Konveyer (ing conveyer tashuvchi) toʻkma, donali, boʻlak-boʻlak yuk yoki




Download 76,15 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.02.2024
Hajmi76,15 Kb.
#154083
Bog'liq
Konveyer - Vikipediya
Usmonov 2, кулланмаAnalitik kimyo 19 01 2020 Муаллифга, 5- mavzu, Avtomatlashtirilgan, 8-sinf geografiyaTAVSIYA, 1701077805, 3-маъруза, malumotlar bazasi 1 nodira, shovqinbardosh kodlarni telekommunika, 1. Marketingda sotishni rag’batlantirish, 13-mavzu, sharq-mutafakkirlarining-pedagogik-qarashlari-orqali-bo-lajak-pedagoglarda-tayanch-manaviy-kompetensiyalarni-rivojlantirish, TIKUV BUYUMLARI TEXNOLOGIYASI, Mexanik kattaliklarni o’lchash Reja (1)


Konveyer
Konveyer (ing. conveyer — tashuvchi) —
toʻkma, donali, boʻlak-boʻlak yuk yoki
buyumlarni, asosan, qisqa, baʼzan uzoq,
masofaga uzluksiz va bir xil maromda
tashiydigan mexanizm. Vazifasiga koʻra,
transport (yuk tashiydigan) va texnologik
(texnologik operatsiyalarni oʻzaro
bogʻlaydigan) xillarga boʻlinadi. Tortish
organi boʻlgan va tortish organi
boʻlmagan turlari bor. Elektrik yuritma
bilan harakatlanadigan mexanik konveyer


keng tarqalgan. Bunday Konveyerlarning
tortish organlari lenta, zanjir va kanatdan
iborat boʻlib, ular yordamida buyum yoki
yuklar tashiladi. Yuk tashish organlarining
turiga koʻra, dasturli boshqariladigan
lentali, koʻraqli, plastinkali, osma,
shuningdek, kovshli, aravachali va boshqa
turlarga; tortish organi boʻlmagan vintli
(shnekli), inersion (chayqaluvchi,
tebranma), rolikli (rolgang), odimlovchi
(quymachilik, yigʻuvchi) va boshqa
turlarga boʻlinadi. Lentali konveyer bilan,
asosan, donali yuklar tashiladi. Zanjirga
biriktiriladigan moslamaning tuzilishiga
qarab, zanjirli konveyerlar plastinkali,
koʻrakchali va aravachali boʻladi.
Plastinkali konveyerlar, asosan, boʻlak-


boʻlak materiallarga moʻljallangan boʻlib,
yukni qiya yunalishda tashishga imkon
beradi, mayda koʻmir va rudalarni surish
uchun ishlatiladi. Kovshli va aravachali
konveyerlar ayrim korxonalarda
(metallurgiya va kimyo kombinatlarida),
asosan, toʻkma yuklarni tashish uchun
ishlatiladi. Bugʻdoy, un, sement, shagʻal,
qum, mayda koʻmir qabilarni yaqin
masofaga tashish uchun vintli
Konveyerlar qoʻllaniladi. Toʻp qilib
yigʻilgan yoki yashiklarga joylangan
yuklarni pastga tushirish uchun rolikli
(gravitatsion) konveyerdan foydalaniladi.
Bunday konveyerlarda yuk oʻz ogʻirligi
bilan pastga toʻshadi. Inersion Konveyer
toʻkma kjni gorizontal va qiya yoʻnalishda


qisqa masofaga tashish uchun
moʻljallanadi. Bunday Konveyerda yuk
inersiya kuchi hisobiga harakatlanadi.
Boʻlardan tashqari, yuklar suyuqliklar
bilan birga nasoslar yordamida quvur yoki
novlarda harakatlanadigan gidravlik,
yuklar yoki buyumlar ventilyatorlar
yordamida hosil qilinadigan bosimlar
farqi hisobiga quvurlarda
harakatlanadigan pnevmatik konveyerlar
bor. Maxsus ishlarga moʻljallangan
konveyerlar elevator va eskalator deb
ataladi.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 6-Dekabr 2023, 15:44 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Konveyer&oldid=3977652
" dan 
olindi

Download 76,15 Kb.




Download 76,15 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Konveyer (ing conveyer tashuvchi) toʻkma, donali, boʻlak-boʻlak yuk yoki

Download 76,15 Kb.
Pdf ko'rish