Jabborov qobil latifovich naqsh elimentlarini kompyuter texnologiyalari asosida tuzishni takomillashtirish




Download 2.64 Mb.
bet3/35
Sana03.04.2021
Hajmi2.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Muammoning o’rganganlik darajasi. Yoshlarning ta’lim-tarbiyasi har qanday jamiyatning, davlatning, millatning kelajagini belgilaganligi uchun xalqimiz azal-azaldan o’z avlodining an’analariga, urf-odatlariga sodiq holda shakllanishiga e’tibor berib keladi. Yoshlarni ilmga, kasb-hunarlarga, birorta foydali mashg’ulotlarga o’rgatib borish, xalqning urf-odatlari, rasm-rusumlari, aqidalarini hurmat qilish, an’analariga hurmat, vataniga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda mehnatsevarlik, insonparvarlik, mehmondo’stlik xislatlarini shakllantirib borish xalqimiz orasida ulug’lanib kelayotgan keng miqyosdagi ustoz-shogirdlik odatlaridan hisoblanadi. Ustoz o’gitlariga amal qilish, uni hurmat qilish, nasihatlariga quloq solish ham yosh avlod tomonidan bajarilishi singdirib borilgan. Ushbu ta’limiy-tarbiyaviy fikr-mulohazalar, shogirdlar shakllanishida ustozning o’rni, ustozlar fazilatlari, ilm, kasb-hunarlar o’rganish va o’rgatishning afzalligi juda ko’plab tarixiy meroslarda, manbalarda bayon etilgan. Tarixiy jarayonlarda asosiy qismlari yo’qolib ketgan bo’lsa-da hanuzgacha madaniy taraqqiyot uchun xizmat qilib kelayotgan toshbosma va xatbosma qo’lyozmalar turli xil me’moriy obidalarga, buyumlarga bitilgan bitiklar, qadimiy yozuvlar, xalq yozma va og’zaki ijodi, amaliy, tasviriy va musiqa san’ati va boshqa turli xil adabiy manbalar ham xalqning qadimdan ta’lim-tarbiya, ustoz - shogirdlik an’analari bilan shug’ullanganligidan yaqqol nishonadir.

Sharq mamlakatlarida yashab ijod etgan buyuk mutafakkirlar Hakim at-Termiziy (824-932), Xo’ja Ismoil Imom al-Buxoriy (810-870), Moturidiy Abu Nasr Samarqandiy (vafoti 945), Abu Nasr Forobiy (873-950), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Yusuf Xos Hojib (1016 yil), Umar az-Zamahshariy (1075-1114), Ahmad Yassaviy (XII asr), Xoja Bahovuddin Naqshbandiy (1318-1389), Mirzo Ulug’bek (1394-1449), Abduraxmon Jomiy (1414-1492), Alisher Navoiy (1441-1504), Zahiriddin Muhammad Bobur (1443-1530) kabi allomalarning asarlarida ham jamiyat taraqqiyotida ilm-fanni, kasb-hunarlarni o’rgatish, ustoz-murabbiylar xislatlari yoritilgan.

O’zbekistonlik pedagog olimlardan J.G’.Yo’ldoshev, K.Zaripov - pedagog-kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, M.Ochilov - o’qituvchi kasbiy odobi, M.T.Davletshin - psixologik tayyorgarlik, X.Ibrohimov - umumkasbiy-mutaxassislik tayyorgarligi, U.Tolipov – talabalarning umumpedagogik, umummehnat tayyorgarligi, T.To’laganov - matematik tayyorgarligi, A.R.Xodjaboyev – mehnat ta’limi o’qituvchilarini tayyorlashning o’quv-metodik ta’minoti kabi qirralarini yoritdilar.

Yoshlarga tasviriy va amaliy san’at hamda hunarmandchilik turlarini o’rgatishning metodik masalalari bilan N.N.Aleksaxin, S.S.Bulatov, Yu.K.Jeltuxov, Q.Qosimov, B.Oripov, G.P.Kalinina, I.Karimov, A.Sulaymonov, N.Oydinov, A.Morozova, A.P.Gapparova, M.I.Maksimova, G.L.Chepeveleskaya, M.Nabiyev, P.A.Goncharova, M.Raximov, M.Mirzaxmedov, S.Ergashev, R.Sarsenboyeva, N.Ashurov, B.Muranov kabi ko’plab olimlar turli darajada ishlar olib bordilar.

