Jamoat transportini rivojlantirishdagi ustuvor yo ’nalishlar




Download 372.82 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.03.2024
Hajmi372.82 Kb.
#170148
Bog'liq
Jamoat transportini rivojlantirishdagi ustuvor yo
9-sinf 2-bilet yechimlari, zamonaviy avtomobillarda qo\'shimcha yangi tizimlar, да қайд этилган эпидемик тепки, Transformator ulanish guruhlarini aniqlash usullari, Buralish. Burovchi momentlarni hisoblash, KABEL IZOLYATSIYA TURLARI, Payvand birikmalarda kuchlanish va deformatsiya, 5.O‘zbekistonda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi, Laboratoriya ishi (SIRTQI), Kuchlanish, tok va vaqt relelari, Извлеченные страницы из A1 COURSEBOOK


Jamoat transportini rivojlantirishdagi ustuvor yo
’nalishlar 
Urbanizasiya jarayonining jadallashuvi, megapolis shaharlarning ko'payishi, 
aholi sonining o'sishi natijasida jamoat transportiga bo'lgan talab va ehtiyoj yil 
sayin oshib bormoqda. Bu esa, o'z navbatida, jamoat transporti xizmati sifatini 
oshirish, madaniyatini yuksaltirish, uni bugungi davr va sharoitga 
moslashtirishni taqozo etmoqda. Prezidentimiz soha mutasaddilari oldiga 
jamoat transportini tubdan isloh etish, mamlakatimizning tuman va 
shaharlarida jamoat transportini rivojlantirish, hududlarning unga bo'lgan 
ehtiyojini qondirish, transport infratuzilmasini tashkil etish, transport-logistika 
masalalariga ilmiy jihatdan yondashish, xususan, xorijiy tajribani o'rganish, 
sohaga zamonaviy kadrlarni tayyorlash va jalb etish vazifalarini qo'ydi. Ana 
shunday vazifalardan kelib chiqib, Toshkent davlat transport universiteti 
mutaxassislariga jamoat transportining bugungi holati, xalqaro tajriba, 
sohadagi mavjud muammolar, ularning echimiga ilmiy yondashuv, ta'lim 
dargohida malakali mutaxassislar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan 
chora-tadbirlar xususidagi savollar bilan murojaat qildik. 
Tuyg'un QODIROV, iqtisod fanlari nomzodi, dosent: 
— Tahlillar bugungi kunda jamoat transportidan samarali foydalanish bilan 
bog'liq bir qator muammolar o'z ilmiy echimini kutayotganini ko'rsatmoqda. 
Jumladan, aholiga xizmat ko'rsatuvchi transport vositalari parkini yangilash va 
ulardan foydalanish darajasini oshirish, yo'lovchi tashish xarajatlari va 
avtomobillarni ishlatish ko'rsatkichlari o'rtasida oqilona mutanosiblik o'rnatish, 
jamoat transportidan foydalanish tariflarining asossiz o'sib ketishiga yo'l 
qo'ymaslik kabi muhim masalalar shular jumlasidandir. 
Respublikamiz hududi keng, aholi soni ortishi asnosida ular istiqomat qiluvchi 
katta-kichik punktlar soni ham tobora ko'payib boryapti. Oldimizda aholi 
punktlarini tuman va shahar markazlari bilan bog'lovchi yangi yo'nalishlar 
tashkil etish, yo'nalishlarda yo'lovchilar oqimi va ekspluatasiya sharoitiga mos 
harakat 
tarkibini 
shakllantirish 
kabi 
vazifalar 
turibdi. 
Shuningdek, 


