Kompaniyaning raqobat pozitsiyasining mustahkamligi. Kompaniyalar oldidagi strategik muammolar




Download 23.79 Kb.
Sana09.03.2024
Hajmi23.79 Kb.
#169341
Bog'liq
Strategik Menejment oraliq
Ibotov Qobiljon Nurilla o‘g‘li, Ro`zimov Zafarbek O`TSQ (12), Abdullayeva Shoxida ppt, presentationbusiness original, Sanoat iqtisodiyoti Sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy yetish, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi t-fayllar.org, 10-Mavzu Ma’lumotlar bazalari va katta hajmdagi ma’lumotlar bil jjjkk(1), Bajardi narzullayev. Sh qabul qildi G’. Nuraliyev mavzu tashk-azkurs.org, Tashkilotning ichki va tashqi muhiti-azkurs.org, Ekonometrika fanining maqsadi, metodi va vazifalari, 231-9 Buxgarleriya, Ekonometrika fanining maqsadi, metodi va vazifalari (1), O‘ZBEK TILI IBORALARI, Komila kontrakt chek

Kompaniyaning raqobat pozitsiyasining mustahkamligi. Kompaniyalar oldidagi strategik muammolar.

Kompaniyada yuzaga kelgan vaziyatni eng aniq ko`rsatadigan indiqatorlardan biri - uning uz raqobatchilariga nisbatan narx pozitsiyasidir. Bu ayniqsa mahsuloti kam differensiyalashgan tarmoqlarga taalluqli bo`lib, kompaniya har qanday sharoitda ham uzraqiblardan orqada qolmasligi kerak, aks holda raqobatli pozitsiyani qo’ldan boy berib qo’yishi mumkin. Raqobatchilarning xarajatlaridagi farqlarga quyidagilar sabab bo`lishi mumkin:
- xomashyo, materiallar, tarkibiy qismlar, energiya va shu kabilarning
narxlaridagi farqlar;
- asosiy texnologiyalar, asbob-uskunalarning yoshidagi farqlar;
- ishlab chiqarish birliklarining kattaligi turlicha bo`lganligi, ishlab
chiqarishning kumulyativ ta’siri, ishlab chiqarish unumdorlik darajalari, turli soliq sharoitlari, ishlab chiqarishni tashkil qilish darajasi va hokazolar tufayli ichki tannarxlardagi farqlar;
- inflyasiya vavalyuta kurslarining o`zgarishiga kuchli bog’liqlik;
- transport xarajatlaridagi farqlar;
- taqsimot kanallariga sarflanadigan xarajatlardagi farqlar.
Strategik qiymatli tahlilda asosiy e’tibor firmaning uz raqiblariga nisbatan qiymat pozitsiyasiga qaratiladi. Agar firma zanjirning orqa yoki oldingi qismlarida raqobatbardoshlikni kuldan boy bersa, u raqobatbardoshlikni tiklash maqsadida uz ichki xatti-harakatlarini uzgartirishi mumkin.
Qiymat bushliqlari asosan zanjirning orqa qismida yotsa, firma quyidagi olti xil strategik xatti-harakatlarni amalga oshirishi mumkin:
- yetkazib beruvchilar bilan uzi uchun qulay narxlar tug’risidakelishib olishi;
- yetkazib beruvchilar bilan ularning xarajatlarini kamaytirish maqsadida ish olib borishi;
- moddiy xarajatlarni nazorat qilish uchun orqaga tomon integratsiyalanishi;
- arzonroq o’rinbosartarkibiy qismlardan foydalanishga urinishi;
- taqsimotning narxlari maqbul bo`lgan yangi manbalarini topishi;
- zanjirning boshqa qismlarida tejamkorlik evaziga farqni kamaytirishga urinishi mumkin.
Qiymat buyicha raqobatbardoshlikning boy berilishiga sabab zanjirning ichki sohalarida bulsa, quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
- byudjetning ichki moddalarini taftish qilish;
- ishchilarning va qimmatbaho asbob-uskunalarning mexnat unumdorligini kutarishga urinish;
- ba’zi texnologik jarayonlarni firmaning uzida emas, balki chetda bajarish foydaliroq bulish-bulmasligini urganib chiqish;
- resurslarni tejovchi texnologik yangiliklarni investitsiyalash;
- qiymatning xavf tug’dirayotgantarkibiy qismlarini ishlab chiqarish vaasbobuskunalarga yangi investitsiyalar ob’ektisifatida ko’rib chiqish;
- mahsulotning qiymatini kamaytirish maqsadida uniyangilash va hokazo;
Firmaning raqobat pozitsiyasi kuchini baholash. Qiymat, raqobat pozitsiyasini baholashga qo’shimcharavishda kompaniyaning raqobat pozitsiyasi varaqobatchilik kuchini umumiy tahlil qilish ham talab qilinadi.
U quyidagi savollarga javob berishi kerak:
- firmaning bugungi raqobat pozitsiyasi qanchalik kuchli?
- bugungi strategiyadan foydalanilganda raqobat pozitsiyasining qanday o`zgarishinikutish mumkin?
- firmaning qanday raqobat ustunliklari bor?
Firmaning raqobat prozitsiyalarini baholash uchun muvaffaqiyatning asosiy omillari buyicha balli baholar shkalasidan foydalaniladi. Bunda firma va uning raqiblari buyicha ana shunday omillar solishtirib kuriladi (1-jadval).
Umumiy qoida: kompaniya o`zining raqobatdagi kuchli jihatlarini kupaytirib borishi va o`zining raqobatchilikdagi zaif jihatlarini himoya qilishi kerak. U o’z strategiyasida o`zining kuchli jihatlariga tayanishi va zaif jihatlarini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni kurishi lozim. Ayni paytda raqiblarning kuchli jihatlari reytingi hujumning qaysi tomondan bo`lishini vaaksincha, raqiblarning zaif tomoni qayerda ekanligini ko`rsatadi. Agar aynan kompaniya raqobatda kuchli bo`lgan jihatlarda raqiblar zaif bulsa, ushbu vaziyatdan foydalanib qolish chora-tadbirlarini kurish lozim.

