• Katalizatorlar haqida tushuncha.
  • Kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradigan va bu jarayonda o‘zgar
  • Ozon – moviyrang, xarakterli hidga ega, suvda kisloroddan yaxshi- roq eriydigan gaz (0°C da 1 l suvda 490 ml ozon eriydi).
  • Ozon kisloroddan kuchli sovutish orqali ajratib olinadi ( −111,9° C daozon qaynaydi). l Ozon zaharli. Uning havodagi miqdori 10 −5% dan ortmasligi lozim.
  • Savol va topshiriqlar
  • REFERAU Mavzu: Kislorod Bajardi: Halillayeva Sevinch
  • Kislorod tabiatda kislorod atomlaridan ikki xildagi oddiy modda hosil bo‘ladi. Ya’ni kislorod (O2) va ozon (O3). Kislorod – Siz bilan biz nafas olayotgan havo tarkibidagi baliqlar nafas olayotgan, ya’ni suvda oz bo‘lsa-da erigan gaz




    Download 22.75 Kb.
    Sana29.04.2022
    Hajmi22.75 Kb.
    #20502
    Bog'liq
    KISLOROD
    Автомобилларга техник хизмат кўрсатиш бўйича техник механик, Maxsudov Sardorbek. Fozil odamlar shahri

    KISLOROD

    Tabiatda kislorod atomlaridan ikki xildagi oddiy modda hosil bo‘ladi.


    Ya’ni kislorod (O2) va ozon (O3). 
    Kislorod – Siz bilan biz nafas olayotgan havo tarkibidagi baliqlar nafas olayotgan,
    ya’ni suvda oz bo‘lsa-da erigan gaz.
    Olinishi. Laboratoriyada kislorod quyidagi
    usullar yordamida olinadi:
    1. Kaliy permanganatni qizdirib parchalash:
    t°2KMnO4= K2MnO4+ MnO2+ O2
    .
    2. Bertole tuzini katalizator ishtirokida
    qizdirib parchalash: 
    MnO22KClO3 —→ 2KCl + 3O2 .
    3. Ishqoriy metallar nitratlarini qizdirib
    parchalash: 
    t°2NaNO3= 2NaNO2+ O2 .
    4. Suvni elektroliz qilish (19-rasm)
    (bu usul bilan toza kislorod olinadi):
    el toki 2H2O —→ 2H2+ O2 .
    5. Vodorod peroksidni katalizator ishtiroki-
    da parchalash (20-rasm): 
    MnO22H2O2===== 2H2O + O2 .
    Sanoatda kislorod suvni elektroliz qilish
    orqali yoki suyuq havodan olinadi.
    Katalizatorlar haqida tushuncha. Kislo -
    rodning oli 
    nishidagi vodorod peroksidning
    parchalanish reaksiyasiga e’tiborimizni qaratsak, bu jarayon marganes (IV)-
    oksid (MnO2) – qora kukun ta’sirida juda tez amalga oshadi. Kislorod shid-
    datli ravishda ajralib chiqa boshlaydi va reaksiyadan so‘ng idishda suv va
    qora kukun (MnO2) sarflanmasdan qoladi.
    Idish tubidagi kukunni filtrlab quritsak, uning dastlabki massasi va xos-
    salari o‘zgarmasdan qolganligini kuzatish mumkin. Undan yana vodorod pe -
    roksidning boshqa namunalarini parchalashda foydalanish mumkin.
    19-rasm. Suv elektrolizida 2 hajm
    vodorod va 1 hajm kislorod hosil
    bo‘ladi.
    20-rasm. H2O2ni MnO2ishtirokida parchalash.

    Kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradigan va bu jarayonda o‘zgar-


    masdan, sarflanmay qoladigan moddalar katalizatorlar deyiladi.
    Katalizator ishtirokida boradigan jarayon kataliz deb ataladi.
    Fizik xossalari. Kislorod molekulasi ikki atomdan iborat bo‘lib, oddiy
    modda sifatida O

