• Biyogaz olinishga ishlatladigan homashyolar.
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Internet manbalari.
  • Islom Karimov nomidagi tdtu qo`qon filiali Talabasi: Xolmatov Jahongir Baxtiyor o`g`li Annotatsiyasi. Biyogaz olishdan maqsad cheka tumanlargaxam gaz olib borish yullari. Kirish




    Download 2.35 Mb.
    Sana30.11.2022
    Hajmi2.35 Mb.
    #32391
    Bog'liq
    jahongir 4-21
    6 практика штрих код

    Islom Karimov nomidagi TDTU Qo`qon filiali
    Talabasi:Xolmatov Jahongir Baxtiyor o`g`li
    Annotatsiyasi. Biyogaz olishdan maqsad.cheka tumanlargaxam gaz olib borish yullari.
    Kirish:
    Prezidentimiz I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, О‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yо‘llari va choralari” asarlarida ham texnologik jarayonlarda energiya iste’molini kamaytirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish ayniqsa qishloq aholi punktlarida uzluksiz energiya ta’minotini yaratish kabi muhim vazifalar qо‘yildi. Tabiiy energiya resurslarini tejash va undan samarali foydalanishda, qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalarining ahamiyati juda katta. Respublikamizda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan quyosh energiyasi va biomassa energiyasidan foydalanish yuqori samara beradi.
    Prezidentimizning 2013 yil 1 martdagi “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Farmoni, Xalqaro Quyosh energiyasi institutning tashkil etilishi bu boradagi islohatlarni yangi bosqichga olib chiqishda mustahkam asosdir. Muqobil energiya manbalarining klassik turlaridan biri biomassa bо‘lib, biomassa va turli organik chiqindilarni qayta ishlash orqali biogaz olish, uni qayta ishlash bilan metan gazini hosil qilish, sо‘ngra undan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘yish mumkin. Biogaz qurilmalarining amaliyotga joriy etilishi natijasida chiqindilardan atrofga behuda chiqayotgan metan gazini ishlatish, energiya ishlab chiqarish bilan bir vaqtda ekologik muammolarni hal qilish mumkin. Yana bir diqqatga sazovor jihati, mamlakatimizda shu singari “yashil texnologiyalar”ni qishloq xо‘jaligi, energetika, chiqindilarni boshqarish, transport, ta’lim va fan sohalariga kengtatbiq etish kelgusi о‘n yil ichida 550 mingdan ortiq yangi ish о‘rinlari yaratish imkonini beradi.
    Biologik chiqindilardan energiya manbai sifatida foydalanish uchun katta – katta reaktorlarda (germetik berk bo’lgan idishlarda) biologik chiqindilar qayta ishlanadi. Biogaz qurulmalari yordamida go’ng (o’simlik qoldiqlari va hayvon chiqindilari) qayta ishlanib, yonuvchan gaz va yuqori sifatli o’g’it chirindi olinadi. Biogaz olish qurilmalarining ish prinsipi tabiiy biologik jarayonlarning amaldagi ifodasidir. Zamonaviy biogaz ishlab chiqarish tabiatda sodir bo’ladigan jarayonlarga asoslanadi, ya’ni hayvonlar oshqozonida hazm qilish faoliyati natijasida sodir bo’ladigan chiqindilardan metanni hosil bo’lishi asos qilib olingan.



    Biogaz texnologiyasidan dastlab eramizdan avvalgi XVII asrda Xitoy, Hindiston, Assiriya va Persiya davlatlarida turli xil ko’rinishlarda foydalanishganligi qayd etiladi. Ammo, oradan 3,5 ming yil o’tgach ya’ni XVIII asrdagina biogaz texnologiyasi boyicha tizimli ilmiy tadqiqotlar boshlandi.





    O’zbekistonda energiyadan foydalanish asosan tabiiy gaz, neft, GES, ko’mir hisoblanadi. O’zbekistonda energiyadan foydalanish balansi 3-diagrammada keltirilgan.


