Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish




Download 76.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana13.03.2024
Hajmi76.8 Kb.
#170603
  1   2
Bog'liq
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish - Vikipediya
RIZAYEV MUSATQIL ISH 1, 2 5361614980783284103, 18e2aec70efa29c92081a1d132c2432b Adabiyotshunoslikka kirish, temur diplomatiyasi 7- ozbek www.sadikov.uz , 3-Ма\'ruza EvаS2 21-22, Name of participants, 4-kurs 03.10.2022, Oqilov Akmal, Mavzu Geofazoviy ma’lumotlar tahlili. Bajardi 114-guruh Sayitm, 1-5гача, Документ Microsoft Office Word, fano, ota-xavfli-yuqumli-kasalliklar-va-ularning-tarqalishini-oldini-olish-chora-tadbirlari, Laplas almashtirish va uning xossalari Reja Laplas to‘g‘ri alma, Mustaqil ish mavzulari (1)


Ishlab chiqarishni
avtomatlashtirish
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish — mashinalashtirilgan ishlab chiqarishni nazorat qilish va
boshqarish ishlarini avtomatik qurilmalar zimmasiga yuklash; ishlab chiqarishni
mexanizatsiyalashtirishning yuqori bosqichi. Fan va texnika taraqqiyotinnng asosiy
yoʻnalishlaridan biri. Mehnat unumdorligi, maqsulot sifati, mehnat madaniyati va b. omillar ishlab
chiqarish koʻrsatkichlarini yuqori darajaga koʻtarish imkonini beradi. Ishlab chiqarishning qisman
(lokal), yalpi (kompleks) va toʻla avtomatlashtirish bosqichlari mavjud. Qisman avtomatlashtirish
bosqichida i.ch. ning alohida ish turlari (suyuklik sathi balandligi, temperatura, bosim va b.) ni
rostlab turish ishlari avtomatlashtiriladi. Yalpi avtomatlashtirish bosqichida bir necha qismanʼ av-
tomatlashtirilgan ish turlari boʻlim, sex, korxona miqyosida oʻzaro bogʻlangan boʻladi va boshq-
ariladi. Boshqarish ishlari odam (operator) nazorati ostida oʻtadi. Toʻla avtomatlashtirish
bosqichida esa i.ch. jarayonining barqarorligi, ish turlari oʻzgarmasligi ishning yuqori samarali
boʻlishini taʼminlaydi. Odam uchun xavfli ishlab chiqarish sharoitlarida toʻla avtomatlashtirishdan
foydalanish ayniqsa oʻrinli boʻladi.
Avtomatlashtirish vositalarining baʼzilari qadimdan paydo boʻlgan. Ammo mayda hunarmandchilik
sharoi-tvda (18-asr gacha) bunday qurilmalar amalda qoʻllanilmagan. Mehnat qurollari va
uskunalarining takomillashtirilishi, yangi mashina va mexa-nizmlarning yaratilishi natijasida (19-
asr)ishlab chiqarish hajmi va darajasi keskin oʻzgardi. Bu hol ishlab chikarishni mexa-
nizatsiyalashtirish uchun zarur shartsharoit yaratib berdi (yigirish, toʻqish, metall va yogʻoch
ishlash korxonalarida). 20-asr boshlarida kuchlanish rostlagichi ixtiro qilinganidan key-in elektr
energiyasidan ishlab chiqarishda foydalaniladi; koʻp operatsiyali agregat-stanoklar va
avtomatliniyalar vujudga keladi. I.ch.a. tushunchasi shu davrda paydo boʻldi.


Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalari va i.ch. jarayonlarini oʻzlashtirish ogʻir sanoat va
mashina-sozlikni barpo qilish bilan bir vaqtda (30y.larda) boshlandi. Ogʻir, yengil va oziqovqat
sanoatlarida avtomatlashtirilgan qurilmalar qoʻllanila boshladi, transport avtomatikasi tako-
millashdi. Energetika, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, kommunal xoʻjalik, ilmiy tadqiqot
institutlarida avtomatika lab.lari tashkil etildi. 50-y. larga kelib xalq xoʻjaligining deyarli barcha
tar-moklarida avtomatika qoʻllanila boshladi. GES agregatlarini toʻla avtomatik boshqarishga
oʻtildi, suv bilan taʼminlash tizimlari va b. sohalar avtomatlashtirildi. I.ch.a. ning ilmiy asoslari,
asosan, uch yoʻnalishda rivojlandi. Birinchidan, boshqarish obyektlarining qonuniyatlari,
dinamikasi, turgʻunligi va tashqi omillar taʼsirini oʻrganishning samarali metodlari ishlab chiqildi. Bu
masalalarni tadqiqrtchilar, konstruktorlar, texnologlar birgalikda hal qiladi. Ikkinchidan,
boshqarish metodlarining samaradorligi, boshqarish funksiyasining maqsadi aniqlandi. Shu
asosda boshqarishga oid qaror qabul qilish qoidalari belgilandi. Uchinchidan, oʻlchash, natijalarni
qayta ishlash va boshqarish fun-ksiyalarini amalga oshiradigan avtomatika vositalarining
tuzilishini uygʻunlashtirishning puxta, oddiy va samarali muhandislik usullari ishlab chiqildi. Lekin
I.ch.a. ni takomillashtirish va rivojlantirishga doir ishlar uzluksiz davom etadi. Sexlar, om-borlar va
ishlab chiqarishning boshqa joylarida axborot (informatsiya) larni tuzish va dastlabki ishlash
klavishli qurilmalar vositasida bajariladi, yigʻilgan axborotlar qayta ishlashga uzatiladi.
Axborotlarni avtomatik qayd qilish uchun datchiklardan foydalaniladi. Axborotlarni uzatish
qurollari — signal oʻzgartirgichlari, telemexanika apparaturasi, signallarni taqsimlovchi
kommutatorlar va b. dan iborat. Axborotlarni mantiqiy va matematik ishlash qurilmalari —
signallarning harakteri va shaklini oʻzgartiruvchi funksional oʻzgartirgichlar axborotni berilgan
algoritm boʻyicha qayta ishlovchi qurilmalar (shu jumladan, hisoblash mashinalari) va b. ni uz
ichiga oladi. Axborotlarni kursatuvchi qurilmalar (shu jumladan, hisoblash mashinalari) va b. ni uz
ichiga oladi. Axborotlarni kursatuvchi kuril-malar — signal tablosi, mnemonik sxemalar, milli va
raqamli asboblar, elektron-nur trubkasi, harf va raqamli bosma mashinalar operatorodamga i.ch.
jarayonlarining borishini kursa-tadi va muhim parametrlarni qayd qilib boradi. Boshqarish
taʼsirlarini ishlab chiqadigan qurilmalar axborotlarning kuchsiz signallarini kuchli impulslarga
aylantiradi. Bu im-pulslar himoya, rostlash yoki boshkdrish qurilmalarining ijro organiga taʼsir etib,
ularni ishga tushiradi. Axborotlarni yigish va dastlabki ishlash vositalari majmui xalq xujaligi
tarmoqlarini boshqarishni avtomatlashtirishga imkon beradi. I.ch. jarayonlarini boshqarishni
avtomatlashtirishda i.ch. ni maqbul (optimal) rejimda olib borishga imkon beruvchi nazorat va
rostlash jihrzlari, analitik texnika va dasturli boshqarish majmualari ham juda muhim. Masalan,
gidroelektr st-yalarida suv havzasidan chiqqan suv gidroagregat turbinalaridan uzluksiz oʻtib
turadi. Avtomatik rostlagichlar turbinalarning aylanishlar sonini, ishlab chiqarilgan tok chastotasi
va kuchlanishini, faol (aktiv) va reaktiv quvvatlarni rostlab turadi. Himoya qurilmalari avariyaning
oldini oladi. Avtooperator agregatlarini jadvalga mos holda ishga tushirib va toʻxtatib turadi.
Energotizim dispetcheri telemexanika qurilmasidan foydalanib, GES ni uzoqdan (markaziy
pultdan) turib boshqaradi. Oʻzbekistondagi de-yarli hamma GES lar shunday tartibda ishlaydi.


