• Ishning dolzarbligi.
  • FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI .......61-66




    Download 3.64 Mb.
    bet2/10
    Sana13.05.2022
    Hajmi3.64 Mb.
    #21061
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tayyorgarligini oshirish pedagogik muammo sifatida
    kurs ishi tayyorlash yozish va uni himoya qilish
    FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI .......61-66 bet

    KIRISh
    Mustaqillik sharofati tufayli millat genofondini shakllantirish, sog’lom turmush tarzini kuchaytirish va barkamol avlodni tarbiyalash vositasi bo’lmish jismoniy tarbiya va sport borgan sari milliy istiqlol g’oyasining strategik quroliga aylanib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi va rahnamoligida ushbu soha qisqa vaqt ichida davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari doirasida asrlarga teng o’zgarishlar va ulkan islohotlar yo’lini bosib o’tib, buyuk istiqbol sari qanot yozmoqda.
    Respublikada aholining va o’sib kelayotgan yosh avlodning salomatligini mustahkamlashga qaratilgan bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi. Buni tasdig’i sifatida 2000 yil 27 iyuldagi “Jismoniy tarbiya va sport” to’g’risidagi qonun, Vazirlar Maxkamasining 2005 yil 25 yanvardagi “Ayollar va o’sib kelayotgan avlod sog’lig’ini mustahkamlash haqida qo’shimcha tadbirlar” to’g’risidagi 32-sonli qarori va boshqalarni misol keltirish mumkin.
    Sog’lom avlod - sog’lom yurt demakdir. Sog’lom avlodni tarbiyalash vazifasi esa birinchi navbatda maktabgacha tarbiya muassasalari zimmasidadir.
    Ishning dolzarbligi. Maktabgacha tarbiyani insonparvarlashtirish uni yangilash jarayonining asosi hisoblanadi. Olimlar, amaliyotchi mutaxassislarning tobora ko’proq qismi maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash tizimi shaxsga majmuali, insoniy ta’sir o’tkazishi, har bir bolaning muntazam va imkon qadar to’la jismoniy rivojlanish huquqi amalga oshirilishini ta’minlashi kerak, degan xulosaga kelmoqdalar.
    Bolalarni o’rab turgan muhit o’zgarib bormoqda. Oddiy, sodda o’yinlar o’rniga kompyuter o’yinlari kirib keldi. Bolani aqliy, estetik rivojlantirish ustuvorlik kasb etmoqda.
    Ularni ahamiyatini inkor etmagan holda aytish kerakki, harakatli o’yinlar, sayrlar, tengdoshlari bilan muloqot qilishga bolaning vaqti tobora kamayib ketyapti. O’yin bilan bola faoliyatining boshqa turlari, o’yinlarning har xil turlari orasidagi muvozanatning buzilishi (harakatli va o’tirib o’ynaydigan, alohida va birgalikdagi) maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligida ham, harakat qobiliyatlarining rivojlanish darajasida ham o’z salbiy aksini topadi.
    Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirish muammolarini hal etishning yangi yo’llarini izlash, birinchidan, ko’rsatilgan ziddiyatlarni hal etish zarurati bilan, ikkinchidan, o’sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy tayyorgarligi hamda psixik rivoji jarayonini takomillashtirish qonuniyatlarini, metodologik va usuliy sharoitlarini o’rganish zarurati bilan bog’liq.
    Ilk go’daklikning jiddiy xususiyati bolaning salomatligi, jismoniy va asabiy-psixik rivojlanish holatining o’zaro aloqasi va bir-biriga bog’liqligidir. Sog’lom, jismonan baquvvat bola kasalliklarga kamroq chalinish bilan birga psixik jihatdan ham yaxshiroq rivojlanadi.
    Bundan shunday fikr kelib chiqadi: maktabgacha tarbiya muassasalarida maktabga psixik va jismoniy tayyorlikning «o’tish ko’prikcha»sini yaratish kerak ekanki, birinchi sinf o’quvchisi o’quv kuni tartibi yuzaga keltiradigan jiddiy zo’riqishlarga bardosh bera oladigan bo’lsin.
    Shunga ko’ra, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismonan va ruhan sog’lomlashtirish, bolaning harakat sohasini rivojlantirish, chaqqon, kuchli, jasur bo’lishdek hayotiy ehtiyojlar asosida harakatga bo’lgan qiziqishini kuchaytirishning samarali vositalarini izlab topish dolzarb masala hisoblanadi. Mazkur muammoning echimi, bizningcha, yaxlit tarbiya jarayonini, bolaning har bir tomonlama mutanosib, jumladan, jismoniy va shaxsiy rivojini ta’minlovchi ijtimoiy-pedagogik sharoitlar birligini yaratishda. Bunda bolalarning harakat faoliyatini tashkil etishning o’yin shakllari eng qimmatli sanaladi.

    Download 3.64 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 3.64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI .......61-66

    Download 3.64 Mb.