Korxonalarda yangiliklarni ishlab chiqish, tatbiq etish va yaratishni boshqarish




Download 379.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana06.06.2023
Hajmi379.27 Kb.
#70370
  1   2   3
Bog'liq
Korxonalarda yangiliklarni ishlab chiqish, tatbiq etish va yarat
«Истеҳком » драмаси (1977) Иззат Султон, Social-Media-Marketing-Course-eMarketing-Institute-Ebook-2018-Edition (1), 1-Amaliy ish amaliy matematika, Mexanik o`lchash asboblari. Hajmni o’lchash, хисобот, transport, феруза НАМДУ, 9-M, 2-мавзу, Переведенная копия документа MU LB5 Sozdanie tablic bazy dannyx MIKROSOFT ACCESS , b85f31a7390aa1572dcd1bdbf39d6e5d, maqola (2), Ingliz tili 2 daftar, import math, 12-mavzu


KORXONALARDA YANGILIKLARNI ISHLAB CHIQISH, TATBIQ 
ETISH VA YARATISHNI BOSHQARISH 
Reja: 
1. Korxonalardagi ITTKI ni boshqarish. 
2. Yangiliklarning sifat ko‘rsatkichlari. 
3. Yangiliklarni yaratish va tatbiq etishni boshqarish. 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
Kirish 


Korxonalar innovatsion faoliyatining shakllanishi va rivojlanishi yoki darajasi
o‘zgarishi ma’lum bir omillar ta’siri natijasida sodir bo‘ladi. Korxona innovatsion
faoliyatini boshqarishni obyektiv va har tomonlama tadqiq etish davomida, unga 
ta’sir o‘tkazuvchi omillarni aniqlash va tizimlashtirish muammosi dolzarb va 
yetarlicha ishlab chiqilmagan bo‘ladi.
Innovatsion faoliyat omili deganda, korxona innovatsion o‘sishining jadalligi va
tavsifiga ta’sir o‘tkazuvchi shartlar, sabab va ko‘rsatkichlarni tushunamiz. Bunda
innovatsion jarayon, ko‘plab omillarning o‘zaro ta’siri natijasi sifatida maydonga
chiqadi.
Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, innovatsion faoliyatga ta’sir
o‘tkazuvchi omillarning tasnifi ayni vaqtda ishlab chiqilmagan. Ko‘plab mualliflar
korxonaning innovatsion faoliyatiga ta’sir o‘tkazuvchi omillarga o‘z e’tiborini
qaratishgan. T.G. Filosofova o‘z asarida, sanoat korxonalarida innovatsiyalarga
to‘sqinlik etuvchi quyidagi omillarni qayd etib o‘tgan:
-iqtisodiy - moliyaviy resurslar bilan kam ta’minlanganlik, davlat tomonidan kam
moliyalashtirilish, innovatsiyalarni targ‘ib qilishga yuqori sarf-harajatlar, iqtisodiy
xavfning yuqori darajasi, innovatsiyalar qaytimlarining uzoq muddati;
-ishlab chiqarish malakali kadrlar yetishmasligi, yangi texnologiyalar, sotish
bozorlari to‘g‘risida zarur ma’lumotlarning yo‘qligi, tashkilotning innovatsiyalarni
tezda qabul qila olmasligi, boshqa tashkilotlar, korxonalar va ilmiy tashkilotlar bilan
hamkorlikni yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi yoki yo‘qligi;
-boshqa omillar innovatsion mahsulotga iste’molchilar tomonidan past narxdagi
talab, innovatsion faoliyatda yetarlicha qonuniy va meyoriy-huquqiy asoslarning,
tartibga solishning yo‘qligi, davlat tomonidan innovatsion faoliyatni yetarlicha
rag‘batlantirilmasligi, 
sust 
rivojlangan 
innovatsion 
infratuzilma, 
texnologiyabozorida rivojlanishning yo‘qligi. Korxonalar innovatsion faoliyatining 
shakllanishi va rivojlanishi yoki darajasi o‘zgarishi ma’lum bir omillar ta’siri 
natijasida sodir bo‘ladi. Korxona innovatsion faoliyatini boshqarishni obyektiv va 
har tomonlama tadqiq etish davomida, unga ta’sir o‘tkazuvchi omillarni aniqlash va 
tizimlashtirish muammosi dolzarb va yetarlicha ishlab chiqilmagan bo‘ladi. 


