Kent kimyo-texnologiya insti




Download 69.67 Kb.
bet1/14
Sana14.10.2022
Hajmi69.67 Kb.
#27225
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
KT1 Odob axloq qoidalari
Kompyuter taqdimotlari PowerPoint taqdimotga grafiklarni joylashtirish, O\'zbekiston tarixi. 11-sinf (2018,N.Jo\'rayev, A.Zamonov), Css elments, file, Gift template

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI







TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTINING
ODOB-AXLOQ KODEKSI



TOShKENT – 2022

k e l i sh i l d i
toshkent kimyo-texnologiya instituti
Kasaba uyushmasi raisi A.A.Abdurahmonov


_______________


____________ 2022 yil

T a s d i q l a y m a n
toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonov


_______________


____________ 2022 yil

(Institut kengashining
2022 yil “ ” ________dagi
____-sonli qarori)


ODOB-AXLOQ KODEKSI


1-bob. Umumiy qoidalar


1-modda. Ushbu kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ushbu Kodeks O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, boshqa qonun va qonunosti hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, institut pedagog va boshqa xodimlari, talabalari, doktorantlari kasbiy odob-axloqining tamoyillari, normalari, ta’lim jarayoni va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.


2-modda. Odob-axloq kodeksining maqsad va vazifalari
Odob-axloq kodeksining maqsadlari:
xodim, talaba va doktorantlarda umumiy madaniyatni rivojlantirish;
institut xodim, talaba va doktorantlarining zamonaviy imijini shakllantirish; xodim, talaba va doktorantlarni institut va uning qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash;
institut odob-axloqi tushunchasini takomillashtirish va institutda tashqi ko‘rinish va xulq-atvorga bo‘lgan talablarga oid yagona yondashuvni ishlab chiqishdan iboratdir.
Odob-axloq kodeksining vazifalari quyidagilardan iborat:
huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, xodim talaba va doktorantlar orasida odob-axloq qoidalarini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan nomaqbul hatti-harakat, jumladan, zo‘ravonlik, shafqatsizlik va hayosizlikni targ‘ib va tashviq qilish, shuningdek, turli salbiy illatlar va milliy mentalitetimizga yot bo‘lgan g‘oya va qarashlar, ekstremizm, separatizm, fundamentalizm va “ommaviy madaniyat”ning ta’sir hamda xurujlaridan himoya qilish;
mazkur nomaqbul xatti-harakatlar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash va ularni bartaraf etish;
xodim, talaba va doktorantlarni yuksak huquqiy ong, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga qat’iy rioya qilish ruhida tarbiyalash;
xodim, talaba va doktorantlarda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini doimo hurmat qilish va himoya qilish ko‘nikmasini shakllantirish va yuksaltirish;
xodim, talaba va doktorantlarda vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish va ularni milliy qadriyatlarimizga hurmat qilish, xotin-qizlar sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, ularga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik ruhida tarbiyalash;
institutda sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish va rivojlantirish;
institut xodim, talaba va doktorantlarida tashqi ko‘rinishga oid madaniyatni shakllantirish uchun sharoitlar yaratish;
institutning davlat va jamiyat hayotidagi hamda ta’lim tizimidagi nufuzi, obro‘-e’tiborini asrab-avaylash va yanada oshirish.



Download 69.67 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 69.67 Kb.