichki va tashqi d) 5 ta: ichki , tashqi , asosiy , yordamchi , muhim
    2.Lokal tarmoq qanday tuziladi ?

    a) server va ishchi stansiyalardan B) shaxsiy kompyuter va noutbuklardan

    d) serverlar va ishchi stansiyadan

    3.Necha xil tarmoq mavjud ?

    a) lokal , global b) ichki , tashqi d) simli , simsiz

    4. Lokal tarmoqda server nima?

    a) shu tarmoqdagi asosiy kompyuter B) shu tarmoqqa ulangan ixtiyoriy kompyuter d) Lokal tarmoqda o’rtad ajoylashgan kompyuter

    5. Server va ishchi stansiyalar qanday ulanadi?

    a) tarmoq platalari B) maxsus kabellar d) tarmoq platalari va maxsus kabellar

    6.Global tarmoqqa telefon tarmog’i orqali ulanishni qaysi qurilma amalga oshiradi?

    a) modem B) tarmoq platasi d) maxsus kabellar

    7.Modemlar tuzilishiga ko’ra turlari necha xil?

    A) 2 xil ichki va tashqi b) 3 xil ichki va tashqi, mexanik d) 4 xil ichki va tashqi, mexanik , raqamli

    8. Axborot tizimlari qanday tizim ? a) bu katta hajmdagi axborotlarni qabul qilish, uzatish, saqlash b) talab qilingan axborotni tez izlab topish d) barcha javob to’g’ri .

    9. Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida kompyuterdan tashqari aloqa vositalari qaysilarini kiritish mumkin ? a) telefon, teletayp, telefaks

    b) mikroskop , lupa d) teleskop , mikroto’lqinli pech .

    10. Axborot texnologiyasi o‘z ichiga quyidagilardan qaysilarini o’z ichiga oladi ? a) qalam, ruchka, daftar, qog‘oz, mel, doska, proyektor, ekran, kodoskop, sinf, stol, stul, o‘quvchi, o‘qituvchi, farrosh, direktor, kitob, kompyuter b) suhbat jarayoni, dars o‘tish jarayoni, test o‘tkazish jarayoni, savol- javob o‘tkazish jarayoni, dars o‘tish usuli va metodikasi, plakat yoki boshqa didaktik materiallar

    d) barchasini



    Dars yakuni : O'quvchilar baholanib e'lon qilinadi.

    Uyga vazifa. Quyidagi savol va topshiriqlarga javob topishi va

    1 – mashqni bajarib kelish.

    1. Axborot texnologiyasi deganda nimani tushunasiz?

    2. Axborot texnologiyasining tashqi omillariga misol keltiring.

    3. Lokal tarmoqlar nima sababdan shunday ataladi?

    4. Global tarmoqlar lokal tarmoqlardan nimasi bilan farq qiladi?

    5. Modem nima va u nima uchun xizmat qiladi?



    6. Tarmoqda server nima uchun kerak?

    Download 90.03 Kb.




    Download 90.03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ish joyi: 1 –umumiy o’rta ta’lim maktabi

    Download 90.03 Kb.