Ikki davlat o’rtasidagi teng huquli hamkorlikning darstlabki amaliy natijalari




Download 0.58 Mb.
bet9/27
Sana16.06.2021
Hajmi0.58 Mb.
#15085
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
1.2. Ikki davlat o’rtasidagi teng huquli hamkorlikning darstlabki amaliy natijalari.
Mustaqillik yillaridan O’zbekiston va Rossiya o’rtasida o’zaro teng huquqli va manfaatli hamkorlik shakllanib kelmoqda. Bu hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi pog’onalarga ko’tarish , istiqbolli shartnomalar imzolash uchun ikki davlat rahbari ham birdek harakat qilmoqda

2000 yil 28 martda O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti vazifasini ijro etuvchi V.V. Putin janobi oliylariga yo’llagan maktubi matbuotda elon qilindi. Maktubda I.Karimov V.V.Putinni Rossiya Federasiyasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi bilan samimiy tabrikladi. Vladimir Putinning prezidentlikka saylanishi bilan Rossiya o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo’ydi .G’arb mamlakatlari va Rossiya matbuoti bu bosqich qanday bo’lishi haqida turli fikr va farazlar bildirgan edilar.Ammo ularning xulosalari bir‑biriga juda yaqin: mamlakatda tartib-intizomni mustahkamlash, uni kuchli va rivojlangan davlatga aylantirish yangi rahbariyatning bosh maqsadi bo’lishi zarur.


G’arb davlatlari ham, qo’shni mamlakatlar xam Rossiyada barqaror va kuchli boshqaruv shakllanishidan manfaatdor. Chunki, Rossiyadek katta, ko’p millatli va yadroviy qurolga ega bo’lgan ulkan mamlakatni boshqacha yo’l bilan boshqarish qiyin.30

Markaziy hokimiyatning bo’shligi mamlakatda bosh‑boshdoqlik va iqtisodiy tanazzulni kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun Rossiya jamoatchiligi Vladimir Putin qiyofasida mamlakatni yangi taraqqiyot yo’liga olib chiqadigan g’ayratli va shijoatli shaxsni ko’rdi. Bu o’z isbotini ham topdi.

V.V.Putinning hokimiyat tepasiga kelishi bilan vaziyat asta-sekin ijobiy tomonga o’zgara boshladi. U davlat mexanizmida oddiy tartib o’rnatish bilan birgaliqda, Rossiyaning taqdiri, uning istiqboli va samarali demokratik davlat qurish imkoniyatlaridan kelib chiqib o’ziga xos integrasyalashuv mafkurasini ilgari surdi. Mazkur mafkura davlat va jamiyat qurilishi nuqtai nazaridan "suveren demokratiya" konsepsiyasi darajasiga ko’tarildi. Shu ma’noda, tashqi siyosiy faoliyatda jiddiy o’zgarishlar yuz berdi, xususan, ma’lum nufuzga ega bo’lmay turib boshqa mamlakatlar va xalqlar orasida samarali siyosat yuritib bo’lmasligi, buning uchun milliy manfaatlar qanchalik ahamiyat kasb etsa, xalqaro obro’-e’tibor ham shunchalik muhim ekani anglab yetildi. Binobarin, obro’-e’tibor ham Rossiyaga, uning eng taraqqiy etgan davrlariga xos bo’lgan axloqiy-ma’naviy asoslarga tayanishi lozim.

O’z xalqi va siyosatchilar doirasining ishonchiga sazovor bo’lgan shaxs – Vladimir Putin o’zining davlat prezidenti sifatida birinchi rasmiy safarini O’zbekistondan boshladi. U O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov taklifiga binoan 2000 yil 18‑ 19 may kunlari rasmiy – amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan.31 Vladimir Putin Rossiya Prezidenti lavozimini rasmiy ravishda egallaganidan so’ng birinchi xalqaro tashrifini ayni O’zbekistondan boshlanganligini e’tiborga olganda, bu voqyea Respublika uchun strategik ahamiyatga ega bo’ldi deb aytish mumkin.