    Biyogaz olinishga ishlatladigan homashyolar.
    Qo’l bilan yuklanuvchi aralashtirgichsiz va reaktordagi mahsulotni qizdirmasdan biogaz olishning oddiy qurilmasi juda sodda bo’lib, kam sonli qoramol va kam sonli parrandaga ega bo’lgan har bir xonadon egasi bu qurilmani barpo etishi mumkin. Chunki bu biogaz texnologiya jihozlari juda sodda va arzon. Maydon jihatdan ham ko’p joy egallamaydi, reaktor uchun ham jihozlari soni ham kam. Reaktor hajmi 200 – 500 l bo’lishi mumkin. 50 – 200 l li hajmli biogaz qurilmasidan kuniga 1 – 10 m3 gacha biogaz olish mumkin. Bu hajmdagi biogaz qurilmalari uchun ishchi soni talab qilmaydi. Xonadon egalarini o’zi ham biogaz qurilmasidan bemalol foydalana olish bilan ham qulayliklarga ega.

    Xulosa
    Butun jahonda xomashyo va energiyadan foydalanish global muammo bo’lib qolmoqda. Bu muammoni hal qilishning alternativ yo’llaridan biri biogaz olish texnologiyasini aholi o’rtasida, hamda sanoat darajasida yo’lga qoyish hisoblanadi. Hozirgi kunda biogaz olish texnologiyasi yaxshi o’rganilgan bo’lib, bir qator xorij mamlakatlarida muvaffaqqiyatli qo’llanilmoqda. Respublikamizda biogaz olish ishlari yo’lga qoyilgan bo’lsada, hozirgi kunda bu sohadagi ishlar qoniqarli holatda emas (umumiy energiya hosil qilishdagi ulushi 1% dan kam). Shu sababli biogaz olish boyicha xorij texnologiyasini o’zlashtirish, chorvachilik fermer ho’jaliklarida biogaz olish ishlarini rivojlantirish, mavjudlarini yanada kengaytirish lozim deb hisoblayman. Respublikamizda fermer xo’jaliklari va aholi xonadonlarida biogazdan foydalanib energiya olishni amalga oshirishda kichik quvvatli uskanalarni o’rnatish samarali natija beradi. Bu yo’nalishdagi ishlarni rivojlantirish uchun ichki sarmoyalardan yoki bank kreditlaridan foydalanishni yo’lga qoyish kerak. Biogaz olishda qishloq xo’jaligi uchun foydali bo’lgan meneral o’g’it o’rnini bosuvchi suvda eruvchan azotli birikma ham hosil bo’ladi.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
    1. A. Arsolnov, T. Sultonov, M.Xo’jaev. O’zbekistonda biogaz texnologiyalarini rivojlantirish omillari va uning moliyaviy manbalari.
    2. A. Ibragimov, A. No’monjonov. Atrof – muhitga bezarar biogas ishlab chiqarish. Farg’ona davlat unversiteti. Mintaqadagi ekologik muommolar va ularning yechimi. Farg’ona 2012. 6 bet.
    3. A. No’monjonov, I. Qo’qonboyev. Istiqbolli enrgiya manbai. Muqumiy nomidagi Qo’qon davlat Pedagogika institute. Ilm, fan taraqqiyot intеgratsiyasi. Farg’ona 2010. 112 bet.
    Internet manbalari.
    1 .http://www. Wikipedia.org .
    2 .http://www.biogaz.ru
    3 .http://www. Biopotok. Com


    Download 2.35 Mb.




    Download 2.35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom Karimov nomidagi tdtu qo`qon filiali Talabasi: Xolmatov Jahongir Baxtiyor o`g`li Annotatsiyasi. Biyogaz olishdan maqsad cheka tumanlargaxam gaz olib borish yullari. Kirish

    Download 2.35 Mb.