• METODIK TAVSIYASI
  • Tuzuvchi
  • TEXNOLOGIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
  • Kasb tanlashga yo’llash texnologiyasi. Professiogramma, Psixogramma, Kasb tanlash varaqasi va boshqalar. Amaliy mashg’ulot: Professiogramma va kasb tanlash varaqasini to’ldirish ishlari”




    Download 2.07 Mb.
    bet1/5
    Sana18.03.2022
    Hajmi2.07 Mb.
    #18790
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Kasb tanlashga yo’llash texnologiyasi. Professiogramma, Psixogra
    OR-4.52.01.02-Kompyuter tarmoqlari, 2-маъруза, the importance of clauses in modern

    ­­­­­­­­­­­Toshkent viloyati Piskent tumani XTB ga qarashli 40 - umumta’lim maktabi Texnologiya fani o’qituvchisi Sattorova Laylo G’ulomjonivnaning Texnologiya darslarining samarali tashkil etish uchun


    Kasb tanlashga yo’llash texnologiyasi. Professiogramma, Psixogramma, Kasb tanlash varaqasi va boshqalar. Amaliy mashg’ulot: Professiogramma va kasb tanlash varaqasini to’ldirish ishlari”

    mavzusidagi namunali


    METODIK TAVSIYASI

    Ushbu metodik tavsiya ____________ viloyati __________ shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli _____-umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika fani o'qituvchisi _____________ tomonidan tayyorlangan bo’lib, undan o’qituvchilar va amaliyotchi talabalar foydalanishlari mumkin.


    Tuzuvchi: ____________ - ___________ viloyati _________ shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli _____-umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika fani o'qituvchisi.
    Taqrizchi: ______________________________________________________
    (Taqrizchi ismi, sharifi, ish, joyi, lavozimi)
    Muharrir: ______________________________________________________
    (Muharrir ismi, sharifi, ish, joyi, lavozimi)
    Ushbu metodik tavsiya _________ viloyati _________ shahar xalq ta’limi bo‘limi uslubiy kengashining “____”____________ 2021 yildagi ___-sonli qarori bilan muhokama etildi va __________ viloyati xalq ta’limi boshqarmasi metodik kengashining “___” ________________2021 yildagi ____-sonli qarori bilan tasdiqlangan.

    TEXNOLOGIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

    Ta’lim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati“Maktab voyaga yetayotgan avlod tafakkurini shakllantirish ustaxonasidir, agar kelajakni qo’ldan chiqarishni istamasang, maktabni qo’lda mustahkam degan edi fransuz yozuvchisi Anri Barbyus. Darhaqiqat, kelajagimiz davomchilari bo’lmish yosh avlodni har tomonlama mukammal etib tarbiyalash, ularga bilim berish, xaqiqiy fidoyilik va mustahkam iroda talab etadi. Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qo’llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog’liqdir. Ta’lim nazariyasida o’qitish (ta’lim) metodlari markaziy o’rin egallaydi. “Metod” yunoncha metodos so’z bo’lib, «yo’l», tatbiq qilish kabi ma’nolarni anglatadi. Ta’lim metodi ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlaridir. O’qituvchining yangi mavzuga tayyorgarlik ko’rishida metodlar va metodik usullarni tanlashi – bu ularning o’zaro almashinuvini vaqt va didaktik maqsad bo’yicha muvozanatlashtirish demakdir. Pirovard natijasida o’quvchilar aqliy va amaliy faolligining yuqori darajasini ta’minlashga sharoit yaratiladi. To’g’ri qo’llanilgan metodlar ob’ektiv voqelikka oid bilimlarmi chuqurlashtiradi va yaxlit hamda mashg’ulotning ilmiy- nazariy darajasini oshiradi. Ketma-ket saralangan o’qitish metodlari ma’lum darajada bilish va kasbiy qiziqishini rivojlantirishga , mustaqil amaliy faolyatni faollashtirishga olib keladi. Ta’lim metodlari o’qitishning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o’quv materialini nazariy va amaliy yo’naltirish yo’llarini anglatadi. O’qtish metodlari ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining qanday bo’lishi, o’qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda o’quvchilar qanday ish harakatlarini bajarishlari kerakligini belgilab beradi. Endilikda o’qituvchi akter emas, balki rejisyor vazifasini bajaradi. Innovatsion metodlar o’qituvchi bilan o’quvchilarning o’qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yo’lidir. O’qituvchi insoniyat tajribasida to’plangan bilimlar bilan hali bu bilimlarga ega bo’lmagan bolaning ongi o’rtasida vositachilik rolini o’naydi. Bola ijtimoiy-tarixiy tajribadagi barcha bilim boyliklarini ta’lim olmasdan, o’qituvchisiz, mustaqil holda o’zi tizimli tarzda o’zlashtira olmaydi. O’qituvchining eng katta xizmati o’quv materialini o’zlashtirishning muayyan yo’l, usullarini belgilashda namoyon bo’ladi. Dars jarayonining metodi o’quv materialini bayon qilishga va uni bolalar yaxshi bilib olishga qaratilgan faoliyatning yo’li, usulidir. Ta’lim jarayoni va natijalari o’qituvchining o’quvchilar bilish faoliyati harakatini belgilovchi ish usulariga bog’liqdir. Shu sababli doimo pedagogikada ta’lim metodlariga o’qituvchining ish usullari va o’quvchilarning bilish faoliyati usullari deb qaraladiki, bu usullarning har ikkalasi ham o’quv vazifalarini bajarishga qaratilgandir. Pedagogik metodlar o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining xususiyatini belgilaydi, ta’limning maqsadi va mazmuniga bog’liq bo’ladi.
    Texnologiya darslarida o’quvchilarning kasbga yo’naltirish uchun turli xil metodlardan foydalaniladi. Quyida biz sizlarga ushbu metodlardan qanday foydalanish haqida ma’lumot bermoqchimiz.
    Assalomu-alaykum, aziz o’quvchilarim! Darsimizni boshlashdan oldin, bugungi tinch, osuda hayotimizga shukronalar aytib, shunday kunlar qadriga yetishga, yaqinlashib kelayotgan ”Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Vatan ozodligi yo’lida jasorat ko’rsatgan xalqimizning asl farzandlari oldida ta’zim qilamiz.Yurtboshimiz sizga o’xshagan kelajak egalariga doimo ishonch bilan qaraydilar.(Monitorda yurtboshimizning so’zlagan nutqlari videorolikda namoyish etiladi)
    O’quvchilar o’zaro guruhlarda darsni boshlashadi. O’z jamoalarini tanishtirishadi.

    Download 2.07 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 2.07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kasb tanlashga yo’llash texnologiyasi. Professiogramma, Psixogramma, Kasb tanlash varaqasi va boshqalar. Amaliy mashg’ulot: Professiogramma va kasb tanlash varaqasini to’ldirish ishlari”

    Download 2.07 Mb.