Mamlakatimizning Markaziy Osiyodagi yetakchi mavqyei, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mintaqa xavfsizligini ta’minlash, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashdagi qat’iyati halqaro miqyosda keng e’tirof etilmoqda.Ikki mamlakat – O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi ko’p qirrali aloqalarni tiklashni davrning o’zi taqozo etgan.

O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida ta’kidlaganidek, "Rossiya bilan tarixan qaror topgan iqtisodiy, madaniy, do’stlik aloqalarimiz O’zbekiston uchun, qolaversa, butun mintaqamiz uchun hamisha muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Shuni ta’kidlashni istardimki, tenglik, o’zaro manfaatdorlik asosiga qurilgan, ikki davlat orasidagi ko’p tomonlama hamkorlik, strategik sheriklikni kuchaytirish uchun bugun yangi imkoniyatlar paydo bo’layotgani har ikki tomon - Rossiya va O’zbekiston manfaatlariga ham mos keladi".32

Toshkentda Vladimir Putinning 1999 yil dekabrda Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri bo’lgan vaqtida O’zbekistonga tashrif buyurgan edi.Islom Karimovning fikrlaricha :"Vladimir Putinning 1999 yilda O’zbekistonga qilgan tashrifidan keyin Moskva bilan Toshkent o’rtasidagi munosabatlar samimiylik va o’zaro ishonch ruhiga ega bo’ldi".

1999 yil 18-19 may kunlari Toshkentda bo’lgan Rossiya delegatsiyasi tarkibida Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Igor Sergeyev Tashqi ishlar vaziri Sergey Yastjemskiy, Rossiya Federatsiyasi Prezident Ma’muriyati boshlig’ining o’rinbosari Sergey Prixodko, Yoqilg’i va energetika vazirligi rahbari vazifasini ijro etuvch Viktor Kalyujniy va boshqa rasmiy kishilar bor edi. Ikki mamlakatning kengaytirilgan tarkibdagi delegasiyalari o’rtasida muzokaralar o’tkazildi.

Ikki davlat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tartibdagi muzokaralari yakunlangach, hukumatlararo hujjatlarni imzolash marosimi bo’lib o’tgan.Ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida O’zbekiston Respublikasi ma’muriy‑hududiy tuzilmalari va Rossiya Federasiyasi subyektlari orasida hamkorlikni kengaytirishga izchil kirishishga kelishib olingan: “Biz har gal uchrashganimizda o’zaro hamkorlikning ham O’zbekiston, ham Rossiya milliy manfaatlariga mos keluvchi yangi shakl va usullarini topishga muvaffaq bo’lyapmiz.O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi ko’p tomonlama hamkorlik bugungi kunda o’zaro ishonch , tenglik va bir –birimizga hurmat asosida qurilmoqda”33, ‑degan edi. Shuningdek, prezidentimiz Vladimir Putinning rasman prezident lavozimini egallaganidan so’ng o’zining birinchi rasmiy tashrifini, xorijiy safarini aynan O’zbekistondan boshlagani chuqur ramziy ma’noga ega ekanligiga e’tiborni qaratib, mazkur tashrif chog’ida muzokaralar samarali bo’lgani va o’zaro ishonch ruhida o’tganini ta’kidlagan edi. Vladimir Putin ham prezidentlik lavozimini egallagach ilk xorijiy safarini O’zbekistondan boshlagani tasodifiy emasligini aytgan edi.

“Bugungi kunda O’zbekistondan bizning mamlakatimizga ko’plab xom ashyo mahsulotlari chiqarilmoqda. Mamlakatlarimiz o’rtasidagi munosabatlar barcha yo’nalishlar bo’yicha rivojlanib bormoqda. O’zbekiston bilan Rossiyaning bir ‑ birini tushunish darajasi kundan kunga ortayotir.Bu esa, o’z navbatida, munosabatlar rivojining jadallashishiga turtki bo’layapti34, ‑ degan edi uchrashuv yakunida Rossiya davlat raxbari.

