Kompyuter grafikasi turlari. Kompyuter grafikasi uch turga bulinadi: rastrli grafika, vektorli grafika va frontal grafika




Download 27.52 Kb.
bet1/2
Sana10.01.2024
Hajmi27.52 Kb.
#133767
  1   2
Bog'liq
k g 7-mavzu
9, diplom ishi. PARVINA, ANVAR MAMATMUMINOV, marketing, Mustaqil ish bajardi Tekshirdi-www.fayllar.org, Yurak ishemik kasalligi (Yu. I. K)-fayllar.org, Economic theory - lecture 8 (1), 24, 2017. Askarova A.Sh.СОВРЕМЕННАЯ, 14-yanvar

Kompyuter grafikasi turlari.
Kompyuter grafikasi uch turga bulinadi: rastrli grafika, vektorli grafika va frontal grafika. Ular
bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog’ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi.
Rastrli grafika. Rastrli grafika nuqtalar va piksellar yordamida (nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko’p bo’lsa (ular zich qilib joylashtirilsa) unga asoslangan rasm, shakl, grafik va xokazolar shuncha aniq ko’rinib turadi. Bu munosabat bilan ekranning xal qilish qobiliyati kiritilgan bo’lib, unda gorizontal va vertikal yo’nalishlardagi nuqtalar soni muxim ro’l o’ynaydi va u ekranning xal qilish imkoniyati deyiladi.
Odatda bunday ko’rsatkich 640x480, 800x600, 1024x768 yoki bulardan yuqori piksellarda bajariladi. Tasvir o’lchovi hal qilish qobiliyati bilan bog’likdir. 15 dyuymli (1 dyuym'-2,54 sm) monitorda ekranda tasvir o’lchovi 28x21 sm ni tashkil qiladi. Buni xisobga olsak 800x600 pikselli monitorda ekranni tasvirlash qobiliyati 72 d ga teng bo’ladi. Buni hisobga olsak, xotirasida rangli tasvir ko’p joy olishini tushunish qiyin emas.
Misol uchun 10x15 sm. li rasm taxminan 1000x1500 piksellardan iborat bo’ladi. Agar xar bir rangli nuqtani tasvirlash uchun 3 bayt ketsa, bitta rasmning o’zi xotirada taxminan 4 mld bayt joyni egallaydi. Shuning uchun ham hozirda yaxshi multimedia programmalarini, videorolikni yaratish uchun 128 Mbaytdan kam bo’lmagan va mos ravishda tezligi katta bo’lganlardan foydalanish lozim. Demak,
rastrli grafika bilan ishlash uchun yuqori unumli talab qilinadi.
Rastrli grafikaning kamchiligi sifatida shuni aytish mumkinki, tasvirni masshtablashtirish
(kattalashtirish, kichiklashtirish) jarayoni natijasida nuqtalar o’lchovi kattalashishi bilan tasvir
aniqligi yomonlashishi mumkin va xatto tasvir tanib bo’lmaydigan darajaga borishi mumkin.
Rastrli grafika elektron (multimedia) va poligrafik nashrlarda keng qo’llaniladi. Nashrlardan turli
skaner orqali olingan raqamli foto yoki videokamera (xozirda bunday fotoapparat va videokameralar keng tarqalmoqda, ammo ularning baxolari hozircha ancha qimmat) yoki rassom, loyixachi tomonidan tayyorlangan tasvirlardan foydalaniladi. Shuning uchun xam rastrli grafikada taxrirlovchi programma vositalaridan keng foydalaniladi. Bu programmalar, odatda tasvirlarning aniqroq ko’rinishda bo’lishini ta'minlaydi. Ma'lumki, Internet rastrli grafika keng tarqalgan bo’lib, u bilan ishlash uchun esa ko’pincha Adobe PhotoShop programmasidan foydalaniladi.

Download 27.52 Kb.
  1   2




Download 27.52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter grafikasi turlari. Kompyuter grafikasi uch turga bulinadi: rastrli grafika, vektorli grafika va frontal grafika

Download 27.52 Kb.