yo'lovchilarga qulaylik yaratish, tashish va texnik xizmat ko'rsatish 
jarayonlarini qamrab oluvchi tezkor axborot tizimini shakllantirish, aholini 
belgilangan yo'nalishlarda yo'l infratuzilma ob'ektlari bilan ta'minlanganlik 
darajasini oshirish hamda yo'lovchi transporti xizmati ko'rsatuvchi korxonalar 
xodimlari malakasini oshirishni yanada takomillashtirish zarur. 
Transport universitetida mazkur muammolar echimiga qaratilgan ilmiy tadqiqot 
ishlari bazasi shakllantirilgan. Professor-o'qituvchilar va tadqiqotchilar 
tomonidan tizimli ilmiy ishlar amalga oshirilmoqda. 
Bugungi kunda ilg'or mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, yirik shaharlar va 
ularning aglomerasiyasi, chekka aholi punktlarini tuman markazlari bilan 
bog'lovchi jamoat transporti yo'nalishlarini ochishda davlat va xususiy sheriklik 
amaliyotini keng joriy etish lozim. Masalan, qishloqlar bilan tuman markazini 
bog'lovchi yo'nalishlarni ochishda harakatdagi tarkibni xarid qilish, yo'nalish 
bo'ylab bekatlar va boshqa infratuzilma ob'ektlarini ishga tushirish, ularni 
axborot ekranlari bilan jihozlashni kichik biznes vakillariga ma'lum bir imtiyozli 
shartlarda berish yo'lovchilarga o'z vaqtida va sifatli transport xizmati taqdim 
etishni ta'minlaydi. 
Bu 
borada 
bir 
guruh 
tajribali 
professor-o'qituvchilar 
tomonidan 
tayyorlanayotgan “Davlat va xususiy biznes sherikligi asosida tuman (shahar) 
jamoat transportini rivojlantirish dasturini
ng raqamlashtirilgan modeli” 
mavzusidagi yirik loyiha yakuniga etay deb qoldi. Loyiha dasturiy ahamiyatga 
ega bo'lib, u respublikamizning barcha qishloqlari bilan tuman markazlari 
o'rtasida jamoat transporti faoliyatini yo'lga qo'yishni maqsad qilgan. Ushbu 
dasturni amalga oshirish asnosida to'liq xususiy kapitalni jalb etish orqali 1000 
ga yaqin yangi yo'nalishlarni ochish va mavjudlarini optimallashtirish hisobiga 
20 mingdan ortiq yangi ish o'rni tashkil etish imkoniyati paydo bo'ladi. 
Qishloqlarda jamoat transporti ahamiyatini oshirish hisobiga har bir 
yo'nalishga investorlarni jalb qilishga erishish mumkin. Yangi ochiladigan 
barcha 
yo'nalishda 
tashish 
jarayoni 
yagona 
elektron 
platformada, 


avtomatlashtirilgan tarzda tashkil etiladi. Yo'lovchilar uchun mobil` ilovalar, 
aqlli (smart) bekatlar, mahalliy operatorlarning o'zaro autsorsing, insorsing 
operasiyalarini tezkor amalga oshirish platformalari operatorlar faoliyati, 
xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilaydi, baholash jarayonida korruptsiya va inson 
omili ta'sirini bartaraf qiladi. Eng muhimi, yo'lovchilarga kerakli hajmda, 
hamyonbop, kafolatlangan va sifatli transport xizmati ko'rsatishni ta'minlaydi. 
G'affor SAMATOV, Toshkent davlat transport universiteti kafedra mudiri, 
iqtisod fanlari doktori, professor: 
— Davlatimiz rahbari tomonidan Toshkent davlat transport universiteti 
faoliyatini sohadagi islohotlar bilan uyg'unlashtirish, professor-o'qituvchi va 
talabalarni bu jarayonga keng jalb etish bo'yicha ko'rsatma berilgani bu 
borada amalga oshiriladigan ishlarga yanada mas'uliyat bilan yondashishni 
talab etadi. 
Shu o'rinda sohaga malakali kadrlar tayyorlash masalasi xususida alohida 
to'xtalib o'tmoqchiman. Oliy o'quv yurtimizdagi “Transport logistikasi” kafedrasi 
bugungi kunda nafaqat universitet, balki respublika miqyosida ham yo'lovchi 
transporti logistikasi, shu jumladan, jamoat transporti faoliyatini tashkil etish 
yo'nalishida oliy ma'lumotli ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlovchi baza 
hisoblanadi. 
Universitetimizda joriy yilda “Logistika” ilmiy-o'quv markazini tashkil etish 
rejalashtirilgan. Markaz o'zining ilmiy va o'quv faoliyatida chet mamlakatlar va 
respublikamizdagi 
ilg'or 
logistika 
ilmiy 
maktablari, 
etakchi 
logistika 
kompaniyalarining ko'p yillik tajribasi va yutuqlariga tayanadi. 
Markaz tarkibida virtual logistika va raqamli texnologiyalar (alohida 
komp`yuterli sinf va dasturiy ta'minotlar), 3D logistika, yuk va yo'lovchi tashish 
jarayonida innovasion texnologiyalarni qo'llashni faollashtirish maqsadida 
laboratoriyalar tashkil etiladi. Markaz vositasida universitetning davlat va 
mahalliy hokimiyat hamda yirik xo'jalik boshqaruvi organlari bilan jamoat 
transporti infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ishlab chiqiladi. 