Muhokamalar yakunida ikki mamlakat hukumatkari o’rtasida O’zbekiston Respublikasi ma’muriy hududiy tuzilmalarining Rossiya Federasiyasi subyektlari bilan hamkorligini kengaytirish to’g’risidagi, shuningdek, xalqaro avtomobil qatnovi haqidagi Bitimlar imzolandi.35

Ikki mamlakat o’rtasida o’zaro tovar ayriboshlash yil sayin o’sib bormoqda 1998 yilda O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi tovar aylanmasi 1 mlrd 53 mln dollarni tashkil qilgan bo’lsa, shundan O’zbekistondan Rossiyaga eksport 526 mln dollar Rossiyadan O’zbekistonga inport 527 mln dollarni tashkil etgan.1999 yilda bu ko’rsatgich avvalgi yilga nisbatan 17, 8 foiz 864, 8 mln dollarni tashkil qildi, savdo balansining saldosi O’zbekiston foydasiga 0, 5 mln dollar bo’ldi. 1999 yilgi o’zbek eksportining takibi Rossiya yetkaziladigan mollarning eng ko’pchiligi qishloq xo’jalik mollari:sabzavot, meva va ularni qayta ishlash mahsulotlari, tamaki va paxta tolasiga to’g’ri keladi. Rossiyadan O’zbekistonga import qilingan mollar tarkibida ishlab chiqarish-texnika mahsulotlari ustunlik qiladi. 2000 yilda ikki mamlakat o’rtasida tovar aylanmasi to’qqiz foizga ko’paydi.

O’zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy aloqa qatnashchilari sifatida rossiyalik investorlar ishtirokidagi 2000 yilda 170 ga yaqin korxona, shundan Rosssiya sarmoyasi yuz foiz bo’lgan salkam 30 korxona ro’yxatga olingan, 36 Respublikada Rossiyadagi firma va kompaniyalarning 30 ga yaqin vakolatxonasi rasmiylashtirilgan, ular yo’lovchi va yuklarni samolyotda tashish, biopreparatlar ishlab chiqarish, transport-yekspeditorlik faoliyati, savdo-sotiq, to’qimachilik ishlab chiqish, agrosanoat majmuasi korxonalarini ta’minlash va boshqa shu kabi iqtisodiyot sohalari bilan shug’ulanadi.

Iqtisodiy sohaning yana bir muhim tarmog’i bu O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi samolyotsozlik va aviatsiya sohasidagi hamkorligidir 1991-2000 yillar oralig’ida Ikki mamlakat o’rtasida mazkur sohadagi hamkorlikni rivojlantishiga alohida ahamiyat berildi. Jumladan, 1997 yil 12 fevral kuni mamlakatimizga Rossiya Federasiyasi hukumat raisining o’rinbosari Valeriy Serov boshchiligidagi delegasiya tashrif buyurgan edi. Uchrashuvida O’zbekiston Respublikasi hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi hukumati o’rtasida yo’lovchi tashuvchi (Il-114) va yuk tashuvchi (Il-114T) samolyotlarni hamkorlikda yaratish, ularni ularni ko’plab ishlab chiqarish va foydalanishga topshirishni taminlash to’g’risida bitim imzolangandi.

1998 yil 5-7 may kunlari O’zbekiston Respublikasi birinchip rezidenti Islom Karimov Prezident Boris Yelsinning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasida tashrifi chog’ida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Qo’shma Bayonoti, O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o’rtasida IL-76MF va IL-76TF samolyotlarni birgalikda yaratish, seriyali ishlab chiqarish va foydalanish uchun yetkazib berishda bundan keyin ham hamkorlik qilish, shuningdek, IL-76, IL-78 samolyotlarini ishlab chiqarishni yaratish, ularning shakllarini o’zgartirishni taminlashga oid Shartnoma imzolandi. Hujjatlar Islom Karimov va Boris Yelsin tomonidan imzolangandi. 37

