• Tadqiqotning maqsadi
  • Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi.
  • Жисмоний тарбиянинг турли шакллари жараёнида ўқувчилар кучини ривожлантириш усулияти




    Download 3.64 Mb.
    bet3/10
    Sana13.05.2022
    Hajmi3.64 Mb.
    #21061
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tayyorgarligini oshirish pedagogik muammo sifatida
    kurs ishi tayyorlash yozish va uni himoya qilish
    Tadqiqot ob’ekti – maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash va psixik rivojlantirish jarayoni.
    Tadqiqot predmeti – jismoniy tarbiya vositalari yordamida 3-6 yoshli bolalar jismoniy sifatlari va psixik jarayonlarini maqsadli rivojlantirish mazmuni hamda usuliyati.
    Tadqiqotning maqsadi – tabaqalashtirilgan harakatli o’yinlardan maqsadli foydalanish asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonini maqbullashtirishning usuliy yo’llarini aniqlashdan iborat.
    Tadqiqotning vazifalari:

    1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlar va psixik jarayonlarni rivojlantirishning yoshga bog’liq xususiyatlari hamda dinamikasini aniqlash.

    2. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy va psixik tayyorgarligi ko’rsatkichlarining o’zaro bog’liqligidagi o’ziga hos xususiyatlarni aniqlash.

    3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy va psixik tayyorligini maqsadli rivojlantirish texnalogiyasini ishlab chiqish, tajribalar orqali asoslash.

    Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasini yo’lga qo’yish, ularning mazmuni va mashq-o’yinlarning ijtimoiy-tarbiyaviy mohiyati to’g’risida, shuningdek, oilada jismoniy tarbiyani tashkil qilish masalalari bo’yicha A.Q. Atoevning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiyommabop risolalari muhim ahamiyatga egadir. Bu muammolarga bag’ishlangan tadqiqot ishlari (H.A. Meliev, X.B. Tulenova, B.B.Ma’murov), o’quv-uslubiy qo’llanmalar maqsadli ravishda amalda qo’llanilmoqda. Bolaning asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirishning yosh dinamikasi V.S.Farfel (1957, 1959), F.G.Kazaryan (1969), L.V.Karmanova (1971), N.A.Fomin, V.P.Filin (1980) va boshqalarning ishlarida ochib berilgan. Olimlar fikricha, bola hayotining oltinchi yili kuchni (G.M.Kasatkina, 1982; V.N.Novoxatko, 1982), jumladan, tezlik-kuch qobiliyatlari hamda harakatlar tezkorligini (N.A.Notkina, 1980; M.N.Koroleva, 1985) tarbiyalashning sensitiv davri hisoblanadi. Olti yoshda mazkur sifatlarni shiddat bilan rivojlantirish qobiliyati saqlanib qoladi va umumiy chidamlilikni tarbiyalash imkoniyatlari paydo bo’ladi (N.V.Zimkin, 1956; V.G.Frolov, 1977; G.P.Yurko, A.V.Yashchenko, V.V.Beloyartseva, 1976; N.A.Notkina, 1980 va b.). T.Yu.Logvinaning (1991) fikricha, 5-6 yoshli bolalarda kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, makonda mo’ljal olish kabi sifatlar eng kuchli namoyon bo’ladi, asosan o’g’il bolalarda ushbu ko’rsatkichlar qizlarga nisbatan yuqoriroq. Etti yoshda muntazam mashg’ulotlarda harakatlar muvofiqligi etakchi sifat bo’lib qoladi (A.I.Kozlov, 1964; L.I.Penzullaeva, 1972; G.M.Kasatkina, 1982). Shuningdek, turli muvofiqlash (koordinatsiya) qobiliyatlarining eng jadal rivojlanish davri 4-5 yoshlar orasi ekanligi to’g’risida ma’lumotlar bor (T.I.Osokina, 1983; 1986; L.T.Mayorova, 1988; V.M.Zuev, 1982 va b.) Bunda harakatlarni takrorlash, tabaqalashtirish (differentsiatsiyalash) hamda ularning o’lchamalarini olish qobiliyatlarining ko’rsatkichlari bo’yicha o’g’il va qiz bolalar orasidagi jinsiy tafovutlar ahamiyatsiz, ya’ni jiddiy emas. Boshqa ko’rsatkichlar (vaqt tanqisligi sharoitida harakat faoliyatini tez o’zgartirish maqsadida mo’ljal olish qobiliyatlari) bo’yicha etti yoshli o’g’il bolalar shu yoshdagi qizlardan o’zib keta boshlaydi. Biroq harakatlarni muvofiqlash qobiliyatlarining ko’pgina ko’rsatkichlari bo’yicha o’g’il bolalarning yakqol ustunligi faqat 13-14 yoshlarga kelib ko’zga tashlanadi. V.M.Zuev (1992) tadqiqotlarida qo’lga kiritgan ma’lumotlar muallifga maktabgacha bo’lgan davr turli jinsli bolalarda asosiy o’lchamlari bo’yicha harakatlar aniqligining notekis va har xil muddatli rivojlanishi bilan tavsiflanishi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Tajriba qizlarning besh va olti yoshlarda, o’g’il bolalarning esa etti yoshga kelib makoniy aniqlikqa oid topshiriqlarni bajarishda ustunroq ekanligini ko’rsatdi. Besh va olti yoshga o’tgan o’g’il bolalarda harakatning vaqt o’lchamini takrorlash aniqligi qiz bolalarnikiga nisbatan yuqoriroq, etti yoshli o’g’il bolalar esa tengdosh qizlarga nisbatan topshiriqni yomonroq uddaladilar.



    Download 3.64 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 3.64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Жисмоний тарбиянинг турли шакллари жараёнида ўқувчилар кучини ривожлантириш усулияти

    Download 3.64 Mb.