Yo'lovchi transporti logistika klasterlari va ekotizimlarini shakllantirish va 
boshqarish bo'yicha loyihalarni ishlab chiqish hamda ekspertizadan o'tkazish, 
yuk va yo'lovchi transporti faoliyati uchun axborot resurslarini yaratish va 
qo'llab-quvvatlash, transport logistikasini rivojlantirishga doir qonunchilik 
tashabbuslari bilan chiqish, transport logistikasida strategik qarorlarni qabul 
qilish uchun tashish tannarxi, tariflar, valyuta parametrlari o'zgarishiga 
moslashuvchan transport muhitini yaratish bo'yicha prognozlarni tayyorlash 
zimmamizdagi dolzarb vazifalardir. 
Botir ABDULLAEV, texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dosent: 
— Yirik shaharlarda transport oqimi yuqori bo'lishi hisobiga tirbandlik vujudga 
keladi. Bu esa avtobuslarning belgilangan qatnov jadvalidan chiqib ketishiga, 
harakat intervalining buzilishiga, bekatlarda yo'lovchilarning kutib qolishiga 
sabab bo'ladi. 
Bunday holatlarda, tabiiyki, rivojlangan mamlakatlar tajribasiga murojaat 
qilinadi. 
Muammolarning 
echimi 
sifatida 
hozirgi 
kunda 
rivojlangan 
davlatlarning yirik shaharlari, masalan, Kuritiba (Braziliya), Istanbul (Turkiya), 
Manxetten (AQSH) va boshqa shaharlarda “BRT” (Bus rapid transit — 
Tezyurar avtobus) tizimi keng qo'llanilmoqda. 
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi qarorida Toshkent shahrining 
Farg'ona yo'li ko'chasida tezkor avtobus qatnovini tashkil etish maqsadida 
tajriba tariqasida maxsus yo'lak (BRT)ni amalga oshirish yuzasidan eng 
yaxshi takliflarni tanlab olish, 20 ta zamonaviy elektrobus va ularni quvvatlash 
uskunalarini xarid qilish belgilangan. Bunday tizimning qator afzallik jihatlari 
mavjud. Birinchidan, avtobus alohida yo'lda harakatlangani sababli tirband 
holat yuzaga kelmaydi, ikkinchidan, haydovchi yo'lkira to'plash uchun 
chalg'imaydi. Chunki yo'lkira oldindan amalga oshiriladi: yo'lovchi unga 
bekatdan turniket orqali chiqadi. 


