Rangli izochiziqlar bilan relyefni ifodalanishi




Download 11.3 Mb.
bet25/30
Sana21.07.2021
Hajmi11.3 Mb.
#15427
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Rangli izochiziqlar bilan relyefni ifodalanishi.
Zarafshon tizma tog`larining janubida Kitob- Shahrisabz tog` oraliq botig`i joylashgan bo`lib, u janubi sharqdan Hisor tog`ining janubi-g`arbiy tarmoqlari bilan o`raglan, g`arb tomoni esa ochiqdir. Uning okean sathidan balandligi g`arbida 500 m, sharqida esa 1000 m gacha ko`tarilgan. O`zbekistonning janubiy qismida Surxon-Sherobod botig`i shimoli sharqdan janubi g`arbga qarab cho`zilgan. U shimoli, shimoli g`arb va g`arbdan Hisor tog`i va unig tarmoqlari bilan o`rab olingan. Botiqning o`rta qismidan Surxondaryo va Sherobod daryolari kesib o`tadi. Surxondaryo vodiysining okean sathidan balandligi janubi g`arbida 300 m, shimoli sharqida esa 700 m .

O`zbekistonnig geologik tuzilishi xilma-xil bo`lib, uning hududi, asosan, ikkita katta tektonik tuzilma, ya`ni Tyanshan orogeni tarqalgan yerlar va Turon plitasidan iborat. Orogen va plitali tektonik tuzilmalar gersin va alp tog` paydo bo`lish davrida vujudga kelgan. Vulqon va yer yoriqlarida sodir bo`layotgan jarayonlar natijasida o`zbekistondagi mavjud rudali , rangli, nodir, qimmatbaho foydali qazilmalar hosil bo`lgan.o`zbekiston hududining yer yuzasi rivojlanib hozirgi ko`rinishini olguncha uzoq va murakkab bosqichlarni bosib o`tgan. Gersin burmali tog` paydo bo`lish davrida baland tog` tizmalari vujudga kelgan. Keyingi geologik davrlarda denudatsiya jarayonlari natijasida tog`lar yemirilib, ularning o`rnida tekislik va qirlar paydo bo`lgan. Bular yura ,bo`r va paleogen davrida dengiz va ko`llar ostida qolib, ularning tagida qalin cho`kindi jinslar to`plangan. O`zbekiston turli foydali qazilmalarga boy bo`lib, ulardan biri yoqilg`i-energetika boyliklaridir. Bularga neft , gaz va ko`mir konlari kiradi. Neft va gaz konlari Farg`ona tog` oralig`i botig`idagi Shimoliy So`x, Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Chimyon, Sho`rsuv da dastlab 1880-yilda ochilgan. 1992-yilda Mingbuloq, 1993-yilda esa Ko`kdumaloq neft konlari ochildi. Neft va gazning katta zaxirasi Hisor tizmasining janubi-g`arbiy tarmog`idagi Odamtosh, Pachkamar, Omonota, Xovdog`, Uchqizilda mezozoy erasi karbonat tog` jinslarida aniqlangan.


O`zbekiston respublikasi tuproqlari kartasi.




Download 11.3 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Download 11.3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rangli izochiziqlar bilan relyefni ifodalanishi

Download 11.3 Mb.