• Imtiyoz qo’llanishi uchun asos
  • Жисмоний шахслар томонидан тўланадиган солиќлар ва мажбурий тўловлар, уларнинг ставкалари ћамда тўлов муддатлари




    Download 182 Kb.
    bet1/3
    Sana21.03.2017
    Hajmi182 Kb.
    #620
      1   2   3


    JISMONIY SHAXSLARNING SOLIQ SOLINMAYDIGAN
    DAROMADLARI VA YER UCHASTKALARI



    T/r

    Soliq solinmaydigan daromadlar va yer uchastkalari turlari

    Imtiyoz qo’llanishi uchun asos

    Yuridik shaxslar amalga oshiradigan quyidagi xarajatlar jismoniy shaxslarning
    daromadi sifatida qaralmaydi:


    1.

    mehnat sharoitlari noqulay bo’lgan ishlarda band bo’lgan xodimlarni mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan sho’r suv, shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan ta’minlash xarajatlari;

    Soliq kodeksining
    171-moddasi, 2-qismi,
    1-bandi

    2.

    kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan amalga oshiriladigan to’lovlar, shu jumladan a’zolik badallari hisobidan kasaba uyushmasi a’zolariga beriladigan moddiy yordam, bundan kasaba uyushmasi qo’mitasining xodimlariga mehnat vazifalarini bajarganlik uchun beriladigan pul mukofotlari va boshqa to’lovlar mustasno;

    Soliq kodeksining
    171-moddasi, 2-qismi,
    2-bandi

    3.

    xodimlarni ish joyiga olib kelish va qaytarib olib ketish xarajatlari;

    Soliq kodeksining
    171-moddasi, 2-qismi,
    3-bandi

    4.

    diniy rasm-rusumlar va marosimlarni, bayram tantanalarini o’tkazish, vakillik xarajatlari, shahar yo’lovchilar transportida xodimlarning xizmat qatnovlari uchun foydalaniladigan yo’l kartochkalarini olish, shuningdek yuridik shaxsning xodimlarning mehnat va dam olish sharoitlarini ta’minlash bilan bog’liq hamda muayyan jismoniy shaxslarning daromadi hisoblanmaydigan boshqa xarajatlar;

    Soliq kodeksining
    171-moddasi, 2-qismi,
    4-bandi

    5.

    xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur bo’lgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki ularni pasaytirilgan baholarda sotish munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarni o’z xizmat vazifalarini bajarishi chog’ida oziq-ovqat bilan ta’minlash xarajatlari;

    Soliq kodeksining
    171-moddasi, 2-qismi,
    5-bandi

    6.

    xodim boshqa joyga ishga o’tkazilganda yoxud ko’chib borganda ko’chish, mol-mulkini ko’chirib borish, joy ijarasi (yo’l xarajatlari uchun beriladigan pul) bilan bog’liq xarajatlarni to’lash yoki bu xarajatlarning o’rnini qoplash xarajatlari;

    Soliq kodeksining
    171-moddasi, 2-qismi,
    6-bandi

    7.

    xizmat safarlaridagi quyidagi kompensatsiya to’lovlari:

    tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safari joyiga borish va u yerdan qaytib kelish uchun, shu jumladan joy band qilish uchun haq to’lashni qo’shgan holda haqiqatda amalga oshirilgan to’lovlar. Yo’l hujjatlari bo’lmagan taqdirda, temir yo’l transportidagi (agar temir yo’l qatnovi bo’lmasa, shaharlararo avtobusdagi) yo’l haqi qiymati miqdorida, biroq aviachipta qiymatining 30 foizidan oshmaydigan miqdorda;

    uy-joyni ijaraga olish bo’yicha haqiqatda amalga oshirilgan to’lovlar. Yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo’lmagan taqdirda - qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida;

    tasdiqlovchi hujjatlar asosida uy-joyni band qilish uchun to’lovlar;

    qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida xizmat safarida bo’lingan vaqt uchun to’lanadigan kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);

    qonun hujjatlarida belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa to’lovlar;



