Kimyoviy kompyuter modellash




Download 14.25 Mb.
bet16/23
Sana23.12.2019
Hajmi14.25 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23

GaussView (www.gaussian.com) interfeysi asosan Gaussian programmasida hisoblashlarni amalga oshirish va hisoblash natijalarini (*.out va *.log fayllarni) o’qishga mo’ljallangan (komertsial) majmua.

ChemCraft (www.chemcraftprog.com/order.html) programmasining cheklangan imkoniyatli, olti oylik demo varianti mavjud. Unda birikma geometriyasini chizish mumkin emas. Gaussian va Gamess input fayllarinida keltirilgan birikma strukturasini visual qilish imkoniyatiga ega. Ushbu programmada Gaussian va Gamess hisoblash natijalarini tahlil qilish mumkin. Ayrim input fayllarni bir-biriga o’gira oladi.



MaSK interfeysi Gamess programmasi uchun birikma geometriyasini chizish yo’li bilan input fayl tuzish imkoniyatiga ega. Yuklab olish va o’rnatish mumkin (bepul). Birikma geometriyasini chizish uchun avvalo “++” (Add atoms or groups of atoms) belgi va kerakli atom tanlanadi. Keyingi atom tanlangandan keyin “++” oldingi atom ustiga bosiladi va programmaning o’zi kimyoviy bog’ hosil qiladi. Masalan, “++” bilan H atomi tanlanib, oldingi C atomi ustiga bosilsa C-H bog’i hosil bo’ladi. Shu amal yana takrorlansa H-C-H guruhini hosil qiladi.

Avogadro – interfeys hamda molekulyar mexanika hisoblash majmuasi (bepul). Birikmalar geometriyasi chizish (draw tool) yo’li bilan hosil qilinadi. “Draw tool” programmada “qalam” belgisi bilan ifodalangan.


Chizilgan C atomlariga “Add hydrogens” tugmasini bosish orqali H atomlarini qo’shish mumkin.



Avogadro programmasi ko’pchilik kvant-kimyoviy hisoblash majmualari uchun input fayllar tuzish ko’zda tutilgan.



Birikma geometriyasi chizilayotganda boglangan atomlar ketma-ketligi saqlanishi kerak. Hisoblash jarayonlari visuallashtirilgan majmualarda notartib holatda chizilgan struktura normal optimizasiya qilinishi mumkin. Lekin, Gamess, Gaussian kabi programmalarda noempirik hisoblashlarda xatoliklarga yo’l qo’yilishi mumkin.



Download 14.25 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Download 14.25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kimyoviy kompyuter modellash

Download 14.25 Mb.