Innovatsion faoliyat omili deganda, korxona innovatsion o‘sishining jadalligi va
tavsifiga ta’sir o‘tkazuvchi shartlar, sabab va ko‘rsatkichlarni tushunamiz. Bunda
innovatsion jarayon, ko‘plab omillarningo‘zaro ta’siri natijasi sifatida maydonga
chiqadi. Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, innovatsion faoliyatga ta’sir
o‘tkazuvchi omillarning tasnifi ayni vaqtda ishlab chiqilmagan. Ko‘plab mualliflar
korxonaning innovatsion faoliyatiga ta’sir o‘tkazuvchi omillarga o‘z e’tiborini
qaratishgan. T.G. Filosofova o‘z asarida, sanoat korxonalarida innovatsiyalarga
to‘sqinlik etuvchi quyidagi omillarni qayd etib o‘tgan:
-iqtisodiy - moliyaviy resurslar bilan kam ta’minlanganlik, davlat tomonidan kam
moliyalashtirilish, innovatsiyalarni targ‘ib qilishga yuqori sarf-harajatlar, iqtisodiy
xavfning yuqori darajasi, innovatsiyalar qaytimlarining uzoq muddati;
-ishlab chiqarish - malakali kadrlar yetishmasligi, yangi texnologiyalar, sotish
bozorlari to‘g‘risida zarur ma’lumotlarning yo‘qligi, tashkilotning innovatsiyalarni
tezda qabul qila olmasligi, boshqa tashkilotlar, korxonalar va ilmiy tashkilotlar bilan
hamkorlikni yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi yoki yo‘qligi;
-boshqa omillar - innovatsion mahsulotga iste’molchilar tomonidan past narxdagi 
talab, innovatsion faoliyatda yetarlicha qonuniy va meyoriy-huquqiy asoslarning,
tartibga solishning yo‘qligi, davlat tomonidan innovatsion faoliyatni yetarlicha
rag‘batlantirilmasligi, sust rivojlangan innovatsion infratuzilma, texnologiya 
bozorida rivojlanishning yo‘qligi. innovatsion muhitiga quyidagi ta’sir o‘tkazuvchi
omillarni keltirib o‘tadi va tahlil qiinladi:
-ijtimoiy infratuzilma (ishchilarning ta’lim, tibbiy va madaniy inshootlardagi
xizmatlardan foydalanish imkoniyati);
-aloqa sohasi (aloqa, axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati mavjudligi);
-tabiiy - geografik sharoitlar (transport, moddiy-texnik, energiya, yoqilg‘i va
xomashyo resurslarining mavjudligi);
-texnologik va ilmiy-texnik soha (ishlanmalar bozorining mavjudligi, ilmiytadqiqot 
institutlari va boshqalarning mavjudligi);
-iqtisodiy va moliyaviy soha (innovatsion faoliyatni davlat tomonidan milliy va
mintaqaviy darajada qo‘llab-quvvatlanishi, innovatsion ishlanmalardan manfaatdor


investorlarning mavjudligi); 
-siyosiy-huquqiy soha (innovatsion va ilmiy-texnik sohani huquqiy tartibga solishda 
milliy, mintaqaviy reja va dasturlarning mavjudligi);
-xo‘jalik yuritishning strategik qamrovi (bozorning muayyan segmentida 
innovatsiyalarning paydo bo‘lish tezligi);
-mehnat resurslari bozori.
Bizning fikrimizcha, keltirilgan tasniflar, korxona innovatsion faoliyatiga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarning faqatgina kichik bir qismini qamrab olgan. Shuni 
ta’kidlash joizki, ilmiy adabiyotlarda innovatsion faoliyatga bevosita ta’sir 
o‘tkazuvchi omillar aniqlangan emas.
Tadqiqotimizning asosiy maqsadi korxona innovatsion faoliyatiга ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarni tasniflash asosida sanoat korxonalari faoliyatini mintaqa
iqtisodiyoti samaradorligiga ta’sirini aniqlash. Fikrimizcha, korxona innovatsion
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bir qator belgilariga ko‘ra 
tasniflashmaqsadga
muvofiq bo‘ladi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida boshqaruvchanlik 
darajasiga ko‘ra korxona innovatsion faoliyatiga ta’sir o‘tkazuvchi omillarning 
quyidagi tasnifiy belgilari taklif qilin mumkin.
Kelib chiqish manbalariga ko‘ra, omillar tabiiy-iqlimiy, ijtimoiy, 
moliyaviyiqtisodiy, sanoat-texnologik, ilmiy-texnik va tashkiliy-boshqaruv 
guruhlariga bo‘linadi. Tabiiy-iqlimiy omillar sanoat korxonalari innovatsion 
faoliyati natijalariga katta ta’sir o‘tkazadi. Mintaqada joylashgan sanoat korxonalari 
innovatsion faoliyati rivojlanishi va innovatsion faoliyatning o‘sishiga suv 
ta’minoti, qulay iqlim, ish sharoitlar va yirik yoqilg‘i va xom-ashyo manbalarining 
mavjudligi katta hissa qo‘shadi. Tabiiy-iqlimiy sharoitning murakkabligi, ishchi 
kuchining yetishmasligi, ishlab chiqarish kuchlari, transport rivojlanish darajasining 
pastligi, aksincha korxona innovatsion faoliyati rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi 
bilan birgalikda, korxona innovatsion faoliyat darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 
yuqorida keltirilgan muammolar yechimi uchun juda katta mablag‘ talab qiladi. 
Ijtimoiy omillarga demografik vaziyat, ijtimoiy keskinlik darajasi, ishchilarning


