• 5. KURS ISHIGA RAHBARLIK QILISH
  • AMALIY MA’LUMOTLARNI YIG`ISH VA QAYTA ISHLASH




    Download 23.61 Kb.
    bet5/6
    Sana13.05.2022
    Hajmi23.61 Kb.
    #21062
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    kurs ishi tayyorlash yozish va uni himoya qilish
    Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tayyorgarligini oshirish pedagogik muammo sifatida
    4.AMALIY MA’LUMOTLARNI YIG`ISH VA QAYTA ISHLASH
    Amaliy ma`lumotlarni yig`ishda tadqiqot ob`ektining hisobotlari, ilmiy-amaliy anjumanlar materiallari, sotsiologik tadqiqotlardan foydalaniladi. Bundan tashqari tanlangan mavzu bo`yicha mustaqil sotsiologik tadqiqotlar, kuzatishlar, so`roq o`tkazish ham mumkin. Turli ko`rsatkichlarning dinamikasini tahlil qilish uchun kerakli ma`lumotlarni yig`ish talab qilinadi.
    Yig`ilgan ma`lumotlarni alohida bo`limlar va paragraflar bo`yicha taqsimlash maqsadga muvofiqdir. Shundan keyin ularni har bir bo`lim va paragraflarning maqsadi va vazifalariga mos ravishda qayta ishlashga kirishish lozim. 15
    5. KURS ISHIGA RAHBARLIK QILISH
    Kurs ishiga umumiy metodik rahbarlik ilmiy rahbar tomonidan amalga oshiriladi. Ilmiy rahbarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
    - kurs ishi yozish bo`yicha uslubiy ko`rsatmani har bir talabaga tarqatish;
    - kurs ishi yozish bo`yicha vazifa berish;
    - talabaga kurs ishi tuzilishi va rejasini ishlab chiqishda yordam berish;
    - talabaga mavzu bo`yicha asosiy va qo`shimcha adabiyotlarni, ma`lumotlarni tanlashda yordam berish;
    - talaba bilan birgalikda tadqiqot ob`ekti va doirasini, ob`ekt faoliyatini o`rganish, ma`lumotlar yig`ish va ularni tahlil qilish metodlarini aniqlash.
    Ilmiy rahbar talaba tashabbusini turli yo`llar bilan rivojlantirishga va mustaqil ilmiy tadqiqot ishini amalga oshirishiga yordam beradi. Ilmiy rahbarning kurs ishi yozish masalasi bo`yicha maslahatlar berishi ilmiy rahbar tomonidan belgilangan va kafedra tomonidan tasdiqlangan jadval asosida o`z muddatida olib boriladi.
    Ilmiy rahbar, unga taqdim qilingan kurs ishini tekshirib, o`z mulohazalarini bildiradi va ishni qaysi yo`nalishda o`zgartirish va to`ldirish kerakligi to`g`risida maslahat beradi.
    Yozib tugatilgan kurs ishi belgilangan muddatda ilmiy rahbarga topshiriladi. Ilmiy rahbar kurs ishini tekshirib chiqadi va uni himoyaga ruxsat berish to`g`risida o`z fikrini bildiradi.
    Ilmiy rahbar kurs ishi talab darajasida bajarilmagan bo`lsa, qabul qilmasligi mumkin. 16



    Download 23.61 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 23.61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    AMALIY MA’LUMOTLARNI YIG`ISH VA QAYTA ISHLASH

    Download 23.61 Kb.