• Jixozlarni tozalash usullari
  • Jixozlarni tozalash usullari




    Download 19.2 Kb.
    bet1/3
    Sana01.03.2022
    Hajmi19.2 Kb.
    #18252
      1   2   3
    Bog'liq
    shuhart
    Sobirova-R.A-biokimyo (1), 8-лекция, quduqlarni-ta-mirlashda-kaltyubing-texnologiyasidan-foydalanish (1), Статья по SiC (4), Электросон, 11- maruza

    Bu sahifa navigatsiya:

    • Kutilayotgan natija

    • Xavfsizlik choralari

    • Laboratoriya ishlarini o tkazishda zarur asbob - uskunalar .

    • Adabiyotlar

    Jixozlarni tozalash usullari
    Tozalash jarayonini 3 xil usulda olib borish mumkin: qo‘lda, yarimavtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilgan (joyida). Tozalash jarayonida mumkin bo‘lmagan va eng qiyin bo‘lgan joylarga ahamiyat berish kerak. Tozalash jarayoni quyidagi xolatlarda olib boriladi: bitta jixozda bir nechta dori vositalarini ishlab chiqarish, bitta dori vositasini lekin turli dozalarda va ma’lum vaqt oralig‘ida bitta seriyadagi mahsulotni chiqarish.
    Tozalash jarayonini tekshirish uchun namunalar olishning 4 xil usuli mavjud: tampon bilan artish, yuzani yuvish (chayish), erituvchi bilan chayish va plasebo usulida olish.
    Tozalash jarayonida qo‘llaniladigan analitik usullarga xususiyligi va sezgirligi (aniqlash – LOD va miqdorini aniqlash – LOQ chegaralari), shuningdek ularni ishlatishdan avval validatsiyalanganligi (attestatsiyadan) kabi talablar qo‘yilgan.
    Analitik usulning sezgirligi qoldiq uchun maqbullik (priemlemost) mezonidan past bo‘lishi kerak.
    Namunalarni tampon bilan artish usulda olish

    Afzalligi

    Kamchiligi

    Namunani eritadi va to‘liq yo‘qotadi

    Namunani olish vaqtida tampon tolalari qo‘shilib qolishi mumkin

    Katta yuzalar uchun ham qo‘llanilishi mumkin

    Tampon materialining turi eritish koeffitsienti va xususiyligini kamaytirishi mumkin

    Aniq yuza uchun, iqtisodiy jihatdan qulay va oddiy

    Namuna olish texnik sabablarga bog‘liq

    Moddalarning qoldig‘i, detergenlar va mikrobiologik qoldiqlarni aniqlash mumkin

    Katta jixozlardan va ularning olish qiyin bo‘lgan joylaridan namunani olish qiyinligi

    Namunalarni yuzani yuvish (chayish) usulda olish



    Afzalligi

    Kamchiligi

    Namunani katta yuzalardan olish imkonini beradi

    Analitik tahlil usulining sezgirligini kamaytiradi

    Namunalarni olish oddiy va qulay

    Ba’zida namuna xajmi namunani qaysi usulda olish kerakligiga ta’sir etadi, ya’ni namuna tarkibidagi aniqlanayotgan kontaminantning miqdori uni aniqlanish chegrasidan ham kichik bo‘ladi, va bunda namunani quyiltirish kerak yoki boshqa sezgir usul tanlash lozim

    Zarar yetkazmasdan namuna olinadi

    Namunalarni olish yuzasini aniqlash kerak, chunki ular xisoblash natijalariga va mezonlarga ta’sir etadi

    Moddalarning qoldig‘i, detergenlar va mikrobiologik qoldiqlarni aniqlash mumkin

    Namunalarni olish metodologiyasini ishlab chiqish kerak, sababi ular natijalarga ta’sir etadi

    Namuna olish texnik sabablarga unchalik bog‘liq emas

    Qoldiqlar jixozning barcha joylarida tekis tarqalmagan bo‘lishi mumkin

    Namunalarni xoxlagan joydan olish imkoni bor

    Qoldiq qolgan joyni aniqlash imkoni yo‘q

    Namunani eritadi va to‘liq yo‘qotadi
    On line monitringiga ulab ishlasa bo‘ladi



    Barcha kontaminantlar suvda yaxshi eriydi deb taxmin qilinadi

    Namunalarni erituvchi bilan chayish usulda olish


    Afzalligi

    Kamchiligi

    Substansiyalarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi

    Atrof-muxit va xodimlarni ehtiyot qilish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish kerak

    Namunalarni olish texnikasiga bog‘liq emas

    Namunani bir necha marotaba olishga to‘g‘ri kelishi mumkin

    Katta miqdorda qoldiqlarni ajratib olishga imkon beradi

    tozalashga to‘sqinlik qilishi mumkin – erituvchini yo‘qotish

    Namunani katta yuzalardan va olinishi qiyin bo‘lgan joylardan olish imkonini beradi

    Namuna olish yuzasini aniqlashning qiyinligi

    Namunalarni plasebo usulda olish


    Afzalligi

    Kamchiligi

    Plasebo xuddi mahsulotsingari yuzalar bilan kontaktda bo‘ladi

    Ifloslanish borligini aniqlash mushkil

    Namunalarni olish texnikasiga bog‘liq emas

    Usulning xususiyligini kamaytiradi va aniqlashga to‘sqinlik qilishi mumkin

    Namunani olinishi qiyin bo‘lgan joylardan olish imkonini beradi

    Nisbatan uzoq vaqt talab etadi va qimmat, chunki plasebodan ham tozalash uchun vaqt ketadi

    Plaseboni tanlash mushkilligi – plaseboning tarkibi mahsulot tarkibiga yaqin bo‘lishi kerak

    Plasebo tarkibida qoldiqlar tekis tarqalmagan bo‘lishi mumkin
    Mahsulot bilan kontaktda bo‘lgan yuzadagi qoldiqni bilvosita anniqlash



    Keys: Keyingi analitik omil - bu aynan ushbu usul uchun ajratib olish yoki faollik koeffitsienti – koeffitsient effektivnosti - R (tampon bilan olish usuli). Mazkur koeffitsient quyidagicha xisoblanadi.
    Faollik koeffitsientining mezonlari WHO ning qo‘llanmasida keltirilgan.



    Moddani aniqlash foizi

    R koefitsienti

    Baho

    >80

    >0,8

    Yaxshi

    >50

    >0,5

    Qoniqarli

    >50

    >0,5

    Mavhum

    Koeffitsient R >0,7 bo‘lganda maqbul hisoblanadi.

    Download 19.2 Kb.
      1   2   3




    Download 19.2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jixozlarni tozalash usullari

    Download 19.2 Kb.