Iv “2020 yil brendi” mukofoti uchun ovoz berish ommaviy ofertasi




Download 27.91 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2021
Hajmi27.91 Kb.
#15111
1   2   3   4
1. Atamalar va tushunchalar

1.1. “YIL BRENDI” mukofoti (keyingi o‘rinlarda – YIL BRENDI) – “Milliy marketing markazi” korxonalar uyushmasining loyihasi bo‘lib, yakunlangan yilda O‘zbekiston bozorida muvaffaqiyatli marketing ilgarilatishini amalga oshirgan eng faol kompaniyalarga har yilgi ovoz berish va mukofotlar topshirishni o‘zida aks ettiradi.

Mukofot sovrindorlarini tovarlar va xizmatlar iste'molchilari, shuningdek Milliy marketing markazi a'zolari, hamkorlari va ekspertlari ovoz berish yordamida aniqlaydilar.

Mukofotning vazifasi – mahalliy bozorda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan kompaniyalarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, tadbirkorlik sohasini, O‘zbekiston marketing va reklama xizmatlari bozori infratuzilmasini rivojlantirish.

1.2. Ovoz berish ishtirokchisi. Umumiy asoslarda ovoz berishda 12 yoshdan oshgan istalgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki chet el fuqarosi ishtirok etishi mumkin. Tanlovda voyaga yetmaganlarning ishtirok etishi O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan qonunchilikka muvofiq, ularning qonuniy vakillari orqali amalga oshiriladi. Ovoz berishda voyaga yetmaganlarning ishtirok etishi uchun ota-onasidan biri yoki qonuniy vakilining roziligi kerak.

1.3. Mukofot toifalari. “2020 yil brendi” mukofotida ovoz berish quyidagi mezonlarga ko‘ra saralangan toifalar bo‘yicha amalga oshiriladi:

1. B2C segmenti brendi

2. Yorqin marketing ilgarilatishi

3. Reklama va marketingga investisiyalar

4. Nominasiyadagi faol raqobat

5. Brendning O‘zbekiston Respublikasida rasman mavjudligi.

1.4. Ovoz berish o‘tkazilishi hududi: O‘zbekiston Respublikasi.

1.5. Ovoz berish tashkilotchisi: “Milliy marketing markazi” korxonalar assosiasiyasi. Tashkilotchi ofertaga o‘zgartishlarni, Telegram-botda ularni albatta e'lon qilish sharti bilan, kiritish huquqiga ega.



Download 27.91 Kb.
1   2   3   4




Download 27.91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iv “2020 yil brendi” mukofoti uchun ovoz berish ommaviy ofertasi

Download 27.91 Kb.