Kirish i-bob. Web saytlarni hosil qiluvchi dasturlar




Download 132.77 Kb.
bet1/19
Sana27.09.2023
Hajmi132.77 Kb.
#84385
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
G\'ofur Ergashev kurs ishi (1)
Mustaqil ish N1

  1. MUNDARIJA

KIRISH……………………………………………………………………………..3
I-BOB. WEB SAYTLARNI HOSIL QILUVCHI DASTURLAR………………...8

    1. Web sayt yaratish dasturiy ta’minotlari………………………………………...8

    2. Web saytlarni hosil qilish………………………………………………...…….9

    3. HTML dasturlash tili haqida ma’lumotlar…………………………………….10

    4. Cascading Style Sheets (CSS) dasturlash tili haqida ma’lumotlar…………....11

II-BOB WEB SAYT TARIXI…………………………………………………….24
2.1 1988-2001-yillar………………………………………………………………24
2.2 Birinchi brauzerlar urushining tugashi…………..……………………….…..25
2.3 Yaratish turlari……………………………………………………….………29
2.4 Bosh sahifa dizayni………………………………………………………….31
XULOSA…………………………………………………………….…………35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………36


KIRISH
XXI asr haqiqatdan ham axborot texnoloyiyalar asri ekanligini tan olish joiz, chunki biz yashab turgan ushbu davrda axborotlar oqimi shu darajada jadal rivojlanib bormoqda-ki, bu jarayonni ko‘rmaslik muinkin emas va har birimiz usbu jarayonning ma’lim m a’noda ishtirokchisiga aylanib ulgurdik. Zamon taiablari va sanoat ehtiyojlaridan kelib chiqgan holda «Kompyuter grafikasi va dizayn» fani har bir soha bilan uzviy bog‘lanib, unga bo!lgan ehtiyoj tobora o‘shib borayotganligini kuzatish qiyin emas. M a’lumki, axborot almashinuvida insonning ko‘rish sezgi organi yordamida qabul qilingan axborot eng samarali hisoblanadi va u xotirada ham chuqur iz qoldiradi. Tovush vositasida berilgan axborot ham ijobiy ta'sir etadi. Ammo axborot almashinuvi nafaqat so‘ziar va tovushlar, balki tasvirlar, ranglar va shakllar bilan ham amalga oshiriladi. Buning yorqin dalili sifatida tnrii xil kitoblar, daftar va jumallar muqovalari, ko‘chalar yoqasida va binolar peshtoqida ilingan reklamalar, ommaviy axborot vositasi bo‘lgan televideniye orqali uzatilayotgan turli xildagi kinolar, klipiar va boshqa ijtimoiy-madaniy ko‘rsatuvlar, gazeta va internet orqali berilayotgan manbalarning naqadar did bilan ishlanganligi, uyali aloqa vositalarining platformalaridan ham ko‘rishimiz mumkin. Albatta, ushbu ishlar zamirida yurtimiz iqtisodiyotini ichki va tashqi bozorda yanada mustahkamlash va xalq farovonligini ta’minlash uchun o‘zining intellektual qobiliyatlarini namoyon etadigan yuksak malakali mutaxassis kadriar tayyorlash kabi vazifalarga bog‘liq ravishda oliy ta’lim muassasasining ilmiy salohiyati -va moddiytexnik ta’minlanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta'lim muassasalarining moddiytexnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2011 yil 20 maydagi PQ-1533-son qarori hamda «Axborot-kommunikatsiva texnologiyalari sohasida kadriar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2013 yil 26 martdagi PQ-1942-son qarori, shuningdek, «2011-2016 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash Dasturi» oliy ta’lim sohasida qator yo'nalishlar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatish va ta’lim mazmunini takomillashtirishni talab etdi. Jumladan, o ‘quv va ilmiy laboratoriyaiami lingafon kabinetlari hamda ulardagi ilmiy asbob-uskunalari, jihozlari zamon talabiga mos ravishda yangilanishini jadallashtirish, fanning eng ilg'or yutuqlari bilan boyitilgan o‘quv adabiyotlari, zamonaviy kompyuter texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalari bilan ta’minlash, axborot resurs markazlarining avtomatlashtirilishi va Internet tarmog‘iga chiqish imkoniyatini yaratish kabi vazifalar belgilangan. Hozirgi kunda ushbu vazifalarga bog'liq ravishda respublikada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yangi o'quv adabiyotlami yaratish, axborot resurs markazlariga joylashtirish va ulardan samarali foydalanishni rivojlantirishga alohida e ’tibor qaratilayotganini ko'rish mumkin. Ushbu vazifalarga bog‘liq ravishda mazkur o ‘quv qo‘llanma yurtimiz oliy ta'lim tizimidagi bakalavr bosqichida o'qitiladigan «Kompyuter grafikasi va dizayn» o'quv fani mazmunini yoritishga bag‘ishlangan. Kompyuter grafikasi va dizaynning qo'llanish ko’lami juda ham keng bo‘lib, avvalo ushbu sohaning vizualligi va dizayni