|
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali
|
bet | 1/12 | Sana | 25.05.2022 | Hajmi | 461.32 Kb. | | #21899 |
Bog'liq Aziz 7b 18 Taminot 406 3 11 янги ДТС буйругига илова, Bolaning oilada ijtimoiylashuvi jarayoni, Ne\'matov Umar Rezyume, 0. Лойиҳа, 123.60721200 Charm buyumlarini konstruksiyalash, TEXNIK DIAGNOSTIKA VA TRANSPORT VOSITALARI, mb, O\'yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati sifatida-www.genderi.org, 1-Tajriba ishi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
«Konchilik ishi va metallurgiya» fakulteti
«Konchilik elektr mexanikasi» kafedrasi
« Konchilik korxonalari elektr ta’minoti va elektrlashtirish » fanidan
Bajardi: 7b-18 KEM guruh talabasi Jumamurotov A
Tekshirdi:_______________________________
Baho:___________________________________
Muddati:________________________________
Olmaliq 2022
Mundarija:
KIRISH___________________________________________________
|
3
|
1. Nazariy qism.Korxona tarixi va sexlarining texnologik jarayonining umumiy xarakteristikalari_________________________________________5
2. Loyihalash uchun berilgan korxona sexlarini hisobiy yuklamalarining boshlangich ma’lumotlari_________________________________7
2.1 Hisobiy yuklamalarni aniqlash____________________________8
2.2 Reaktiv quvvatni kompensatsiyalash_______________________11
2.3 Korxona bosh pasaytiruvchi podstansiyasining o‘rnatish joyini aniqlash va yuklamalar kartogrammasini qurish________________15
3. Kuch transformatorlarini tanlash___________________________18
|
|
3.1 Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti sxemalari_____________22
3.2 Havo va kabel liniyalari kesim yuzasini aniqlash______________27
3.3 Elektr ta’minoti tizimida qisqa tutashuv toklarinining hisobi____29
3.4 Kabel liniyalarini termik bardoshligi va kuchlanish isrofi bo’yicha tekshirish____________________________________________32
4. Elektr apparatlarni tanlash______________________________35
Xulosa________________________________________________38
|
|
Adabiyotlar ro’yxati______________________________________39
|
|
Kirish
Ushbu fanni o’qitishdan maqsad talabalarni sanoat korxonalari miqyosida elektr iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashning hozirgi ahvoli, muammolari va kelajakdagi rivojlanishi bilan tanishtirishdan iboratdir.
Uslubiy fanning asosiy vazifasi, talabalarga elektr energiyasidan oqilona foydalanish, hisobiy yuklamalarni hisoblashning amaliy namunalari, reaktiv quvvat kompensatsiyasi, bosh pasaytiruvchi podstansiyaning o’rnini topish va elektr yuklamalar kartogrammasini aniqlash, hamda sex transformator podstansiyasida transformatorlarni tanlash, shu bilan birga transformatorlarda kuzatiladigan quvvat isroflarini hisoblash, sanoat korxonalarining elektr ta’minoti sxemalarini to’g’ri tanlash, havo va kabel elektr uzatuv liniyalarining kesim yuzasini aniqlash, elektr ta’minoti tizimida qisqa tutashuvni hisoblash, kabel liniyalarini termik bardoshligi va kuchlanish isrofi bo’yicha tekshirish, elektr apparatlar tanlash va boshqa loyihalash jarayonidagi hisoblashlarni namunaviy misollar yordamida chuqurroq tanishtirishdan iboratdir.
Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti tizimi elektr iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun bunyod etiladi. Sanoat korxonalarining sex elektr iste’molchilariga quyidagilar kiradi: har xil mexanizmlarning elektr yuritgichlari, elektr pechlari va elektrotermik uskunalar, elektroliz qurilmalari, elektr payvandlashlar uchun kerakli apparat va mashinalar, yoritish qurilmalari, elektr filtrlar va boshqalar.
Sanoat korxonalarining asosiy manbasi bo’lib tuman elektr tarmoqlari tizimi hisoblanadi. Sanoat korxonalarining elektr iste’molchilari va elektr energiya manbalari orasidagi masofalar juda uzoq bo’lganligi uchun, podstansiyalarda o’rnatilgan transformatorlar orqali kuchlanishni 110 kV va undan yuqori miqdorda oshirilib korxonalarga yuboriladi. Bu esa, o’z navbatida uzatish va taqsimlash liniyalarida energiya isrofini kamaytiradi.
Korxonalarning elektr energiyasini qabul qilish jarayoni podstansiyalarda kuchlanish miqdori pasaytirib iste’molchilarga uzatish orqali kuzatiladi.
Ushbu fanni, keyinchalik, talabalarni sanoat korxonalari miqyosida ishlashi davomida, loyihalash jarayonini, elektr qurilmalarni tanlash va hisoblashda, hamda davr talabidan kelib chiqqan holda korxonaning iqtisodiy holatini hisobga olib, tejamkor elektr uskunalarni o’rnatishiga yordamchi hisoblanadi.
Elektr ta’minotining ishonchliligiga qo’yiladigan talablarga qarab elektr iste’molchilar quyidagi 3 ta toifalarga bo’linadi.
|
| |