• Tayanch iboralar: Geografik o`rni, chegaralari, maydoni, tabiiy sharoiti, resurslari, sanoati, qishloq xo`jaligi, shaharlari.
  • Janubiy qozog’iston iqtisodiy rayoni Reja




    Download 19.58 Kb.
    Sana10.04.2017
    Hajmi19.58 Kb.
    #3916

    Aim.uz

    Janubiy qozog’iston iqtisodiy rayoni

    Reja:

    1. Janubiy Qozog`iston iqtisodiy rayonining geografik o`rni, chegaralari, maydoni.

    2. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari.

    3. Sanoati.

    4. Qishloq xo`jaligi.

    5. Shaharlari.


    Tayanch iboralar: Geografik o`rni, chegaralari, maydoni, tabiiy sharoiti, resurslari, sanoati, qishloq xo`jaligi, shaharlari.

    Janubiy Qozog’iston-Olma-ota,Toldiqo’rg’on,Jambil,Janubiy Qozog’iston va Qizilo’rda viloyatlarini o’z ichiga oladi. Maydoni 712,62 ming km kv.Aholisi 636,3 ming kishi.Janubiy Qozog’iston respublikasida iqtisodiy jihatdan rivojlangan rayonlardan biridir.Ixtisoslashuviga ko’ra iqtisodiy rayon qo’shni Orta Osiyo respublikalarini eslatadi.Ushbu rayon respublikadagi sug’orma dehqonchilikka asoslashgan texnika ekinlari (paxta,qand lavlagi,tamaki) va don ekinlaridan sholi,makkajo’xori,bog’dorchilik va uzumchilik,qo’ychilik rivojlangan rayon hisoblanadi. Shu bilan birgalikda Janubiy Qozog’iston Respublikasidagi og’ir sanoatning koni qayta ishlash tarmoqlari rivojlangan rayonlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy rayon oziq-ovqat va yengil sanoat mahsulotlarining ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi o’rinni egallaydi.

    Geografik o’rni, tabiiy sharoiti, resurslari Janubiy Qozog’istonga Orol ko’lidan Jung’oriya Olatoviga, Balxashdan Betpaqdalagacha qadar bo’lgan juda katta bo’lgan hudud qaraydi. Iqtisodiy rayon g’arbdan sharqqa tomon deyarli 200km ga, shimoldan janubga tomon 700 km ga cho’zilgan.

    Revolyutsiyadan keyingi yillarda Janubiy Qozog’iton bo’ylab temir va avtomobil yo’llari o’tkazilishi, iqtisodiy rayonning rivojiga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiy rayon hududi bo’ylab o’tkazilgan temir va avtomobil yo’llari quvur transporti, ushbu iqtisodiy rayonni Respublikaning boshqa iqtisodiy rayonlari hamda O’rta Osiyo Respublikalari bilan chambarchas bog’laydi.

    Janubiy Qozog’istonning tabiiy sharoiti rang-barangligi bilan ajralib turadi. Bu yerda rayon egallab turgan maydonning 80% cho’llardan iborat.Rayonning bir qismi ya’ni Shimliy Tyanshan,Jung’oriya Olatovi tog’-oldi rayonlari yetarlicha namlikka ega ekanligi bilan ajralib turadi.Tog’larning baland tog’ qismi subalp va alp o’tloqlaridan iborat bo’lib, asosan yozgi yaylov sifatida foydalaniladi.

    Iqtisodiy rayon iqlimida issiq davrning uzoq davom etishi,ijobiy haroratning kattaligi,quyoshli kunlarning bo’lishligi bilan ajralib turadi.Iqlimning bunday kelishi iqtisodiy rayonlarda issiqsevar ekinlarni yetishtirish imkoniyatini beradi.Iqtisodiy rayonning qismida 250mm, tog’ oldi rayonlarida 400 mm yog’in tushadi.Bu shuni ko’rsatadiki,iqtisodiy rayonning asosiy qismida dehqonchilikning sun’iy sug’orish asosida amalga oshirish mumkin.Shu sababli Janubiy Qozog’istonda daryolar sug’orish manbai sifatida juda katta ahamiyatga ega.Bundan tashqari iqtisodiy rayonda daryolar katta energetik quvvatga ham ega hisoblanadi.