diqqatga sazovordir. Grafik dizaynda o‘lcham, shakl, rang teksturasi, kompozitsiya, ko‘chirish va shriftlar muhim ahamiyatga ega. Berilgan topshiriqni mavjud grafik dasturlarda bajarish va kerakli natijaga erishish uchun shakllar, shriftlar va ulaming o‘lchamlari bilan ishlash, ularga rang berishda rang modellari va tekstura haqida tasavvurga ega bo'lish, kompozitsiyani bilish, tasvimi kompyuter ekraniga chiqarish va u bilan bog'liq amallarni bajarish foydalanuvchidan ma’lum darajada geometrik bilimlarni talab etadi. Jumladan, obyektlami tekislikda va fazoda almashtirish. proeksiyalash, fazoda tasvirlash, ko'rinmas chiziq va sirtlarni oiib tashlash, bo'yash, numing yo‘nalishini kuzatish, rang modellari haqidagi ma’lumotlar qoilanm ada o'z aksini topgan. Keltirilgan nazariy m a’lumotlar asosida real obyektiami yaratish, ikki va uch e/lchovli grafika sohasida ilovalar yaratish uchun keng tarqalgan amaliy dasturiy interfeyslardan biri hisoblangan OpenGL muhiti qarab chiqilgan. OpenGLda axborotlar birligi uchlar hisoblanadi va ular yordamida murakkab obyektlar quriladi. Dasturchi uchlami yaratadi va ularni qanday birlashtirish (chiziqlar yoki ko'pburchaklar orqali) kerakligini ko‘rsatadi, kamera va chiroq koordinatalari hamda parametrlarini o‘rnatadi, OpenGL esa ekranda tasvirni yaratish ishi bilan shug‘ullanadi. OpenGL dasturchilar uchun katta bo'lmagan uch o‘lchovli salinani qurishda juda ham qo‘l keladi. Uch o‘lchovli grafika algoritmlarini amaiga oshirish tafsilotlari haqida o‘ylashga esa hojat yo‘q. Uch o‘lchovli dasturlashtirish bilan shug'ullanuvchi professionallar uchun ham kutubxona foydali, chunki u asosiy mexanizmlarni namoyon etadi va belgilangan avtomatlashuvni bajaradi. OpenGL apparatga bog‘liq boim agan kutubxona hisoblanadi. OpenGL dan foydalanib uch o‘lcnovli sahnani osongina yaratish, unga teksturalar qo‘yish, yorugiik manbalari bilan yoritish, shaffoflik, tuman effektini berish, ranglarni aralashtirish, shuningdek, trafaret joylashtirish, sahna obyektlarini, kameralar va chiroqlami belgilangan trayektoriya bo'yicha harakatlantirish, aynan animatsiya tayyorlash mumkin.
Bugungi kunda Internet olamiga faqatgina kompyuterlar bilan emas, balki uyali telefon aloqa texnologiyalari yordamida ham kirish oddiy holga aylandi. Shuningdek, hozirgi globallashgan davrda har tomonlama takomillashtirilgan vositalar va kashfiyotlar ham sinovdan o‘tkazilmoqda. Global kompyuter tarmog‘i bugungi kungacha ma’lum bo‘lgan barcha axborot manbalaridan (telefon, pochta, televidenie, radio, matbuot nashrlari va boshqalar) farqli holda, o‘z foydalanuvchilariga har qanday ma’lumotni istalgan shakl va ko‘rinishda, ularning qiziqish va xohishlariga qarab, alohida tanlov asosida uzatish va olish uchun qulay imkoniyat yaratib kelmoqda. Kompyuter grafikasi va Web dizayn fani 5110100 – Matematika va informatika ta’lim yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar uchun moʻljallangan bo‘lib, fanni o‘qitish natijasida bo‘lajak informatika o‘qituvchilari web-saytlar yaratishda qo‘yiladigan talablar, dasturiy vositalar va ularning tasnifi, ulardan foydalangan holda web-saytlar yaratishga oid bugungi kunning zamonaviy bilimlari bilan qurollantirishga e’tibor qaratiladi. Kompyuter grafikasi va Web dizayn fanini o‘qitishdan maqsad - informatika o‘qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim web-dizaynga oid bo‘lgan bilimlar va amalda qo‘tlash uchun ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Unda har bir kasb egasining faoliyati kerak bo‘lgan tayanch nazariy va amaliy ma’lumotlami o‘z ichiga oladi. Kompyuter grafikasi va Web dizayn fanining vazifasi: - kompyuter grafikasi haqida umumiy ma’lumot berish; - web texnologiyalar asoslari bilan tanishtirish; - zamonaviy axborot texnologiyalari orqali olinayotgan ma’lumotlarning qanday hosil qilinishi va ulardan foydalanish haqida ma’lumotlarni berish; - web saytlarni hosil qiluvchi dasturlar va dasturlash tillari bilimlari bilan tanishtirish: - Flash muhitida oddiy va interfaol animasiyalar, flash saylar yaratishga o‘rgatishdan iborat.

Download 132.77 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 132.77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish i-bob. Web saytlarni hosil qiluvchi dasturlar

Download 132.77 Kb.