Firmaning raqobat pozitsiyasidagi kuchli vazaif jihat belgilari


1-Jadval

Ustunlik belgilari

Zaiflik belgilari

Muhim farq qiluvchi ustunliklar

Real farq qiluvchi ustunliklarning
yuqligi

Bozor ulushining kattaligi (yoki bozorda
peshqadamlik

Bozordagi asosiy raqiblarga nisbatan
yuqotishlar

Izchil yoki ajralib turuvchi strategiya

Aniq strategiyarategiyaning yo'qligi

Iste'molchilar sonining o`sishi va
ularning sodiqligi

Iste'molchilar oldida obro'ning
pasayishi

Peshqadamlarning strategik guruhida bolish

O'z pozitsiyalarini qo’ldan boy
berayotgan strategik guruhga tushib
qolish

Tez usib borayotgan bozor segmentlarida
konsentratsiyalanish

Bozor potensiali eng katta bo`lgan sohalardagi zaiflik

Narxdagi ustunlik

Tannarxi yuqori bo`lgan tovarlar ishlab
chiqarish

Daromad urtachadan yuqori

Daromadlarning o`sishi urtachadan past

Marketing mahorati urtachadan yuqori

Bozorda muvaffaqiyat qozonishning
asosiy omillari kam

Texnologik va innovatsion qobiliyatlar
urtachadan yuqori

Mahsulotlar ishlab chiqishda sustlik,
sifatning yaxshi emasligi

Xavf-xatarlarga tashabbuskor,
tadbirkorlarcha yondashuv

Vujudga kelayotgan taxdidlarga
nisbatan yaxshi pozitsiyaning yuqligi

Qulay imkoniyatlarni kupaytirish
pozitsiyasi

Asosiy raqiblarga nisbatan yuqotishlar

Strategiya qanchalik yaxshi amalga oshirilayotganini baholash uchun quyidagilar muhim:


