Dasturlash tillari haqida tushuncha




Download 8.1 Mb.
bet2/34
Sana29.03.2017
Hajmi8.1 Mb.
#2631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Mavzuning dolzabligi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni amalga oshirishda uzluksiz ta’lim tizimining tuzilmasi va mavzusini zamonaviy ilmiy fikrlar yutuqlari va ijtimoiy tajribaga tayangan holda tub islohotlari ko‘zda tutulgan. Buning uchun, avvalo, uzliksiz ta’lim tizimining barcha shakldagi ta’lim muassalarida ta’lim jarayoni sifatida ta’minlovchi ilg‘or ilmiy-metodik jihatdan asoslangan uslublarni amalda qo‘llash lozim. Fanda texnika va ilg‘or texnologiya yutuqlaridan foydalangan holda yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishning maqsad, maznun, uslub va vositalarini ilmiy jihatdan ta’minlash pedagogika faning dolzarb muammolarning biri hisoblangan.

Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimini orqali shaxsning har tomonlama barkamol bo‘lib yetishining ko‘zda tutadi. Shaxs uzluksiz ta’limda va kadrlar tayyorlashda ta’lim va xizmatlarining iste’molchisi sifatida namoyon bo‘ladi.



Shaxs ta’lim xizmatlarining ishlab chiqaruvchisi sifatida ta’lim jarayonida bilim va tajribani talaba (yoki o‘quvchi)ga uzatish, ishlab chiqarish moddiy muhiti sharoitida, shunungdek, fan, madaniyat va ta’lim xizmatlarida ishtirok etadi.

Respublikada shaxslarga o‘z ijodiy salohiyatini amalga oshirish uchun mutaxasislik ta’lim dasturini tanlash huquqi berilgan. Oliy ta’lim uzluksiz ta’limda muhim o‘rinni egallaydi. Oliy, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limlari asosida uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu hujjatlarda oliy ta’limning belgilangan vazifalaridan biri yuqori saviyada o‘qitishni ta’minlash va malakali kadrlarni zamonaviy ta’lim kasb-hunar dasturlari asosida tayyorlashdir. Oliy ta’lim o‘qituvchisining faoliyati shaxsni tarbiyalash jarayonida ta’lim-tarbiya olish sharoitlarini yaratish, uning ehtiyojlarini qondirish va qobilyatlarini ochishhamda rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Oliy maktab o‘qituvchisining malakasi maxsus va pedagogik fanlar bilan yoritiladigan ikki qirraga ega bo‘lishi lozim va u doimo: “Nima uchun o‘qitish kerak?”, “Qanday o‘qitish kerak?” degan savollarga javob topish zarur. Bu javoblar pedagogika fanining asosiy qoidalari va qonuniyatlariga mos holda talqin qilinishi, shuningdek, ta’lim hususiyatlari e’tiborga olingan bilimlarga asoslangan bo‘lishi lozim. Pedagogikaning muhim mummolaridan biri o‘qituvchining mutaxassisligiga faoliyatining asosini tashkil etish shart bo‘lgan pedagogik jarayon nazariyasini ishlab chiqishdir.





Download 8.1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Download 8.1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dasturlash tillari haqida tushuncha

Download 8.1 Mb.