Kamoliddin Rahimov




Download 15.08 Kb.
Sana01.06.2023
Hajmi15.08 Kb.
#68444
Bog'liq
Kamoliddin Rahimov
143694, “Sawat uyretiw tayarlaw dawirinde jazıw, 4f4c216ff3e5ffaa9a2c46001b447184be70b6fa, Mustaqil ish , Низоли оилани ўрганиш маълумотнома намунаси 2, Boche complex, @UMIDJON TEST 2022 TESTLARDAN 50 TALIK TEST, Mavzu kmdya markalanishi va xarakteristikalari Reja kmdya haqi, 6- mavzu. Ims chiqish kaskadlari. Reja, IP, 1-маълумотнома, tezis, Tabiiy buyumlar bilan ishlash usullari. Tashlandiq buyumlardan o-azkurs.org, 2023-10-09-05-21-53 42d4aa9a8bfd05e951ce654191ea0092

Kamoliddin Rahimov (12.01.1943 — 25.02.2015, Namangan) — xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1983). Rahimov Jarangdor va kuchli ovoz sohibi boʻlgan va klassik yoʻnalishdagi qoʻshiqlari bilan shuhrat qozongan. Uning repertuaridan mumtoz va zamonaviy bastakorlar ashulalari („Bayot“, „Ushshoq“, „Girya“, „Koʻcha bogʻi“, „Qalandariy“, „Kuygay“ kabi) hamda kuylarini oʻzi yaratgan asarlari („Kul, azizim“, „Menga rahm ayla“, „Nargiz“, „Kelmaganingda“, „Mastona-mastona“, „Parvona qilsangiz“, „Ona madhi“ va boshqalar) oʻrin olgan.
Kamoliddin Rahimov 1943-yil 12-yanvarda Namanganda tugʻilgan. 1987-yil Toshkent madaniyat institutini tugatgan. 2015-yil 25-fevralda 72 yoshida Namanganda ogʻir xastalikdan soʻng vafot etgan.

Rahimov ashula yoʻllarini dastlab Vahobjon Abdullayevdan oʻrgangan. Namanganda madaniyat uyi qoshidagi Usta Roʻzimatxon nomidagi ashula va raqs ansamblida xonanda, musiqa rahbari va badiiy rahbar (1960—71), Alisher Navoiy nomidagi viloyat teatrida yakkaxon xonanda (1972—98) boʻlib ishlagan.


Rahimov ijro uslubiga lirik talqin, soʻz bilan ohangdagi uygʻunlik xos. Oʻzbektelefilm studiyasida uning ijodiga bagʻishlangan „Dil taronasi“ filmi suratga olingan (1982). Rahimov ijrosidagi ashulalar bir nechta gramplastinka („Kamoliddin Rahimov kuylaydi“, 1966—1972; „Nargiz“, 1980; „Bulbul“, 1983; „Ul yor qoʻlida koʻza“, 1987) hamda kompakt disk („Qaydasan“ 2002)ga yozilgan. Rahimov Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Mahtumquli va boshqa mumtoz shoirlar asarlariga ashulalar turkumlarini 20 dan ziyod audiokassetaga toʻplab yozdirgan. Osiyo, Yevropa, Amerika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.
1983-yil Kamoliddin Rahimovga Oʻzbekiston xalq artisti unvoni berilgan. 1998-yilda qoʻshiqchi „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan.
Download 15.08 Kb.




Download 15.08 Kb.