Issiqlik elektr st-yalarini boshqarish ancha qiyinroq. Quvvati bir necha yuz MVt li "qozon —
turbina — generator — transformator" bloki turli agregatlardan tashkil topgan. Mas, quvvati 800
MVt li blokda 1000 ga yaqin boshkarish obyekti va 1300 ga yaqin nazorat qilinuvchi parametrlar
bor. Avtomat boshkarish tizimi yordamida shu obyekt va parametrlarni bitta muhandis-operator
boshkaradi.
Texnologik jarayonlari uzluksiz oʻtadigan kimyo, neft kimyosi, gaz va farmatsevtika sanoati, suv
taʼminoti, kanalizatsiya va b. ni ham avtomatlashtirish mumkin. Konchilikda tog jinslarini
qoʻporish usullarini takomillashtirish bilan birga, bu ishni samarali avtomatlashtirishga imkon
beradigan termik, elektr va akustik qoʻporish usullari rivojlanmoqda; shaxtalarda EHM (
elektron
hisoblash mashinasi
) va kompyuterlar qoʻllanilmoqda.
Metallurgiyada foydali qazilmalarni qayta ishlash jarayonlari, asosan, siklli tartibda olib boriladi.
Domna ishlab chikarishida barcha asosiy parametrlar avtomatik tarzda oʻlchanadi va rostlanadi.
Issiklik rejimini boshqarish tizimida EHM va kompyuterlar qoʻllaniladi. Marten pechlarida gaz
sarfi avtomatik rostlab turiladi.
Prokat stanlarida asosiy yuritma, qisish qurilmalarining yuritmalari va yordamchi mexanizmlarni
boshqarish avtomatlashtirilgan. Hisoblash mashinalari yordamida ma-teriallarni chiqindiga
chiqarmasdan bichish tizimi qoʻllanilmoqda. Hozirgi zamon mashinasozligida I.ch.a, texnika
taraqqiyotining asosidir. Avtomat-stanoklar bilan birga koʻp operatsiyali agregatlar, gidravlik,
pnevmatik, elektr yoki aralash boshqarish tizimlari yaratildi va takomillashtirilmoqda. Dasturli
boshqariladigan metall ishlash stanoklarining ish sikli toʻla avtomatlashtirilganda ham
stanoklarning universalligi saqlanadi. Yigʻish jarayonlarini avtomatlashtirish mashinasozlikning
murakkab va dolzarb masalalaridan hisoblanadi. U katta iqtisodiy samara beradi. Yigʻilgan uzel va
buyumlarning sifati yigʻish vaqtida avtomatik ravishda uzluksiz tekshirib turiladi. Mas, Toshkent
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodida shpindellar avtomat liniyada tay-yorlanadi, paxta terish
mashinalari avtomat konveyerlarda yigʻiladi, Andijondagi "OʻzDEU avto" korxonasida barcha ishlar
avtomatlashtirilgan.
Radiodetallar, elektron lam-palar, ion asboblar, elektron-nur trubkalari, tranzistorlar, montaj
simlari, radioelektron apparatlar va televizorlarni i.ch. toʻla avtomatlashtirilgan. Yengil sanoatda
avtomatlashtirilgan kurilmalar va korxonalarni boshqarishning avtomat tizimlari joriy etilgan va
etilmoqda. Poyabzal, galantereya va b. tarmoqlar buyumlarni yalpi ishlab chiqaradigan yuqori
unumli avtomat kurilmalar bilan taʼminlangan. Umumiy ovqatlanish korxonalarida ham I.ch.a. ning
ahamiyati katta. Mahsulotlarni ishlash (artish, toʻgʻrash, maydalash va b.) avtomat qurilmalari
masalliklarning toʻyimliligi va xushxoʻrligini toʻla saqlaydi, iyerofgarchilikni ancha kamaytiradi.
Paxta sanoatida ham yalpi avtomatlashtirish joriy qilingan. Ularda paxtan i qabul qilishdan tortib,
tola, chigʻit va momiq ajratib olish va tolani toylashga qadar jarayonlarni avtomatlashtirish


majmualari mavjud. Transportda yukva yoʻlovchilar tashish salmogʻining oʻsishi transportning
barcha turlarini kengaytirish va mavjud liniyalarda harakatni tezlatish bilan bogʻliq. Temir yoʻl
transportini ekspluatatsiya qilishni avtomatlashtirish poyezdlarning qatnash grafiklariga aniq
rioya qilishga va harakat xavfsizligini taʼminlashga imkon beradi. Poyezdlar "avtomashinist"
yordamida boshqarilmoqda. Yuk va passajir kemalarida koʻp ishlar avtomatlashtirilgan.
Samolyotlar "avtopilot"dan foydalanib boshqarilmoqda. Obhavo xizmati turli meteorologik
maʼlumotlarni oʻlchash, yigʻish,, uzatish va ishlash bilan shugʻullanadigan murakkab kompleksdir.
Bu maʼlumotlar atmosferaning turli qatlamlarida havo bosimi, temperaturasi va harakat tezligi,
namlik, yogʻingarchilik miqdori va b. dan iborat. Gidrometeorologiyani yanada rivojlantirish uchun
bu sohani avtomatlashtirish shart. 
Yer sunʼiy yoʻldoshlari
, EHM, kompyuterlar bu sohada insonga
juda katta yordam bermoqda.
Ishlab chiqarishni avtomatik boshqarish — ishlab chikarishning turli tarmoqlarini boshqarishda
matematik metodlar, avtomatik qurilmalar va 
hisoblash texnikasi
 vositalarini qoʻllash. Uning
ilmiy asosi — iqtisodiy kibernetika. Odam bilan kibernetik mashinalarning munosabatiga oid
uslubiy va aniq masalalarni hal qilish uning muhim vazifasidir.
I.ch. a. da EHM dan tashqari, oʻnlab ixtisoslashtirilgan avtomatik kurilmalar, kompyuterlar
ishlatiladi. I.ch.a. axborotlarni yigʻish, qayta ishlab chiqishga oid mashaqqatli ishlardan ozod
qiladi, uning ijodiy rolini oshiradi, ish unumini koʻtaradi, ishlab chiqarishni boshqarish bilan band
boʻlgan kishilardan boshqa maqsadlarda foydalanishga imkon beradi.
Mansurov X., Avtomatika va paxtani
dastlabki ishlash jarayonlarini
avtomatlashtirish, T., 1995.
Vosil Krbulov, Erkin Yoqubov.
[1]
Adabiyot


1. 

Download 76.8 Kb.
  1   2




Download 76.8 Kb.
Pdf ko'rish