1999 yil 26 yanvarda mamlaktimizga S.Ilyushin nomidagi Rossiya aviasozlik kompaniyasi bosh konstruktori Genrix Novojilov, kompaniya Bosh direktori Viktor Livanov, Davlatlararo aviatsiya qo’mitasi raisi Tatyana Anodina, shuningdek, "Pratt end Uitni" kompaniyasining rivojlanish masalalari bo’yicha vise-prezidenti Jozef Torketlar tashrif buyurgan edilar. Prezidenti Islom Karimov mazkur delegasiya a’zolari bilan uchrashdi, Tashrif chog’ida o’zaro foydali hamkorlikni yana kengaytirish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga Aviatsiya va havoda uchish Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi diplomi topshirildi.38

Ushbu akademiya a’zoligiga ko’rsatilgan nomzod uning barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan tasdiqlangan taqdirdagina a’zo bo’la oladi. Bugungi kunda shu sohaning yetakchi olimlari va dunyoning deyarli barcha kosmonavtlari uning a’zolaridir. Bu safar ularning qarorlari yakdil bo’ldi. Islom Karimov aviatsiya texnikasini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun bu nufuzli akademiyaning haqiqiy a’zoligiga qabul qilingandi.

1999 yil 27 dekabrda O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Davlatlararo aviasiya qo’mitasi raisi Tatyana Anodina va S.Ilyushin nomidagi Rossiya konstruktorlik byurosi Bosh konstruktori Genrix Novojilovni qabul qildi. Uchrashuvda hamkorlikni yanada rivojlantirish bilan bog’liq masalalar muhokama qilingandi.

Shu kuni "V.Chkalov nomidagi Toshkent aviyasiya ishlab chiqarish birlashmasi"ga Davlatlar aro Maviasiya qo’mitasi tomonidan Il-114-100 rusumli samolyotning sertifikati topshirildi.Takidlash joizki bu hujjat dunyoning yetakchi aviasozlari tomonidan to’la etirof etildi.O’zbekiston, Rossiya AQSh va Kanada hamkorligida yaratilgan bu havo kemasi ulkam loyiha asosida juda qisqa mudatda amalga oshirilgan mashaqatli mehnatning samarasidir.

Bunda Xalqaro aviasiya qo’mitasining xizmati ham katta bo’ldi.Zamonaviy aviasiya texnikasini rivojlantirish, aviasozlarning xalqaro hyamkorligini kengaytirish va shu orqali xalqlar o’rtasidagi do’stlik aloqalarini yanada mustahkamlash yo’lidagi ulkan xizmatlari uchun qo’mita raisi T.Anodina mamlakatimizning "Do’stlik"ordeni bilan mukofotlandi.39

Ikki mamlakat o’rtasida 1991-2000 yillar oralig’ida mintaqaviy xavfsizlik, harbiy, harbiy-texnikaviy sohalarda ham hamkorlik doirasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.

1994 yil 25 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Andrey Kozirev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgandi. Prezidenti Islom Karimov - Ikki tomonlama aloqalar, dolzarb xalqaro mintaqaviy muamolar yuzasidan o’zaro muloqotlarimiz yaxshi an’analarga aylanib qoldi, -deb takidladilar. 1995 yil 26-28 iyul kunlarida mamlakatimizda Rossiya Federatsiyasi Hukumat Raisi Viktor Chernomirdin rasmiy tashrif buyurdi. 40

Tashrif doirasida muxbirlarning savollariga bergan javoblarida Tojikistondagi muamolarni bartaraf etishda ikki tomonlarning yakdilligi namoyon bo’ldi. Islom Karimov va Viktor Chernomidinlar Tojikiston muamosi muxolif tomonlarning tinch muzokaralari yo’li bilan o’zaro yon berishlar natijasida hal bo’lishi mumkinligini takidladilar. 1997 yil 24 fevralda esa mamlakatimizga Markaziy Osiyo mamlakatlari mudofaa vazirlarining uchrashuvida ishtirok etish uchun Rossiya Federasiyasi mudofaa vaziri Igor Radionovni tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida Igor Radionov Islom Karimov bilan uchrashdi. Suhbat chog’ida hamkorlik munosabatlari, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni saqlash, qo’shni Tojikistondagi so’nggi voqealar bilan bog’liq masalalar muhokama etildi.41