    Janubiy Qozog’iston juda katta mineral xom-ashyo resurslariga ega.Bu yerda Qoratovda polimetall va fosforitlarning juda katta zahiralari mavjud.Polimetall rudalari Jung’oriya Olatovida ham uchraydi.Orol dengizida sulfat va osh tuzlari Sastena rayonida-ohaktosh, Turkiston rayonida-gips va sement sanoatining xom ashyosi tarqalgan.

    Aholining soni jihatidan Janubiy Qozog’iston respublikasida birinchi o’rinni egallaydi.Bu yerda respublika aholisining 38% i yashaydi.Aholi zichligi 1 km kv ga 9 kishini tashkil qiladi.Aholining asosiy qismi Tyanshan,Jung’oriya Olatovi,Qoratovning tog’ oldi rayonlaridan Sirdaryo vodiylarida zich joylashgan. Balxashbo’yi, Muyunqum, Betbaqdala, Orolbo’yi Qoraqumi va Qizilqumi hamda rayonning baland qismida aholi juda siyrak. Ushbu rayonllarda aholi zichligi 1kv km ga 2-4 kishini tashkil qiladi.

    Revolyutsiyadan keyingi yillarda iqtisodiy rayonida shahar aholisining salmog’i 5 barobardan ziyod o’sdi,shunga qaramasdan faqat keyingi yillarda shahar aholisining salmog’i qishloq aholisi salmog’iga nisbatan biroz ortdi.

    Janibiy Qozog’istonda shahar aholisining o’sishi ehg avvalo qadimgi Olma-ota, Shimkent, Jambil,Qizilo’rda kabi shaharlari kabi aholisining ko’payishi asosida yuz berdi.Shu bilan birgalikda keyingi yillarda Takali, Kehtov, Kapchig’oy, Aralsulbfat kabi shahar tipidagi manzilgohlar ham tarkib topdi.

    Janubiy Qozog’iston aholisi XIX asrda asosan ko’chmanchi chorvachilik bilan shug’illanganlar.Bunga cho’l,adir va tog’ yaylovlarining bir-biriga yaqin joylashganligi katta ta’sir ko’rsatadi/Iqtisodiy rayonda qisman sug’orma dehqonchilik bilan ham shug’ullanganlar.Sug’orma dehqonchilik Aris,Keles,Talas daryolari vodiylarida rivojlangan. Shu davrda sanoat asosan qishloq xo’jaligi sanoatini qayta ishlaydigan tarmoqlaridan,ya’ni paxtani,jun va terini qayta ishlovchi tarmoqlardan iborat.Kattaroq jun gazlama to’qiydaigan fabrikalar Qrag’anda,pivo pishirish va tamaki zavodlari Verniy(hozirgi Olma-ota)shaharlarida mavjud edi.

    Revolyutsiyadan keyingi yillarda Janubiy Qozog’iston xo’jaligida tub burilish yillari bo’ldi. Bu yerda Turkiston-Sibir temir yo’li o’tkazildi.Toldiqo’rg’on,Janubiy Qozog’iston va Jambil viloyatlarida irrigatsiya ishlari avj oldi.Qoratovda fosforit qazib olina boshladi. Iqtisodiy rayonda og’ir,yengil va oziq=ovqat sanoat tarmoqlari tarkib topa boshladi.

    Janubiy Qozog’iston xalq xo’jaligidaog’ir sanoat rivojlanishida juda katta o’zgarishlar yuz bergan bo’lishiga qaramasdan,baribir bu yerda agrosanoat majmui maxsulotlari asosiy o’rinni egallaydi.Iqtiodiy rayon agrosanoat majmuasi 2 ya’ni dehqonchilik industrial va chorvachilik industrial yo’nalishiga ega.Shu bilan birgalikda iqtisodiy rayonda metallurgiya, tog’-kimyo va mashinasozlik sanoat tarmoqlari ham yaxshi rivojlangan.

    Janubiy Qozog’iston dehqonchilik-industrial sikl texnika ekinlari –paxta,qanq lavlagi yetishtirishga asoslanadi.Ushbu texnika ekinlarini yetishtirish uchun iqtisodiy tayonda Kirov, Aris, Turkiston, Talas-Arue,Qoratov kabi kanallar qazib ishga tushiriladi.Sug’oriladigan yerlarda sholi,qisman bug’doy,arpa va makkajo’xori ham yetishtiriladi.Sug’oriladigan yerlarda sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish ham keng tarqalgan.Shu asosida bu yerda qand-shakar meva konserva zavodlari,paxtani tozalash,moy ishlab chiqarish,ip-gazlama va trikotaj fabrikalari ishlaydi.

