• 11-MA’RUZA: DARAXTSIMON MA’LUMOTLAR TUZILMALARI. BINAR VA KO’PTARMOQLI DARAXTLAR. TA’RIFLAR VA XUSUSIYATLAR. BINAR DARAXTLAR. BINAR DARAXTNI QURISH.
  • Ichki
  • Kompyuter injiniring




    Download 367.67 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana16.12.2022
    Hajmi367.67 Kb.
    #35151
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    maqsudjon 691-21
    3 tamonlama shartnoma, referat


     
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
    UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI 
    “KOMPYUTER INJINIRING” 
    FAKULTETI 
     
    “Ma’lumotlar tuzulmasi va algaritimi” 
    fanidan 
     
     
    Amaliy ish 
    Bajardi: 
    691-21 guruh talabasi 
    Ma’rufjonov Maqsudjon 
    Qabul qildi: 


    11-MA’RUZA: DARAXTSIMON MA’LUMOTLAR TUZILMALARI. 
    BINAR VA KO’PTARMOQLI DARAXTLAR. TA’RIFLAR VA 
    XUSUSIYATLAR. BINAR DARAXTLAR. BINAR DARAXTNI QURISH. 
    BINAR DARAXTLAR USTUDA AMALLAR. 
    1. Asosiy tushunchalar 
    Daraxt — bu tugunlar (cho’qqilar) va ularni birlashtiruvchi yo’naltirilgan yoy 
    (shox)lar majmuasi bo’lib, har bir tugunga (ildizdan tashqari) bitta shox (kirish yoyi) 
    yo’naltirilgan bo’ladi. 
    Ildiz — bu daraxtning boshlang’ich tuguni bo’lib, unga kirish yoy (shox)lar 
    mavjud emas. 
    Daraxt tuzilmasiga misol sifatida biror bir shaxsning oila shajarasini olish 
    mumkin. Bunda daraxt ildiziga ushbu shaxs joylashtirilsa, uning farzandlari uning 
    davomchisi (avlodi) sifatida keyingi tugunlarga joylashadi. Masalan, buyuk 
    sarkarda, davlat arbobi Amir Temur shajarasini olish mumkin. 
    Quyidagi rasmda bir nechta daraxt tuzilmasiga misollar keltirilgan: 
    Ichki (oraliq) tugun – daraxt ildizidan keyingi o’z avlodiga ega bo’lgan 
    tugunlar. Masalan, 1a)-rasmda 2, 4, 6 tugunlari, 1b)-rasmda 3 va 5 tugunlar ichki 
    yoki oraliq tugun hisoblanadi. 
    Balandlik – daraxt barglarining maksimal bosqichi. Masalan, 1a) va b) 
    rasmlardagi daraxtlar balandligi 3 ga teng.
    2. Daraxtning rekursiv aniqlanishi 
    Daraxt – bu tayanch rekursiv (o’z o’zi orqali aniqlangan) tuzilma hisoblanadi. 
    Daraxtning aniqlanishi ikki qismga bo’linadi, birinchisi – rekursiyaning tugallanish 
    shartining aniqlanishi, ikkinchisi esa rekursiyaning bajarilish mexanizmi. 
    1) bo’sh tuzilma daraxt hisoblanadi
    2) daraxt – bu ildiz va unga bog’langan bir nechta daraxtcha (qismdaraxt)lardir. 
    Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda daraxt tuzilmasini Bekus – Naur shaklida 
    quyidagicha ifodalash mumkin: 
    ::= ( ) |  
    ::=  


    ::=  
    Daraxtni saqlash uchun zarur bo’lgan xotira o’lchami oldindan aniq 
    bo’lmaydi, chunki, undan nechta tugun chiqishi ma’lum bo’lmaydi.
    Ikkilik daraxtlar 
    dasturlashda yoki ma’lum bir jarayonlarning bajarilishida ikkita imkoniyatdan faqat 
    bittasini qabul qilish zarur bo’lganda qo’llaniladi. Bundan keyin faqat ikkilik 
    daraxtlar bilan ishlashga doir masalalarni ko’rib chiqamiz. 
    Qat’iy ikkilik daraxt deb, har bir ichki tugunlarida bo’sh bo’lmagan 
    qismdaraxtlari bo’lgan daraxtga aytiladi. Bu shuni anglatadiki, qat’iy ikkilik 
    daraxtda barcha ichki tugunlarida albatta o’ng va chap qismdaraxt (tugun)lar bo’lishi 
    shart. Quyidagi rasmda a) va b) lar qat’iy ikkilik daraxt, c) va d) lar esa qat’iy emas. 
    int main() 
    { int n,key,s; node *tree=0,*next=0; 
    cout<<"n="; cin>>n; int arr[n]; 
    for(int i=0; inode *p=new node; 
    node *last=new node; 
    cin>>s; 
    p->info=s; 
    p->left=0; 


    p->right=0; 
    if(i==0){tree=p; next=tree; continue; } 
    next=tree; 
    while(1) 
    { last=next; 
    if(p->infoinfo)next=next->left; 
    else next=next->right; 
    if(next==0)break; } 
    if(p->infoinfo)last->left=p; 
    else last->right=p;} 
    cout<cout<<"\nya'ni\n"; 
    vizual(tree,0); 
    int h=height(tree); 
    cout<<"balandligi="<getch(); 




    Download 367.67 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 367.67 Kb.
    Pdf ko'rish