“BRT” tizimini qo'llash jamoat transporti jozibadorligini, ish samaradorligi va 
ishonchliligini 
oshiradi, 
transport 
tirbandligi, 
shovqin, 
atrof-muhitga 
chiqariladigan zaharli gazlar miqdori, yonilg'i sarfini kamaytiradi. 
Ammo shuni aytib o'tish kerakki, “BRT” tizimini shaharning barcha 
ko'chalarida qo'llab bo'lmaydi. Mazkur tizimni qo'llashda yo'lning qatnov qismi 
kengligi, undagi transport vositalari harakati jadalligi, vujudga kelishi mumkin 
bo'lgan transport tirbandligi, yo'lovchilar oqimi kabi ko'rsatkich va omillar asos 
qilib olinadi. “BRT” tizimi yo'lovchilar, transport vositalari, piyodalar oqimi 
harakati yo'nalishi, jadalligi, tezligiga ta'sir ko'rsatadigan darajadagi yirik loyiha 
hisoblanadi. SHu bois, mazkur tizimni shahar hududining qolgan barcha 
jamoat transporti ishi bilan muvofiqlashtirish lozim. Bu, albatta, anchayin 
murakkab masala. 
Murakkabligi shundaki, yo'lovchilarning ham, transport vositalarining ham, 
piyodalarning ham harakat ko'rsatkichlariga (yo'nalishi, miqdori, tezligi va 
hokazo) yuzaga kelish mumkin bo'lgan turli ehtimolli holatlar o'z ta'sirini 
ko'rsatadi. Ya'ni, soddaroq qilib aytganda, keyingi bekatda avtobusga nechta 
yo'lovchi chiqmoqchi, ertaga qor yoki yomg'ir yog'sa, yo'nalishda yo'lovchilar 
oqimi qancha miqdorga oshadi yoki k
amayadi, “Paxtakor” stadionida xalqaro 
darajadagi futbol musobaqasi o'tkazilishi qaysi yo'nalishlarda yo'lovchilar 
sonini oshiradi, qaysi yo'nalishlarda kamaytiradi, degan savollarga maxsus 
algoritm, hisoblash modeli asosida javob topiladi. 
Transport qatnovi muammolarini hal etishda zamonaviy texnologiyalar muhim 
o'rin tutadi. Ilgari jahon tajribasida megapolis shaharlarda har 10 yilda 
yo'lovchilar oqimi o'rganilar edi. Hozirgi kunda bunga deyarli hojat qolmadi. 
Chunki jamoat transporti uchun yagona to'lov kartalarining joriy etilishi mazkur 
muammoga echim bo'lmoqda. Ma'lumki, Toshkent shahrida jamoat 
transportining bir nechta turi uchun yagona to'lov kartasi joriy etilmoqda. Bu, 
o'z navbatida, yo'lovchilar oqimi, yo'nalishi, hajmi va boshqa ko'rsatkichlarni 
vaqt kesimida (onlayn) aniqlash imkonini yaratadi. Buning natijasida jamoat 
transporti ishini rejalashtirish osonlashadi. 


Mazkur tizim ishga to'liq tushganidan so'ng shaharni transport bilan 
yuklanganlik darajasini hududlar kesimida bir maromda taqsimlanishiga 
erishish, ya'ni yo'lovchilar oqimini boshqarish imkoniyati paydo bo'ladi. “Qizil”, 
“sariq”, “yashil” hududlar bo'yicha alohida tariflar joriy etish, yo'lkirani 
shaharning markaziy qismi uchun qimmatroq, markazdan chetlashgan sari 
arzonroq qilish mumkin. 
Ko'pchilik shahar va qishloqlarda yo'lovchi transporti qatnovini yaxshilash 
haqida so'z ketganda, albatta, velosipeddan foydalanish bo'yicha ham 
gapiriladi. Chunki u har tomonlama foydali va samarali transport vositasi 
sanaladi. 
Dunyodagi bir qator ilg'or mamlakatlarda jamoat transportini rivojlantirishda 
velotransport tizimi yo'lga qo'yilgan. Xorijdagi ana shu ilg'or velotransport 
infratuzilmasining rivojlanish tajribalarini tahlil qilish va ularni mamlakatimiz 
amaliyotida qo'llash dolzarb hisoblanadi. 
Muxtasar aytganda, jamoat transportini rivojlantirish keng qamrovli masala 
bo'lib, u bir vaqtning o'zida ham ilmiy, ham amaliy jihatdan yondashuvni talab 
etadi. Videoselektor yig'ilishida davlatimiz rahbari bergan ko'rsatma va chora-
tadbirlarni tez va sifatli amalga oshirish yaxshi samara berishi, shubhasiz. 

Download 372.82 Kb.




Download 372.82 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jamoat transportini rivojlantirishdagi ustuvor yo ’nalishlar

Download 372.82 Kb.
Pdf ko'rish