    Chorvachilik industrial sikl go’shtni va terini qayta ishlash tarmoqlaridan iborat.

    Janubiy Qozog’istonda metallurgiya sanoati Qoratov,Jung’oriya Olatovidan polimetall rudalari va fosforitlarni qazib olishga asoslangan.Bu yerda qazib olingan ruda Shimkent qo’rg’oshin zavodiga kelib tushadi.Rux aralahsmasi esa eritish uchun Ust-Kominagorsk shahriga yuboriladi. Tog’-kimyo sanoati tarmoqlari ichida janubiy Qozog’istonda Qoratovdan fosforitlar qazib olish va shu asosida Jambil superfosfat zavodida mineral o’g’it ishlab chiqarishga asoslanadi.

    Iqtisodiy rayonda mashinasozlik sanoati keltirilgan xom ashyo asosida ishlab asosan qishloq xo’jaligiga xizmat qiladi,ya’ni qishloq xo’jaligi uchun kerakli asbob-uskunalar ishlab chiqaradi.

    Iqtisodiy rayonda qurilish materiallari sanoati kuchli rivojlangan.Bu yerda ayniqsa qurilish materiallari ichida sementni ishlab chiqarish yangi yo’lga qo’yilgan.Iqtisodiy rayonning energetik asosini Qopchig’ay GES i va chordara gidrouzeli va uncha katta bo’lmagan IES tashkil qiladi.Iqtisodiy rayonda eng katta Jambil GRES iO’zbekistondan kelgan gaz asosida ishlaydi.Januibiy Qozog’iston energetikasi To’xtag’ul GES i orqali Orta osiyo energiyasi sistemasi bilan bog’langan.

    Janubiy Qozog’istonda uchta yiril va bir nechta kichik sanoat tugunlaro tarkib topgan. Shulardan eng yaxshi tarkib topgan sanoat tuguni Olma-ota sanoat tuguni hisoblanadi.Ushbu sanoat tuguni aholi uchun keng iste’mol molarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.Sanoat tugunidagi yirik korxonalardan ip gazlama va jun-gazlama fabrikalari hisoblanadi.

    Og’ir sanoat tarmoqlaridan sanoat tugunida metallga ishlov beradigan stanoklar ishlab chiqaradigan, shaxtalar uchun, metallurgiya zavodlari uchun, elektor stanstiyalar va aloqa tarmoqlari uchun asbob-uskunalar ishlab chiqaradigan zavodlar ishlaydi.

    Qoratov-Janubiy ishlab chiqish majmuasi asosan fosforot tuzi qazib olishga asoslangan.Kelajakda Qoratov fosforit asosida o’g’it ishlab chiqarish fosforli qazilma, ikkilamchi fosfor ishlab chiqarish rivojlangan.

    Shimkent-Qoratov sanoati tuguni-qo’rg’oshin rudalarini qazib olish uni eritishga, fosforit tuzlarini qazib olish,sement ishlab chiqarish, formaseftika mahsulotlarini ishlab chiqarishga asoslanadi.

    Toldiqo’rg’on, Qizilo’rda,Orol sanoat tugunlari uncha katta ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lmag’n sanoat tugunlari hisoblanadi.

    Janubiy Qozog’istonda 65 dan ortiq shaharlar va shahar tipidagi manzilgohlar uchraydi. Respublikaning boshqa iqtisodiy rayonlaridan farq qilib,bu yerda qadimgi shaharlar birgalikda yangi shahar ham keng rivoj topgan.Bu yerda yangitdan tarkip topgan shaharlar ham qazilma boyliklarini ishga tushirishgan joylarda,qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan, elektr ehergiyasi hosil qiladigan yangi shaharlar tarkib topdi.Shu bilan birgalikda iqtisodiy rayon hududida qadimgi karvon yo’llari o’tgan joylarida shaharlar mavjud.Bularga Jambil, Shimkent kabi shaharlar misol bo’la oladi.