    formula bilan ifodalanadi. Nisbiy molekular massasi 32 ga
    teng. Odatdagi sharoitda kislorod – rangsiz, ta’msiz va hidsiz gaz. Havodan
    biroz og‘ir (1 kislorodning massasi 1,43 g; 1 havoning massasi 1,293 g).
    Kislorod suvda juda oz eriydi: 0°C da 1 suvda 49 ml, 20°C da 1 l suvda
    31 ml kislorod eriydi. 1500°C atrofida kislorod atomlarga ajray boshlaydi.
    183°C da kislorod havorang suyuqlikka aylanadi. Suyuq kislorod magnitga
    tortilish xususiyatiga ega.
    Ozon. Kislorod yoki havodan elektr uchquni o‘tkazilsa (yoki mo 
    -
    maqaldiroqda, chaqmoq chaqqanda) o‘ziga xos hidga ega yangi modda –
    ozon hosil bo‘ladi. Ozonni toza kisloroddan olish mumkinligi hamda faqat
    kislorod atomlaridan tashkil topganligi uni kislorodning allotropik shakl
    o‘zgarishi ekanligini tasdiqlaydi:
    3O2= 2O3– 289 kJ.
    Ozon doimiy ravishda stratosferada (Yer yuzasidan 23–25 km balandlikda-
    gi havo qatlami) Quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida ninabargli o‘simlik-
    larda smolasimon moddalarning oksidlanishi natijasida hosil bo‘lib turadi.
    Stratosferada 2–4,5 mm li ozon qatlami bo‘lib, u Yerni Quyoshning
    halokatli radia tsiyasidan (zararli nurlaridan) himoya qiladi. Ozon qatlamining
    yemirilishi Yerdagi tirik hayot uchun o‘ta xavflidir. Shuning uchun olimlar
    doimiy ravishda ozon qatlami «teshiklarining» hosil bo‘lish sabablari va ular -
    ning oldini olish choralari ustida izlanishlar olib borish moqda.
    Ozon rezinani yemiradi, moylar va qog‘ozni oqartiradi, bakteriyalarni
    o‘ldiradi. Sanoatda texnologik jarayonlarni takomillashtirishda, tutun gazlari-
    ni, sanoat va maishiy hayot oqavalarini tozalashda, havo va ichimlik suvlarini
    dezinfeksiyalashda ishlatiladi.
    Ozon – moviyrang, xarakterli hidga ega, suvda kisloroddan yaxshi-
    roq eriydigan gaz (0°C da 1 suvda 490 ml ozon eriydi).
    Ozon osonlik bilan parchalanadi:
    O3= O2+ [O]; 2[O] = O2.
    Ozon laboratoriyada ozonator yordamida olinadi.
    Ozon kisloroddan kuchli sovutish orqali ajratib olinadi (111,9° C daozon qaynaydi).
    Ozon zaharli. Uning havodagi miqdori 105% dan ortmasligi lozim. Kumush kislorod bilan ta’sirlashmasa-da, ozon uni oksidga aylanti radi.
    Tayanch iboralar:
    kislorod molekulasi, ozon, ultrabinafsha nur,
    quyosh radiatsiyasi, smolasimon moddalar, elektr razryadi, ozonator,
    dezinfeksiya, oksidlovchi, katalizator, kataliz.
    Savol va topshiriqlar:
    1. Kislorodning fizik xossalarini ta’riflang.
    2. Kislorod xalq xo‘jaligining qaysi sohalarida ishlatiladi?
    3. Quyidagi gaplarning qaysi birida kislorod elementi, qaysi birida
    oddiy modda sifatidagi kislorod haqida gap borayotganligini
    aniqlang: 1) baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi;
    2) suv tarkibida kislorod bor; 3) yonilg‘ilarning yonishi uchun
    kislorod kerak; 4) fotosintez natijasida o‘simliklar kislorod ajratib
    chiqaradi; 5) shakar tarkibida kislorod bor. 
    4. Ozon tabiatda qanday hosil bo‘ladi?
    5. Ozon qatlami va undagi «teshiklar» haqida nimalarni bilasiz?
    6. Kislorod ozonlashtirilganda hajmi 8 ml ga kamaydi. Qancha hajm
    kislorod ozonga aylangan va qancha hajm ozon hosil bo‘lgan?
    7. Ozon va kislorod aralashmasining o‘rtacha molekular massasi
    40 g, aralashmada necha % kislorod bor?



    REFERAU

    Mavzu: Kislorod

    Bajardi: Halillayeva Sevinch
    Download 22.75 Kb.




    Download 22.75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kislorod tabiatda kislorod atomlaridan ikki xildagi oddiy modda hosil bo‘ladi. Ya’ni kislorod (O2) va ozon (O3). Kislorod – Siz bilan biz nafas olayotgan havo tarkibidagi baliqlar nafas olayotgan, ya’ni suvda oz bo‘lsa-da erigan gaz

    Download 22.75 Kb.