• 20 martdan boshlab
  • Koronavirusga qarshi kurashda akt vazirligining vazifalari to‘g‘risida brifing o‘tkazildi Bugun 21 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




    Download 29.01 Kb.
    bet1/9
    Sana04.04.2021
    Hajmi29.01 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9

    Koronavirusga qarshi kurashda AKT vazirligining vazifalari to‘g‘risida brifing o‘tkazildi

    Bugun 21 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha kelib tushgan savollar va murojaatlar bo‘yicha brifing o‘tkazdi.
    Unda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Qaxramon Yuldashev fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlarga batafsil javob berdi.

     

    O‘zbekistonda koronavirusning tarqalishi natijasida havo, temir yo‘l va avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish to‘xtatilgan. Xalqaro pochta jo‘natmalari almashinuvini qanday va qaysi davlatlar bilan amalga oshirilmoqda?

    Xalqaro pochta jo‘natmalarini tashish uchun havo transporti (Uzbekistan Airways, Aeroflot, Korean Air, Fly Dubai) xizmatlaridan foydalanilar edi. Qatnov to‘xtagani sababli qo‘shni mamlakatlar pochta operatorlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida joriy yil 20 martdan boshlab “O‘zbekiston pochtasi” AJ yer usti transporti orqali yuboriladigan pochta jo‘natmalarini quyidagi davlatlarga qabul qilishni tikladi: Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Vengriya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Germaniya, Daniya, Italiya, Irlandiya, Ispaniya, Kipr, Lyuksemburg, Latviya, Malta, Niderlandiya, Portugaliya, Polsha, Ruminiya, Sloveniya, Slovakiya, Fransiya, Finlyandiya, Xorvatiya, Chexiya, Shvetsiya, Estoniya, Ukraina, Xitoy, Litva, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston, Rossiya kabi davlatlar pochta aloqalari to‘liq tiklandi.

    Bunda pochta yer usti transporti bilan Qozog‘istonga yetkaziladi va keyin Yevropa va Xitoyga jo‘natiladi.

    Transport aloqalari tiklanishiga qarab ushbu davlatlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritib boriladi. Kiritilgan o‘zgarishlar haqidagi xabarlar ma’lum qilib boriladi.

     



    Download 29.01 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 29.01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Koronavirusga qarshi kurashda akt vazirligining vazifalari to‘g‘risida brifing o‘tkazildi Bugun 21 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    Download 29.01 Kb.