Kasallik sabablari




Download 41.88 Kb.
bet1/5
Sana19.10.2022
Hajmi41.88 Kb.
#27503
  1   2   3   4   5
Bog'liq
epilepsiya
Pisa test ona tili 2-sinf [uzsmart.uz], 1. Anketa (o\'quvchilar), materialovedenie kurs lektsiy (1)

Epilepsiya – tez-tez uchraydigan miya kasalligi bo'lib, bunda bemorda takroriy tutqanoq xurujlari bo`lib turadi. Tutqanoq yoki tutqanoq xuruji - bu normal miya faoliyatining qisqa muddatli o'zgarishi, kasallikning asosiy belgisi hisoblanadi. Ikki yoki undan ortiq tutqanoq xuruji ro`y berganda, bemorga epilepsiya tashxisi qo'yiladi. Ba'zi tutqanoqlar bir nuqtaga uzoq tikilib qolish ko'rinishida bo`lishi mumkin. Boshqa xurujlar odamni yiqilishi, silkinishi, atrofida sodir bo'layotgan narsalarni tushunmaslik holatlarini keltirib chiqaradi. Xurujlar bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha davom etishi mumkin. Kasallik bolalar va qariyalarda ko'proq uchraydi, ammo har qanday yoshdagi odamlarga ta'sir qilishi mumkin.
Patogenez
Epileptik xurujlar tutqanoqning jismoniy belgilariga olib keladigan asab tizimi faolligining kuchayishi bilan yuzaga keladi. Tutqanoq paydo bo'lishining sababi odatda miyani qo'zg'atuvchi og`irlik va miya faoliyatining pasayishi bir vaqtda ro`y berishi natijasida keragidan ortiq neyron va elektron zaryadlarini chiqarishidir.
Tutqanoqning boshqa shakllari shikastlanishlar, infeksiyalar, giyohvand moddalarni ko`p iste'mol qilish va gipoksiya tufayli yuzaga kelishi mumkin. Epileptik xurujlar asosida yotgan omillarni tushunish ko'plab muvaffaqiyatli antiepileptik dorilarni kashf qilishga sabab bo`ldi va turli epileptik sindromlar uchun yaxshiroq va mukammallashtirilgan dori-darmonlarni ishlab chiqishga ham sabab bo`lib kelmoqda.
Kasallik sabablari
Bemoqlarning taxminan yarmida kasallik kelib chiqishi sabablari aniqlanmagan. Ikkinchi yarmida bu holat turli omillar bilan tavsiflanadi, jumladan:

  • Genetik ta'sir. Tutqanoq turlari bo`yicha tasniflangan epilepsiyaning ayrim turlari nasldan naslga o'tadi. Ba'zi genlar odamni tutqanoqni keltirib chiqaradigan atrof-muhit sharoitlariga nisbatan sezgirroq qilishi mumkin.

  • Bosh jarohatlari. Avtohalokat yoki boshqa hodisalar natijasidagi bosh jarohati.

  • Miya anomaliyalari. Miyadagi buzilishlar, shu jumladan miya o`simtasi yoki qon tomir malformatsiyalari.

  • 35 yoshdan oshgan kattalardagi epilepsiyaning asosiy sababi insult hisoblanadi.

  • Infeksiyalar. Meningit, OIV, virusli ensefalit va ba'zi parazitar infeksiyalar.

  • Homiladorlik davridagi shikastlanishlar, onadagi infeksiyalar, noto'g'ri ovqatlanish yoki kislorod yetishmasligi

  • Rivojlanishning buzilishi. Epilepsiya ba'zan autizm kabi rivojlanish bilan bog`liq kasalliklar bilan yonma-yon yuradi.

Epilepsiyaning asosiy sabablari noma'lum bo'lsa-da, epilepsiya bilan og'rigan odamlarda aynan ba'zi omillar tutqanoqni keltirib chiqaradi. Ushbu omillardan saqlanish epilepsiya bilan yaxshiroq yashashga yordam beradi:

  • turli dori-darmonlarni qabul qilish;

  • kuchli spirtli ichimliklarni iste'mol qilish;

  • kokain, ekstazi yoki boshqa noqonuniy giyohvand moddalarni iste'mol qilish;

  • uyqusizlik;

  • antiepileptik dorilarni qabul qilishga xalaqit beradigan boshqa dorilar;

  • miltillovchi chiroqlar, tasvirlar va takrorlanuvchi naqshlar;

  • holdan toyish;

  • asabiy taranglik;

  • iqlim o'zgarishi;

Epilepsiya har qanday yoshda rivojlanishi mumkin. Tashxis odatda erta bolalikda yoki 60 yoshdan keyin qo'yiladi. Kichkina bolalardagi epilepsiya homiladorlik davrida yoki og'ir tug`ruq paytidagi miyaga kislorod yetishmasligi bilan bog'liq. Ba'zida, yosh o`tishi bilan, tutqanoqlar soni kamayadi yoki butunlay yo'qoladi.

Download 41.88 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 41.88 Kb.