1997 yil 22-23-dekabr kunlarida Rossiya Federasiyasi hukumatining raisi Viktor Chernomirdin amaliy tashrif bilan O’zbekistonda bo’ldi. Tashrifning doirasida investisiyalarni rag’batlantirish va o’zaro himoya qilish, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida ilmiy texnikaviy hamkorlik to’g’risidagi Bitimlar imzolandi. Bitimlarni O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov va Rossiya Federasiyasi hukumatining raisi Viktor Chernomirdin imzoladilar. Shuningdek, savdo, iqtisodiyot, fan va boshqa sohalarda hamkorlik qilish to’g’risidagi hujjatlar ham imzolandi.42 1998 yil 11-12- oktabr kunlarida Afg’onistondagi vaziyat bo’yicha O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi prezidentlarining qo’shma bayonoti, shuningdek, Rossiya Federasiyasi Prezidentining mamlakatimizga qilgan rasmiy tashrifi yakunlari bo’yicha qabul qilingan qo’shma kommyunikeda:

“Prezidentlar O’zbekiston bilan Rossiyaning BMT, boshqa xalqaro tashkilotlar va kafil davlatlar bilan hamjihatlikda Tojikistonda tinchlik va milliy totuvlikni o’rnatish to’g’risidagi Umumiy bitimni kompleks bajarish, shuningdek, uning iqtisodiy tiklanishi va tarqqiyoti asosida Tojikistonda tinch jarayonning olg’a siljishi uchun hamkorlikni davom ettirish niyatini tasdiqladilar” 43

1999- yil 1- sentabrda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Do’rmon qarorgohida Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Igor Sergeyevni qabul qildi. Uchrashuv chog’ida Markaziy Osiyo mintaqasida ekstremizm va terrorchilikka qarshi hamkorlikda kurash olib borish, Qirg’izistonning janubida yuzaga kelgan vaziyatga ham alohida etibor qaratildi, shuningdek, mamlakatlarimiz o’rtasidagi ikki tomonlama va ko’p tomonlama munosabatlarga oid masalalari yuzasidan fikr almashildi.

2000- yil 17- martda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashining kotibi Sergey Ivanovni va Rossiya Federatsiyasi hukumat raisining o’rinbosari Ilya Klebanovni qabul qilgan bo’lsa, 2000- yil 10- aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidentining maxsus vakili Sergey Yastrjembskiyni qabul qildi. Sergey Yastrjembskiy Islom Karimovga Rossiya Federasiyasi Prezidentining maxsus maktubini topshirdi. Muzokaralar davomida mintaqa xavfsizligi va O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi ikki tomonlama munosabat masalalari yuzasidan fikrlashib olindi. 2000-yil 21-iyunda Moskva shahrida MDHga a’zo davlatlar boshliqlari kengashining majlisi bo’lib o’tdi. Oliy darajadagi uchrashuvlar tugagach, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Suhbat chog’ida ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish, xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurashish bilan bog’liq masalalar yuzasidan ham fikr almashib olingan edi.

O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o’rtasida parlamentlararo aloqalari ham muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.

Ikki mamlakat vazirliklari, hukumat organlari, Oliy majlis va Rossiya Federasiyasi Davlat Dumasi o’rtasidagi aloqalar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, 1994-yil 25-avgustda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Andrey Kozirev boshchiligidagi delegatsiyani, 1996-yil 28- yanvarda va Rossiya Federasityasi tashqi ishlar vaziri Ye.Primakovni, mudofaa vaziri P.Grachev, MDHga a’zo bo’lgan mamlakatlar bilan hamkorlik bo’yicha vazir V.Serovni qabul qildi. Uchrashuvda har ikki davlat o’rtasida o’zaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga doir masalalar muhokama qilingandi.