    Soliq kodeksining
    171-moddasi, 2-qismi,
    7-bandi

    8.

    qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar doirasida xodimga to’lanadigan kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiyalar):

    doimiy ishi yo’lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega bo’lgan, shuningdek vaxta usulida ishlarni bajarishda xodimga kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiyalar);

    xizmat ishlari uchun shaxsiy avtomobildan foydalanganlik uchun kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiyalar), bundan xizmat safarlari mustasno;

    dala ta’minoti;

    qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va normalar bo’yicha boshqa kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiyalar), bundan ushbu Kodeksning 174 va 178-moddalarida ko’rsatilganlari mustasno;


    Soliq kodeksining 171-moddasi, 2-qismi,
    8-bandi

    9.

    mehnatda mayib bo’lganlik yoki sog’liqqa boshqacha shikast yetganlik bilan bog’liq zararning o’rnini qoplash bo’yicha quyidagi miqdordagi to’lovlar:

    jabrlanuvchi mehnatda mayib bo’lguniga qadar olgan o’rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik to’lovlar (voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib bo’lib qolgan taqdirda, zararning o’rni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining besh baravaridan kam bo’lmagan miqdorda qoplanadi);

    maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qo’shimcha xarajatlar uchun oyiga eng kam ish haqining ikki baravari miqdoridagi to’lovlar;

    jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qo’shimcha xarajatlar tariqasida har oyda eng kam ish haqining ellik foizi miqdoridagi to’lovlar;

    xodimning sog’lig’iga shikast yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo’la to’lanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik o’rtacha ish haqi miqdoridagi to’lovlar;


    Soliq kodeksining
    171-moddasi, 2-qismi,
    9-bandi

    10.

    boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan quyidagi miqdordagi to’lovlar:

    marhumning o’rtacha ish haqining vafot etgan boquvchining qaramog’ida bo’lgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli bo’lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga to’g’ri keladigan ulushi miqdoridagi to’lovlar;

    boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga haqli bo’lgan shaxslarga bir yo’la to’lanadigan nafaqa tariqasida marhumning o’rtacha yillik ish haqining olti baravari miqdoridagi to’lovlar;


    Soliq kodeksining
    171-moddasi, 2-qismi,
    10-bandi

    11.

    talabalarning ta’lim olishi uchun, O’zbekiston Respublikasining oliy o’quv yurti bilan to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar bo’yicha pulli-kontrakt asosida o’tkaziladigan to’lovlar;

    Soliq kodeksining 171-moddasi, 2-qismi,
    11-bandi

    12.

    mol-mulkni sug’urta qilish va (yoki) hayotni uzoq muddatli sug’urta qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasida sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan yuridik shaxslarga to’lanadigan sug’urta mukofotlari. Mol-mulkni sug’urtalash va (yoki) hayotni uzoq muddatli sug’urtalash shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinganda va sug’urtalovchi sug’urta qilinuvchiga sug’urta mukofotining bir qismini yoki to’liq qaytarsa, qaytarilgan sug’urta mukofoti miqdori jismoniy shaxsning soliq solinadigan jami daromadi tarkibiga kiritiladi;

    Soliq kodeksining
    171-moddasi, 2-qismi,
    13-bandi

    13.

    yosh oilalar a’zolarining uy-joy olish uchun yuridik shaxsdan - ish beruvchidan olgan mablag’lari. Uy-joy olingan (mulk huquqi davlat ro’yxatidan o’tkazilgan) sanadan e’tiboran besh yil ichida sotilsa, ushbu bandda ko’rsatilgan daromadlarga belgilangan tartibda soliq solinadi;

    Soliq kodeksining
    171-moddasi, 2-qismi,
    14-bandi

    14.

    xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xarajatlari.

    Soliq kodeksining
    171-moddasi, 2-qismi,
    15-bandi



    Download 182 Kb.
      1   2   3




    Download 182 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Жисмоний шахслар томонидан тўланадиган солиќлар ва мажбурий тўловлар, уларнинг ставкалари ћамда тўлов муддатлари

    Download 182 Kb.