    Janubiy Qozog’istondagi shahar tipidagi manzilgohlar uchun o’ziga xos xususiyatlardan biri ularning aksariyat qismi daryo konuslarida ya’ni daryolarning tog’dan tog’ oldi rayonlarida yaqin joylarda joylashgan.Chunki bunday joylar eng avvalo tekislikdan iborat bo’lib, shaharlarning kegayishi uchun qulay bo’lsa,ikkinchidan daryo konuslarida yer osti suvlaridan aholining suv ta’minotida foydalanish qulaydir.

    Respublikadagi eng katta shaharlardan biri Olma-ota shahri bo’lib,uning aholisi 1 mln.128 ming kishiga teng.Shahar 1997-yilga qadar Qozog’iston respublikasining poytaxti bo’lgan shahar.Zaili,Olatog’tov oldida dengiz sathidan 750-880 m balandlikda,katta va kichik Olma-ota daryolarining konuslarida joylashgan.

    Shahar 1854 -yilda G’arbiy Istiqlol sifatida tarkib topgan bo’lsada,uning tarkip topishi qadimgi ipak yo’liga borib taqaladi.XIII asrda shahar manzilgohlari tomonidan xonavayron qilindi.

    1855 -yilda harbiy istehkom deb hisoblangan Olma-ota qdimgi Verniy shahriga qozoqlar hamda Sibir va Rossiya Yevropa qismlaridan ko’chib kelganlar o’rnashib oladilar.1921 -yildaVerniy, Olma-ota sahri nomini oldi.1929 -yilda respublika Qizilo’rdadan olma-otadan ko’chirildi.Shu davrdan boshlab shahar nafaqat sanoat balki fan va madaniyat o’chog’i sifatida rivojlana boshladi.

    Hozirgi Olma-ota shahri respublikadagi eng yirik sanoat markazi hisoblanadi shahar sanoatida oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari asosiy o’rinni egallaydi va ular shahar sanoati mahsulotining 70% i yetkazib beradi.Shahardagi oziq-ovqat sanoati korxonalari ichida go’sht va meva sanoat konserva sanoati korxonalari asosiy o’rinni egallaydi.Yengil sanoati korxonalari mahalliy va keltirilgan xom ashyolar asosida ishlaydi.Bu yerda ip-yigiruv, trikotaj, tikuvchilik,poyavzal fabrikalari keng tarqalagan.Yengil sanoat korxonalari ichida eng katta quvvatga ega bo’lgan Olma-ota ip-yiguruv kombinati hisoblanadi.

    Shahardagi og’ir sanoati korxonalari mashinasozlik,remont,mexanika zavodlaridan tashkil topgan.Shular ichida eng kattasi og’ir mashinasozlik zavodi hisoblanadi.Ushbu zavod domna peshlari uchun jihozlar po’lat,mis va alyuminiy simlari quvurlar ishlab chiqarish uchun kerakli stanoklar ishlab chiqaradi.Shaharda vagon va avtomabillarni ta’mirlaydigan zavodlar, qishloq xo’jaligi mashinalari uchun zapas qismlar ishlab chiqaradigan zavodlar joylahsgan.Shaharda ehergiya bilan ta’minlashda issiqlik elektr stansiyalari,Ili daryosida qurilgan Qopchig’ay GES i asosiy o’rinni egallaydi.

    Olma-ota-yirik fan va madaniyatmarkazi.Bu yarda Respublika Fanlar Akademiyasi yaqin oliy dargohlar,shuncha o’rta maxsus bilim yurtlari,kutubxonalar,teatlar mavjud.

    Shimkent (aholi 393 ming kishi)Janubiy Qozog’istn viloyatning markazi.Ugom tog’ining tog’ etaklarida joylashgan.Shahardan Aris-jambil-Olma-ota temir yo’li o’tadi.Hsahar XXI asrda O’rta Osiyo va Xitoy savdo yo’li ustida tarkip topgan.

    XIX asr oxirlarida Qo’qon xonligi tarkibiga kiradi va 1864 -yilda ruslar tomonidan bosib olininadi.

    Shahardagi asosiy sanoat korxonalaridan Jambil qo’rg’oshin zavodi hisoblanadi.Bundan tashqari shaharda kimyo-farmaseftika fabrikasining dong’i respublikaning boshqa rayonlariga ham ketgan.Bu yerda paxta tozalash,moy ekstrasiya zavodi,ip-gazlama fabrikasi qorako’l terilarni qayta ishlaydigan,meva konserva zavodlari mavjud.Shaharda Respublikadagi eng katta sement zavodi mahalliy xom ashyo asosida ishlaydi.Shaharda kimytexnaloyiya instituti,pedinstitutlar va o’nlab o’rta maxsus,o’rta va professional texnika bilim yurtlari joylashgan.

