• 1. Stabilitron xarakteristikasi haqida tushuncha 2. Parametrlarini tadqiq etish 3. Xulosa 4. Foydalanilgan adabiyotlar
  • Kompyuter injiniring” fakulteti “Kompyuter injiniringi” yo’nalishi “Elektronika va sxemalar” fanidan




    Download 390.01 Kb.
    bet1/2
    Sana28.01.2023
    Hajmi390.01 Kb.
    #39910
      1   2
    Bog'liq
    Madaminova Azizaxon
    Д А Л О Л А Т Н О М А карпаратив

    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI KOMPYUTER INJINIRING” fakulteti
    “Kompyuter injiniringi” yo’nalishi “Elektronika va sxemalar” fanidan
    Mavzu: Stabilitron xarakteristikasi va
    parametrlarini tadqiq qilish MUSTAQIL ISH
    Bajardi: 713-21 guruh talabasi Madaminova Azizaxon Xabibullo qizi


    Mavzu: Stabilitron xarakteristikasi va
    parametrlarini tadqiq qilish
    R E J A:
    1. Stabilitron xarakteristikasi haqida tushuncha
    2. Parametrlarini tadqiq etish
    3. Xulosa
    4. Foydalanilgan adabiyotlar
    Stabilitron xarakteristikasi haqida tushuncha

    STABILITRON [lot. stabilis — turgʻun, doimiy va (elektron) — elektr zanjirining maʼlum qismidagi kuchlanishni birday tutib turish (barkarorlash) uchun ishlatiladigan ikki elektrodli gaz razryadli yoki yarim oʻtkazgichli asbob (diod). Ishi undan oʻtadigan tokning oʻzgarishiga qarab kuchlanishning qisman oʻzgarishiga asoslangan. Yarimoʻtkazgichli, toj razryadli va tutovchi razryadli xillari bor. Yarimoʻtkazgichli Stabilitron uchun barqarorlovchi kuchlanish 3—180 V, toj razryadli Stabilitron uchun 300 V—30 kV, tutovchi razryadli Stabilitron uchun 70—160 V. Slar elektron asboblarda qoʻllaniladi.
    Stabilitron deb sxemalarda kuchlanish qiymatini barqaror (stabil) saqlab turuvchi yarimo'tkazgich asbobga aytiladi. Stabilitron sifatida VAXida tok qiymati keskin o 'zgarganda kuchlanish deyarli o'zgarmaydigan soha mavjud bo'lgan elektron asboblardan foydalaniladi. Bunday soha kremniyli yarimo'tkazgich diod elektr teshilish rejimida ishlaganda kuzatiladi. Shuning uchun yarimo'tkazgich stabilitron sifatida kremniyli diodlardan foydalaniladi.

    Stabilitronlarning sxemada shartli belgilanishi 3.7, a- va b-rasmlarda, VAXi esa 3.7, d-rasmda keltirilgan.


    3.7-rasm. Birtomonlama (a) va ikki tomonlama (b) stabilitronlarning sxemada shartli belgilanishi hamda VAXi (d).
    Keng tarqalgan kam quvvatli kremniyli stabilitronlar uchun ko'chki toki qiymati taxminan 10 mA ni tashkil etadi, shuning uchun stabilitron orqali oqayotgan tokni cheklash uchun unga ketma-ket cheklovchi, ballast qarshilik RB ulanadi (3.8, a-rasm). Agar stabilitrondan oqayotgan ko'chki toki qiymati ruxsat etilgan tok qiymatidan ortmasa, bunday rejimda u uzoq vaqt ishlashi mumkin. Ko‘pgina stabilitronlar uchun ruxsat etilgan sochiluvchi quvvat (0,1-^0,8) kVt gacha b o ‘lgan qiymatlarni tashkil etadi.
    Stabilitrondan oqayotgan tok qiymati ISTmin dan ISTmax gacha o‘zgarganda, qiymati deyarli o‘zgarmaydigan, barqarorlash kuchlanishi
    3.7- rasm
    3.8- rasm
    Stabilitron VAXning elektr teshilish sohasida ishlaydi. Barqarorlash kuchlanishi qiymati p-n o‘tish kengligiga bog‘liq, p-n o ‘tish kengligi esa, diod baza sohalaridagi kiritmalar konsentratsiyasi bilan aniqlanadi. Agar stabilitron tayyorlashda kiritmalar konsentratsiyasi yuqori bo'lgan yarimo‘tkazgichlardan foydalanilsa, p-n o‘tish kengligi yupqa bo‘lishiga erishiladi. Bunday p-n o'tishlarda tunnel teshilish sodir bo‘ladi va ishchi kuchlanishi UST3-4 Vdan oshmaydi. Stabilitron asosidagi sodda parametrik kuchlanish stabilizatori sxemasi 3.8-rasmda keltirilgan. Sxemadagi chegaralovchi (ballast) qarshilik RB qiymati berilgan kirish kuchlanishi UKIR da stabilitron orqali o'tayotgan tok qiymati ISTmin va lSTmax toklarning taxminan o‘rta qiymatiga teng bo‘ladigan qilib tanlanadi.
    IsTmin ~ stabilizatsiya tokining elektr teshilish sodir bo'ladigan minimal qiymati. ISTmax tok qiymati stabilitron sochishi mumkin bo'lgan (ruxsat etilgan) maksimal quwat Rmax bilan aniqlanadi. Kirish kuchlanishi ortganda yoki yuklama qarshiligi RYu ortishi hisobiga yuklama toki kamayganda, stabilitron orqali o‘tayotgan tok qiymati keskin ortadi.
    Keng qo’llaniladigan stabilitronlarning ba'zi elektr parametrlarining ro’yxati: δUst - barqarorlash kuchlanish; Ust - barqarorlash kuchlanishning vaqt bo’yicha nostabilligi; Uto’g’ - stabilitrondagi o’zgarmas to’g’ri kuchlanish; Ist,min - stabilitrondagi ruxsat etilgan eng kichik o’zgarmas tok; Ist,max - stabilitrondagi ruxsat etilgan eng katta o’zgarmas tok; Ito’g’,maks - stabilitrondagi ruxsat etilgan eng katta to’g’ri o’zgarmas tok; Rmaks - stabilitrondagi ruxsat etilgan eng katta sochuvchi quvvat; rst - belgilangan o’zgarmas tok rejimida (I*s) aniqlangan differensial qarshilik; st - barqarorlash kuchlanishining temperaturaviy koeffitsienti.

    Download 390.01 Kb.
      1   2




    Download 390.01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter injiniring” fakulteti “Kompyuter injiniringi” yo’nalishi “Elektronika va sxemalar” fanidan

    Download 390.01 Kb.