Shu yilning 22- fevralida Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Ye.Primakov mamlakatimizga tashrif buyurdi. Bu galgi tashrifda ikki tomonlama hamda mintaqaviy hamkorlik masalalari bo’yicha fikr almashildi, hamda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vazirligi urtasidagi 1996 hamkorlik dasturni A.Komilov va Ye.Primakovlar imzoladilar.44 1996-yil 9-avgust O’zbekiston RespublikasiBirinnchi Prezidenti Islom Karimov bo’lib o’tgan umumxalq saylovida davlat boshlig’i lavozimiga qayta saylangan Rossiya Federasiyasi Prezidenti Boris Yelsinning o’z vazifasini bajarishga kirishuviga bag’ishlangan rasmiy marosimda ishtirok etgandi.45

1997- yil 12- fevral kuni esa mamlakatimizga Rossiya Federatsiyasi hukumat raisining o’rinbosari Valeriy Serov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi o’rtasidagi 1997 hamkorlik dasturi imzolandilar.1997- yil 23-sentabrda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi raisi Gennadiy Seleznyovni qabul qildi. 46 Uchrashuvda O’zbekiston bilan Rossiya Federasiyasi o’rtasida hamkorlik va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari bo’yicha fikr almashilgandi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis delegatsiyasi 1998- yil 6-12- sentabr kunlarida Moskva shahrida Parlamentlararo Ittifoqning yuzinchi yubiley konferensiyasi ishida qatnashgan edi.47

1999-yil 15-iyul kunida esa mamlakatimizga Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Igor Ivanovni tashrif buyurdi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Igor Ivanovni Oqsaroy qarorgohida qabul qildi. Uchrashuida ikki davlat o’rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish to’g’risida, mintaqaviy va xalqaro muammolar bo’yicha ikki mamlakatni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashilgan edi.48

Minsk shahrida 2000- yil 30- noyabrda O’zbekiston Respublikasi hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi hukumati o’rtasida O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining o’zaro borib kelishlari to’g’risidagi Bitim imzolangandi.49 Bitim qoidalarga binoan bir tomon davlatining fuqarolari ikkinchi tomon davlatining hududiga alohida ruxsatnomasiz, shaxsi haqida guvohlik beradigan va egasining fuqaroligini tasdiqlaydigan hujujatlardan biri bo’yicha kirishi, chiqishi tranzit tarzida o’tishi, harakat qilishi va yashashi mumkin. Tomonlar davlatlarning uchinchi davlatlarda yashab turgan fuqarolari tomonlar davlatlarining hududiga ham alohida ruxsatnomasiz kirishi, chiqishi harakat qilishi, yashashi va tranzit tarzda o’tishi mumkin deb belgilangandi.

Ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik bilan birga gumanitar sohasidagi hamkorlik ham alohida ahamiyatga ega. Toshkentda 1998- yil 26- yanvar kunida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovga G.Plexanova nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Akademiyasi faxriy doktori diplomini topshirish marosimi bo’lib o’tdi.50 Rossiya iqtisodiyot akademiyasi 1907- yili tashkil etilgan bo’lib, dastlab "Tijorat ta’lim tarqatuvchi Moskva jamoatchiligining Tijorat insituti " deb atalgan.1991- yilda insititut iqtisodiy akademiyaga aylantirildi.Hozir uning tarkibida moliya, marketing, bank va sug’urta insitutlari, ilmiy tadqiqot birlashmasi, iqtisodiy kibernetika, tovarshunoslik, boshqaruv singari kafedralar magistrlar tayyorlash markazi aspirantura va doktorantura va ko’pgina boshqa tuzilmalar faoliyat ko’rsatmoqda.