1)kompaniyaning raqobatchilar orasidagi o’rninianiqlash;
2)kompaniyaning tarmoqdagi raqobat chegaralarini aniqlash;
3)kompaniyaning ishlab chiqarish, marketing, moliya va kadrlar sohasidagi funksional strategiyalarini baholash;
Kompaniya strategik va moliyaviy holatining ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:
1)kompaniyaning bozordagi ulushi vatarmoqdagi o’rni;
2)foyda hajmi oshadimi, kamayadimi va u raqobatchilarning shunday ko’rsatkichlariganisbatan qanday;
3)sarmoyalar sof foydasining o’zgarishtendensiyasi;
4)kompaniyaning sotuvlari umumiy bozordagiga nisbatan tez o’syaptimi yoki sekin o’syaptimi;
5)kreditlar hajmi;
6)firmaning xaridorlar nazaridagi obro’si, uning imidji;
7)kompaniyaning texnologiya, innovatsiya, sifat va xaridorlarga xizmat ko’rsatishdayetakchiligi vahokazo.
Qullanilayotgan strategiyani baholash.
Qullanilayotgan strategiyani baholash uchun kompaniya qanday strategiyaga amal qilayotganligni tushunib olish lozim - bu:
- arzon narx vositasi bilan peshqadamlik qilish;
- raqobatchilardan farq qilib turish;
- iste’molchilarningtor guruhlariga yoki marketing bushliqlariga ixtisoslashish.
Tarmoqdagi raqobatli vaziyatning yana bir xarakteristikasi vertikal integratsiyalanish darajasi va bozorning geografik kulamidir. Bu erda ishlab chiqarish, marketing, moliya, ishchi kuchidan foydalanish sohalaridagi yordamchi strategiyalarni tahlil qilish lozim.
Bunga qo’shimcha ravishda kompaniya strategiyasining ayrim raqobatli ustunliklarni ta’minlash maqsadida raqobatli pozitsiyani yaxshilashga imkon beradigan sunggi amaliyotini tahlil qilib chiqish kerak.
Strategik faoliyatning eng aniq ko`rsatkichlari quyidagilardan iborat:
- firma nazorat ostiga olgan bozor ulushining kattalashishi yoki kichrayishi;
- firma oladigan daromad hajmining o`sishi yoki usmayotganligi xhamda bu daromadning raqobatchilarga nisbatan qay darajada ekanligi;
- firmada sof foyda tendensiyalari hamda investitsiyalarning qaytish tezligi qanday;
- firmada savdo hajmining bozordagi umumiy o`sishganisbatan tez yoki sekin usayotganligi vahokazo.
Tabiiyki, eng yaxshi strategiya xech qanday radikal o`zgarishlarni talab qilmaydigan strategiyadir.

Kuch - bushunday xususiyatki, kompaniyaga qo’shimchaimkoniyatlar beradi. Bu kuch mahoratda, sezilarli tajribada, qimmatli tashkiliy resurslarda yoki aniq imkoniyatlarda, firmaga bozorda ustunlik yaratib beruvchi yutuqlarda bo’lishimumkin. Kuch shuningdek, bozorda raqobatchilikni kuchaytirish tajribasiga ega bo’lgan boshqa bir kompaniya bilan qo’shilishi yoki sherikchilik qilish yo’li bilan ham yaratilishi mumkin.


