Kompyuter viruslari, zararkunanda dasturlar va ulardan himoyalanish mexanizmlari




Download 322.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana04.11.2022
Hajmi322.18 Kb.
#29080
  1   2   3
Bog'liq
2-maruza-3
10.Traktor va avtomobillar A.I. Komilov 2013 1-qism. 3-nashr, PRIP N-22UE


Kompyuter viruslari, zararkunanda dasturlar va ulardan 
himoyalanish mexanizmlari 
Reja 

Viruslar va ularning zararli oqibatlari haqida tushuncha 

Kompyuter viruslari turlari,yuqtirish yo`llari va vositalari 

Antiviruslar-himoya dasturlari haqida 
Virus dasturi kompyuterdagi ma'lumotlar butunligini buzishga yoki ularni 
o'chirishga mo'ljallangan bo'ladi. Ilk bor virus dasturlari AQShda ishlab 
chiqarilgan, chunki aynan bu davlatda shaxsiy kompyuterlar keng tarqalgan edi. Ilk 
bor ishlab chiqarilgan virus dasturlari foydalanuvchini hotirjamligini buzishga va 
asabiga tegishga qaratilgan edi. Lekin keyinchalik ular zarar yetkazishni o'zining 
maqsadi sifatida qabul qilib oldi. Hozirgi paytda butun dunyo buyicha 200000 dan 
ortiq virus dasturlari mavjud. Ular kompyuter viruslari bo'lib, kompyuterdagi 
ma'lumotlarga zarar etkazadi yoki kompyuterning ishlash samaradorligini tushirib 
yuboradi. 
Kompyuter virusi o'zi nima? Ular ma'naviy qashshoq, hayotdan va boshqalardan 
alamzada dasturchilar tomonidan g’arazli maqsadlarda yozilgan dastur. Ular 
odatda, ko'p martalab nusxalanadi va ijrochi fayllarga "yopishib oladi". Ularning 
"ishga tushishi" oqibatida goh displeyda turli yot yozuvlar paydo bo'lishi, goh 
disqdagi yozuvlar (fayllar) ni o'chirib yuborishi mumkin. 
Odatda foydalanuvchiga virus dasturlarining nomigina ma'lum bo'lishi mumkin. 
Masalan, Black Hole (qora teshik), Black Friday (qora juma), Friday 13 (o'n 
uchinchi juma), "sekin ta'sir qiluvchi virus" va hokazo. Mazkur viruslar ekranning 
chap burchagidan qora teshik ochishi yoki 13 sana juma kunlari ishlayotgan 
fayllarni yo'qotishi, bundan tashqari har 5 minutda kompyuter ishini bir necha yuz 
marotalab sun'iy sekinlashtirib yuborishi mumkin. 
Odatda TR-viruslar deb nomlanuvchi viruslar guruhi ajoyib xossaga ega. 
Zararlangan dasturni ko'rish chog'ida virus dasturi tuzatilgan dastur ichiga 


"suqilib" kirib oladi va o'zini namoyon etmaydi. Shunga o'xshash pokistoncha 
viruslar 
(Brain 
Ashet) 
ham 
zararlangan 
kompyuterlarda 
o'z 
"faoliyatini"tayyorlarchaolibboradi. 
Keng 
tarqalgan 
viruslarni 
ikki 
guruhga 
bo'lish 
mumkin: 
-fayllar 
uchun 
(SOM, 
YeXE 
va 
DLL 
ni 
zararlaydi); 
-Boot-viruslar (disketlarni boshlang'ich yuklovchi sektorlari yoki MBR (Master 
Boot 
Record) 
qattiq 
diskning 
yuklovchi 
sohasini 
zararlaydi. 
Tarmoqqa zarar keltiruvchi alohida viruslar ham mavjud. Ular replikatorlar deb 
atalib, tarmoqdagi barcha yoki ba'zi abonentlarni zararlaydi. Ulardan eng 
"taniqlisi" Morrisa nomlisidir. 1988 yilda ushbu virus Internet tarmog'idagi 30000 
ta kompyuterdan 6000 tasiga zarar keltirib, "karomat" ko'rsatgan. 

Download 322.18 Kb.
  1   2   3




Download 322.18 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter viruslari, zararkunanda dasturlar va ulardan himoyalanish mexanizmlari

Download 322.18 Kb.
Pdf ko'rish