Rossiya Iqtisodiyot Akademiyasi prezidenti Vitaliy Bidyapin Islom Karimovning ilmiy sohadagi buyuk xizmatlari to’g’risida so’zlab berdi va unga ana shu xizmatlari uchun bu yuksak ilmiy unvon berilganligini malum qildi. G.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Akademiyasi faxriy doktori diplomi, shuningdek, an’anaga ko’ra doktorlik mantiyasi va esdalik medali topshirdi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovga G.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Akademiyasi faxriy doktori diplomiga sazovor bo’lishi Rossiya ilmiy jamoatchiligi tomonidan O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar samarasinining xolisona etirofi, xalqimiz erishayotgan yutuqlarning munosib boholanishidan dalolatdir.

1998- yil 5-7- may kunlari O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Prezident Boris Yelsinning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasida bo’ldi.51 Uchrashuvda O’zbekiston va Rossiya hukumatlari o’rtasida madaniy axborot markazlarini tashkil etish va ularning faoliyat ko’rsatish shartlari O’zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari muxbirilarining Rossiya Federtasiyasidagi maqomi va Rossiya Federatsiyasi axborot vositalari muxbirlarining O’zbekistondagi maqomi to’g’risida Shartnomalar imzolangandi.

O’zbekiston Respublikasida Rus madaniyat muassasalarga zarur binolar bermoqda rus tilida chiqadigan gazeta va jurnallar soni esa yil sayin ko’paymoqda. 1994 yilda O’zbekistonda rus tilida 52 ta gazeta va 15 ta jurnal nashr etilgan bo’lsa, 2000 yil o’rtalariga kelib rus tilida chiqadigan gazetalar soni 69 taga va jurnallar soni esa 27 taga yetgan.52 Bundan tashqari O’zbekistondagi Rus drama teatri O’rta Osiyo mamlakatlaridagi eng yaxshi rus teatri hisoblanadi. 1998 yilda O’zbekiston Rahbariyati unga yangi zamonaviy va qulay bino ajratdi.

1999 yil 11 fevral kuni mamlakatimizga Rossiya Federasiyasi Kengashi Raisi Yegor Stoyevni tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Yegor Stoyevlar Toshkent markazidagi O’zbekiston Akademik Rus drama teatriga tashrif buyurdilar va teatr jamoasi bilan uchrashilar. Islom Karimov sanatkorlarni manaviy jihatdan qo’llab quvatlash bilan bir qatorda, ularga o’z iqtidorini ro’yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratib berish juda muhim ahamiyat ega ekanligini takidladi. Ye.Stoyev O’zbekistonda madaniyat va sanat ahliga davlat tomonidan alohida etibor qaratilayotganiga guvoh bo’lganini qayd etgandi.

Xullas O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritganidan so’ng, jahonda o’z ovoziga, mavqyeiga ega bo’ldi va mustaqil, teng huquqli, o’zaro manfaatlik hamkorlik olibborish imkoniyatiga ega bo’ldi.Buni biz Rossiya Federasiyasi bilan bo’lgan munosabat misolida ko’ra olamiz. Bu ikki mustaqil davlat aloqalari uzoq o’tmishga borib taqaladi.1991 yilda Sobiq ittifoq tarqagach ikkila mamlakat munosabatlarda yangicha yo’nalish shakllandi va o’z rivojlanish bosqichiga chiqdi. 1991-2000 yillar davomida iqtisodning barcha yo’nalishlarida, hukumatlararo munosabatla, shujumladan, harbiy va harbiy-taxnikaviy, samolyosozlik va gumanitar sohalarda amalga oshirilgan ishlar ko’lami keng bo’lidi. Buni biz mazkur davrda imzolangan shartnamalarning amalga oshirilishida va erishilgan yutuqlar bilsak bo’ladi.





Download 0.58 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Download 0.58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ikki davlat o’rtasidagi teng huquli hamkorlikning darstlabki amaliy natijalari

Download 0.58 Mb.