III. “Ishonch telefoni” orqali kelgan murojaatlarni qabul qilish, hujjatlashtirish va tegishli tarkibiy tuzilmalarga jo’natish




Download 33.58 Kb.
bet3/5
Sana21.03.2017
Hajmi33.58 Kb.
#729
1   2   3   4   5
III. “Ishonch telefoni” orqali kelgan murojaatlarni qabul qilish, hujjatlashtirish va tegishli tarkibiy tuzilmalarga jo’natish.

3.1. “Ishonch telefoni”ga keladigan murojaatlarni qabul qilish (+99871) ******* telefon raqami orqali amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning “Ishonch telefoni” orqali murojaatlarni qabul qilish Operator tomonidan dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 18:00 gacha amalga oshiriladi.

3.2.“Ishonch telefoni” orqali murojaatlarni qabul qilish real vaqt rejimida operator hamda jismoniy va yuridik shaxs o’rtasidagi suhbat shaklida amalga oshiriladi.

3.3. “Ishonch telefoni” tizimida chaqiriq signali kelganda Operator abonent bilan suhbatga kirishadi hamda unga Kompaniyaga murojaat qilish, shuningdek, “Ishonch telefoni” bo’yicha murojaatni taqdim etish tartibini tushuntiradi.

3.4. Ko’rsatilgan ma’lumotlar e’lon qilingandan keyin, Operator murojaat qiluvchiga o’zini tanishtiradi: “O’zbekiston temir yo’llari” DATKning “Ishonch telefoni”, Sizni eshitaman”. So’ngra u murojaatning mazmunini diqqat bilan tinglaydi. “Ishonch telefoni” orqali murojaat qiluvchi bilan suhbat odatda murojaat qiluvchining so’rovlari va operatorning aniqlashtiruvchi savollarini erkin usulda berilishidan tashkil topgan bo’ladi. Agar murojaat qiluvchi savolning mazmunini aniq etkazib berolmasa, Operator murojaatning mohiyatini inobatga olib, murojaat qiluvchidan odob bilan so’rovnoma o’tkazadi.

3.5. Erkin suhbat davomida Operator murojaat qilgan jismoniy shaxsni xulqini tahlil etib, uning so’zida mumkin bo’lgan ruhiy chekinishlar belgilarini aniqlaydi, shuningdek, ruhiy chekinish alomatlari mavjud shaxslarni axboroti ishonchliligini ham inobatga olishi kerak. Aloqa qaerdan ulanganligini ham aniqlanadi – chet eldanmi yoki O’zbekiston hududidanmi. Keyinchalik, odob bilan Operator murojaat qilgan shaxsni savollarga javob berish uchun vaqti mavjudligini aniqlashtiradi, telefon raqamini beraoladimi yoki boshqa aloqa usuli bilan u bilan bog’laniladimi, familiya, ismi va otasining ismini so’raydi. Agar unda biron-bir hujjat yoki hujjatga oid material mavjud bo’lsa, jismoniy shaxsga faks orqali yoki elektron pochta orqali Kompaniyaning rasmiy elektron manziliga yuborishni taklif etadi.

3.6. Operator tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning “Ishonch telefoni”ga murojaatlari hujjatlashtiriladi, ya’ni murojaatlar qayd etiladi va hisobi yuritiladi. Murojaat qayd etilganidan so’ng, usha kunidan kechiktirmasdan Direksiya rahbariga murojaat matni bajaruvchilarini tayinlash uchun beriladi. Qayd etish kitobi raqamlanadi va tikilib, muhrlanadi. (1-ilova)

3.7. Operator har kuni 18-00 holatiga “Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarning yagona ma’lumotini tayyorlaydi.

3.8. Ma’lumotda “Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarni soni, xususiyati va qisqacha mazmuni aks ettiriladi. (2-ilova)

3.9. Murojaatlar bo’yicha tuzilgan yagona ma’lumot keyingi kun soat 10-00 gacha rahbar qabulxonasiga taqdim etiladi.

3.10. Kompaniya bino inshoatlariga xizmat ko’rsatish Direksiyasi boshlig’i har chorakda “Ishonch telefoni” orqali tushgan murojaatlarni tahlilini amalga oshiradi va tahlilni direktorga taqdim etadi.



Download 33.58 Kb.
1   2   3   4   5




Download 33.58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III. “Ishonch telefoni” orqali kelgan murojaatlarni qabul qilish, hujjatlashtirish va tegishli tarkibiy tuzilmalarga jo’natish

Download 33.58 Kb.