• Ishonchlilik.
  • Virtual tashqi xotirani boshqarish




    Download 97 Kb.
    bet2/23
    Sana10.04.2017
    Hajmi97 Kb.
    #4425
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Operatsion sistema funksiyalari

    Agar “operatsion sistema” (OC) tushunchasini qisqacha izohlasak, bu boshqaruv dasturidir. OC bu – kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur.

    Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bo’linadi. Fizik resurslar bu :


    • Xotira ;

    • Vinchester;

    • Monitor;

    • Tashqi qurilmalar va shu kabilar.

    Dasturiy resurslar bu:

    • Kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar;

    • Kompyuter ishlashini ta’minlaydigan boshqaruvchi dasturlar;

    • Berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar;

    • Driverlar;

    • Vertual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar va shu kabilardir.

    Dasturlash sistemasi – dasturlash tillari va ularga mos til protsessorlari majmuasidan iborat bo’lib, dasturlarga ishlov berish va so’zlashni ta’minlovchi dasturlar to’plamidan iborat. Dasturlash sistemasining tashkil qiluvchilar (dasturlar) amaliy dasturlar to’plami singari OC boshqaruvi ostida ishlaydi. Kompyuter resurslari OC boshqaruvi ostida bo’ladi. OC ga ehtiyoj resurslar taqsimoti va ularni boshqarish masalasi zaruriyatidan kelib chiqadi. Resurslarni boshqarishdan maqsad foydalanuvchiga kompyuterdan effektiv foydalanish bilan birga resurslarni boshqarish tashvishidan ozod qilishdir.

    OC lardan quyidagi hususiyatlarga ega bo’lishi talab qilinadi:



    1. Ishonchlilik. OC o’zi ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli bo’lishi kerak. OC foydalanuvchining aybi bilan vujudga kelgan xatoni aniqlashi, uni tahlil qilishi va tiklash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. OC foydalanuvchining o’zi tomonidan qilingan xatodan himoyalashi, hech bo’lmaganda dasturiy muhitga keltiriladigan zararni minimumga olib kelishi kerak.



    2. Download 97 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 97 Kb.