Pedagog olimlardan N.Shodiyev, R.H.Jo’rayev, U.Nishonaliyev, N.Sayidahmedov, P.T.Magzumov, Ya.Haydarov, N.Muslimov, E.Choriyev, O’.K.Tolipov, X.Sobirov, O.Abduquddusov, Sh.Sharipov va boshqalar bo’lg’usi mehnat ta’limi o’qituvchisining turli xil faoliyatining xilma-xil sohalarini tatqiq qildilar. Masalan, N.Shodiyev - bo’lg’usi mehnat ta’limi o’qituvchilarining maktabda kasb tanlash ishlariga rahbarlikka tayyorlash, N.Sayidahmedov esa - talabalarni ishlab chiqarish mehnatiga tayyorlash, U.Nishonaliyev esa - mehnat ta’limi o’qituvchisi shaxsiyatining shakllanishi, N.Muslimov - bo’lg’usi kasb ta’limi o’qituvchisi faoliyatini yoritish, S.S.Bulatov – amaliy bezak san’ati, Q.Qosimov – ganchkorlikning xususiyatlarini yoritish bilan shug’ullandilar. Ammo, bo’lg’usi mehnat ta’limi o’qituvchilarini pedagogik faoliyatga tayyorlash ishining rang-barangligi hamda mazkur o’qituvchilarning faoliyatiga qo’yilayotgan ijtimoiy buyurtmaning davr sharoitiga mos holda uzviy ravishda yangilanib turishi, bo’lg’usi mehnat ta’limi o’qituvchilarning umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi mehnat ta’limi Davlat ta’lim standarti (DTS), o’quv reja, dasturlari bilan ishlashida kelib chiqayotgan murakkabliklar, mazkur ta’limning moddiy, xomashyo ta’minotiga muhtojligi, amaliy fanlardan ekanligi bizga ilmiy tadqiqot ishi mavzusini quyidagicha tanlashga imkon yaratdi:

Yuqoridagi tahlillarimiz hamda pedagogik institutlarida malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayoni tahlili va mazkur yo'nalishni takomillashtirish borasidagi mavjud amaliy ish tajribalarimiz natijalari amaliy san’at bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashda kompyuyer texnologiyalarini foydalanish nihoyatda muhimligi va samarali ekanligini ko'rsatdi:

- o'qitishning har bir bosqichidagi ya'ni o'quv rejasidagi har bir fanlar bloklarida ta'lim mazmunini (o'quv rejasi va dasturi, o'quv rejasidagi fanlar bloklari va ularning uzviyligi hamda uzluksizligi, uslubiy ko'rsatma va tavsiyalar) ni aniqlab olish;

- O’zbekistonda naqqoshlik san’ati va yetakchi naqqoshlar tarixi va rivojlanishi o’rganish;



- Naqsh atamalari va turlari, naqqoshlikda foydalaniladigan materiallar va asboblarning tuzilishi, ishlatilish sohalarini aniqlash;

- Kompyuter texnologiyalari – ta’lim samaradorligini oshirishning eng sifatli bosqich jarayoni ekanligini o’rganib chiqish;

- Kompyuter texnologiyalaridan foydalanib madohil va girih naqshlarini chizish bosqichlarini o’quvchilarga o’rgatish usul va uslublarini ishlab chiqish;

- o'qitishning eski usul va uslublaridan asta -sekinlik bilan voz kechish, yangi innovatsion uslublarni qo'llash imkoniyatini bilish va yaratish;

- fan mavzusini kengroq tushunish va xayotimizning turli jabhalarida (umumiy o'rta ta'lim, kasb-hunar ta'limi, ilmiy - tadqiqot faoliyati, ishlab chiqarish va hokazo) larida amaliyotga qo'llash yuzasidan qo'shimcha ma'lumotlar tayyorlash;

- o'quv jarayonida talabalarning izlanuvchanlik, qiziquvchanlik xususiyatlarini oshirish maqsadida fanning mavzusiga kiritish uchun qo'shimcha ravishda vaziyatli (muammoli) matnlar, amaliy ish topshiriqlari, ko'rsatmali ma'lumotlar uchun stend, test -savollari tayyorlash;

- amaliy san’at mutaxassislarini tayyorlashda o'rganiladigan naqshlar ketma-ketligi aniqlanib, ulardan oxirgi maqsadga erishish uchun foydalana olish va shu kabilar;

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tadqiqot mavzusini Naqsh kompozisiyalarini kompyuter texnologiyalari asosida tuzishni takomillashtirish deb nomladik.





Download 2.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Download 2.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jabborov qobil latifovich naqsh elimentlarini kompyuter texnologiyalari asosida tuzishni takomillashtirish

Download 2.64 Mb.