yashash sharoiti, korxonada sog‘lomlashtirish, sport va madaniy xordik ishlarini
tashkillashtirish, kadrlarning madaniy, ta’limdagi umumiy darajasi va boshqalarni
kiritish mumkin. Bular korxona ishlab chiqarish resurslarining samarali va to‘laroq
ko‘llanishiga, inson kapitalining koorporativ rivojlanishi va shakllanishini 
ta’minlashga xizmat qiladi.
Korxonalardagi ITTKIni boshqarish 1950 va 1960 yillardan boshlab dolzarb 
masalalardan biri hisoblanadi, global raqobatlashuvni va texnologik jarayonni 
tezlashishi natijasida, uning muhimligi tobora ortib bormoqda. Shu borada ko‘plab 


olim va amaliyotchilar tomonidan menejerlar uchun ITTKI loyihalar ishlab 
chiqilmoqda. Xozirgi kunda korxonalarda turli xil inovasion loyihalar qo‘llanib 
kelmoqda, ammo ularning xammasi xam qoniqarli hisoblanmaydi. Korxonaning 
innovasion faoliyatni samarasini oshirish maqsadida moddiy, moliyaviy va 
intellectual resurslar jalb qilinadi. 
Innovasiyalar yaratish jarayonida, korxona ITTKI ishlar o‘tqazadi va tashkiliy 
ishlab chiqarish tuzilmasini shakllantiradi. ITTKI- sistematik tarzda, inson, 
madaniyat va jamiyat haqida bilimlarni oshirish va ularni yangi loyihalar 
yaratilishiga yo‘naltirish maqsadida, olib borilayotgan ijodiy ishlarni o‘z ichiga 
oladi.136 Korxona olib borayotgan ITTKIlarning samaradorligi ma‘lum darajada bu 
jarayonni boshqarilishiga bog‘liq. Quyidagi klasterda bu jarayonni kuzatishimiz 
mumkin. 
Innovatsiyalarni yartish jarayonida olib borilayotgan ITTKIlar o‘z ichiga 
fundamental, amaliy, exsperemental xususiyatga ega ilmiy tadqiqotkarni o‘tkazish 
hamda tajriba-konstruktorlik ishlarni bajarish kabi ishlarni qamrab oladi.
Yirik kompaniyalarning oldida ITTKIni qo‘lga kiritishning turli muqobillari 
vujudga keladi - ilmiy ishlab chiqarishlarning yuqori darajasiga ega kichik 
firmalarni yutib yuborish hisobiga, firmalararo tadqiqotchilik va ishlab chiqarish 
kooperatsiyasi hisobiga qo‘shma korxonalar tashkil qilish yo‘li bilan va hokazo. 
Yirik korxonalar kichik innovatsion biznes ustidan nazorat o‘rnatish yoki 
keyinchalik xarid qilish bilan moliyalashtirish uchun xatarli sarmoyalar fondini 
tashkil qilishi mumkin. 



Download 379.27 Kb.
  1   2   3




Download 379.27 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxonalarda yangiliklarni ishlab chiqish, tatbiq etish va yaratishni boshqarish

Download 379.27 Kb.
Pdf ko'rish