    Turkiston (78 ming aholi yashaydi)Qoratovning shimoliy-g’arbiy qismidagi tog’ oldi rayonida joylashgan.

    Turkiston shahri dastlab Hazrat keyinchalik Yasi deb atalgan.Shahar Samarqand-Buxoro-Xiva va Volgabo’yi,Shimoliy Qozog’iston va Sibir chiqadigan karvon yo’lidatarkip topdi.1906 -yilda shahar orqali Orenburg-Toshkent temir yo’li o’tdi.

    Hozirgi kunda shaharda paxta tozalash,moy ishlab chiqaradigan ta’mirlash-mexanika va chorva mollari uchun ozuqa va antibiotiklar ishlab chiqaradigan zavod va fabrikalar joylashgan.

    Shaharning diqqatga sazovor joylaridan biri Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi bo’lib u XIX asr oxiri XV asr boshlarida qurildi.Maqbara 1397 -yilda Turkiston borgan Amir Temurning farmoyishi asosida qurildi.Turkiston shahrida Janubiy-sharqda qadimgi Otrar shahri qoldiqlari saqlanib qolgan va bu yerda 1404 -yilda Xitoydanqaytish chog’idaAmir Temur ham vafot etgan.

    Shaharda 1991 -yildaturkiston masjidlari uchun oliy ma’limotli kishilar tayyorlanadigan diniy universiteti ochildi.Ushbu universitetda nafaqat Qozog’iston Respublikasi yoshlari ta’lim olibgina qolmasdan balki butun O’rta sharq mamlakatlaridan yoshlar ta’lim oladilar.

    Jambil(307 ming aholi yashaydi)Talas darosiningkonusida joylashgan.Respublikadagi qadimgi shaharklardan biri hisoblanadi.Shahar IX asrdan boshlab Traznomi bilan mashhur. Ushbu shahar”Buyuk ipak yo’li”datarkib topgan shaharlardan biridir.

    Mongol iste’molchilari davrida shahar butunlay buzib tashlandi va u XV-XIX asrlardan boshlab yana shahar qaytadan tilandi.Qo’qon xonligi davrida shaharda bir qancha qal’alar quriladi va shu qal’alar atrofida Avliyo-Ota shahri tarkib topadi.

    1864 -yilda ruslar tomonidan Avliyo-ota bosib olinadi va uning yonida yangi shahar qad ko’taradi.

    Hozirgi Jambil shahri yirik sanoat va transport markazi hisoblanadi.Shaharda sanoatning rivojiga Talas Olatovi vodiysida qand lavlagining ekilishi katta rol o’ynaydi. Bundan tahshqari shaharda qoratov fosforitini qayta ishlash ishlarining amalga oshirilishi ham bu yerda sanoat korxonalarining rivojiga olib keladi.shaharda oziq-ovqat,yengil va kimyo sanoatining yirik korxonalari joylashgan.

    Toldiqo’rg’on (110 ming aholi yashaydi) Shahar XIX asrning 70- yillaridan boshlab Gavrilovka nomidagi qishloq qishloq sifatida tarkip topdi.Shaharda meva konserva zavodi, tikuvchilik va mebel fabrikalari,qurilish materiallari kombinati joylashgan.

    Shahar yaqinidagi Qirovsk,Qorabuloq manzilgohlarida qand-shakar zavodlari joylashgan.

    Qizilo’rda(153 ming aholi yashaydi)viloyat markazi.shahar qadimgi Oq-machit qal’asidan iborat bo’lib, u XIX asrning boshlarida Qo’qon xonligi tomonidan qurildiruslar Oq-Machitni bosib olgach uni Petrovsk deb atay boshladi.



    Revolyutsiyadan keyin u yana Oq-Machit nomini oldi.1925 -yildan boshlab shahar Qizilo’rda nomini oldi,chunki Qozog’iston Respublikasining poytaxti orenburg shahrida Qizilo’rdaga ko’chirilgan edi.

    Download 19.58 Kb.




    Download 19.58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Janubiy qozog’iston iqtisodiy rayoni Reja

    Download 19.58 Kb.