Zaiflik - bu kompaniya faoliyati uchun zarur bo`lgan nimaningdir
yetishmasligi, kompaniya qila olmaydigan qandaydir ish yoki kompaniyani noqulay vaziyatga solib qo’yadigan sharoit. Kompaniyaning kuchli va zaif jihatlari aniqlangach, har ikkala ro’yxat o’rganilishi va baholanishi lozim. Buning uchun SWOT tizimi qo’llaniladi(tahlil, xarajatlar tahlili, imkoniyatlar vaboshqalar tahlili).
Bunda kuch va zaiflik balansi tuziladi. Kompaniyaning eng muhim yutug’i - bu raqiblariga nisbatan kompaniya yaxshi bajara oladigan ishdir.
Kompaniyaning raqobatchilik kuchi va pozitsiyasi chuqurroq tahlil qilinishi lozim.
Buning uchun quyidagilar aniqlanadi:
hozirgivaqtda kompaniya o’ziningraqobat pozitsiyasini qanchalik qattiq ushlab turibdi;
amaldagi strategiya saqlanib qolsa kompaniya raqobat pozitsiyasining mustahkamlanish vazaiflashishistiqboli qanday;
asosiy raqiblar ichida kompaniya qanday o’ringaega;
hozirgivaqtda kompaniya asosiy raqiblardan ustunmi yoki orqadami;
tarmoqning harakatlantiruvchi kuchlari, raqobat bosimlari, raqobatchilarning kutilayotgan qadamlaridan kelib chiqib kompaniya o’ziningpozitsiyasini himoya qila
oladimi;
Busavollarga javob topish uchun quyidagilarni bajarish lozim:
1-qadam - tarmoqdagi muvaffaqiyatning kalit omillari ro’yxatituziladi;
2-qadam - har bir ko’rsatkich bo’yicha kompaniya va uning raqiblariga baho beriladi;
3-qadam - raqiblarning kuchli tomonlariga berilgan baho umumlashtiriladi;
4- qadam - raqiblarning raqobatda ustunlik yoki zaif jihatlari haqida xulosa chiqariladi;

Yuqoridagi tahlil natijasini o’rganib, menejerlar nimaga e’tibor berish kerakligini aniqlashlari lozim. Kompaniyaning zaif joyini topa bilish, ana shuzaifliklarni bartaraf qilish choralarini ishlab chiqish menejerlarning asosiy vazifasiga aylanadi.


Ushbu vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun menejerlar quyidagi savollarga javob topishlari lozim:
1) tarmoqdagi harakatlantiruvchi kuchlarni hisobgaolganda firmaning bugungi strategiyasi ma’qulmi;
2) firmaning amaldagi strategiyasi tarmoqning kelajakdagi muvaffaqiyatningkalit omillariga mos keladimi;
3) tarmoqdagi 5 ta raqobat kuchlaridan amaldagi strategiya yaxshi himoya qiladimi;
4) qanday vaziyatlarda bugungi strategiya kompaniyani tashqi xavflar vaichki zaifliklardan himoya qila olmaydi;
5) biryoki bir nechta raqiblarning hujumi kompaniyaga zarar etkaza oladimi, agar etkaza olsa qanday zararetkaza oladi;
6) kompaniya raqobat ustunligiga egami yoki u raqobatchilikdagi kamchiliklarni tugatish uchun yanayam ko’proqishlashi kerakmi;
7) bugungi strategiyaning kuchli vazaif tomonlari nimalardan iborat;
8) kompaniyaning raqobat pozitsiyasini kuchaytirish uchun qo’shimchachoralar ko’rishlozimmi;
Ushbu savollarning javoblari kompaniya amaldagi strategiyasini davom ettirgani ma’qulmiyoki strategiyani tubdan o’zgartirishlozimmi degan savolga javob beradi.
Vaziyat tahlilining sunggi bosqichida kompaniyaning ish rejasini tashkil qiluvchi barcha muhim strategik yondashuvlar aniqlanadi.
U bajarilgan vaziyat taxhliliga tayanishi vaquyidagi savollarga javob berishi kerak:
- mavjud strategiya tarmoqdagi harakatlantiruvchi kuchlarga mosmi?
- mavjud strategiya tarmoqning kelgusidagi muvaffaqiyat omillari bilan qanchalik kuchli bog’liq?
- mavjud strategiya hozir vailgari emas, kelgusidagi beshta raqobat kuchidan qanchalik yaxshi himoyalangan?
- mavjud strategiya kompaniyani ichki xatarlar va tashqi zaifliklardan himoyalay oladimi?
- kompaniya bir yoki bir nechta raqiblarning hujumlaridan xavfsirashi kerakmi?
- kompaniyaning qiymat pozitsiyasini yaxshilash, ijobiy imkoniyatlarni kupaytirish yoki uning raqobatli pozitsiyasini yaxshilash uchun qo’shimcha choratadbirlarni amalga oshirish kerakmi?

Download 23.79 Kb.




Download 23.79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompaniyaning raqobat pozitsiyasining mustahkamligi. Kompaniyalar oldidagi strategik muammolar

Download 23.79 Kb.