Kreativ dars tuzilishiga doir metodik tavsiyalar




Download 1.7 Mb.
bet1/2
Sana05.04.2024
Hajmi1.7 Mb.
#188778
  1   2
Bog'liq
kreativlik
1-sinf odobnoma, Mavzu ko`chish hodisalari, yol-harakati-qoidalari-va-harakat-xavfsizligi-asoslari, kredit siyosati, bux ku, examples-1659067337616, 2-3-Amaliy mashg\'ulot-Funksiyaning hosilasi. Funksiyaning ekstremumlari, 4-5-Amaliy mashg\'ulot-Boshlang‘ich funksiya va aniqmas integral, Hayot faoliyati havfsizligi mustaqil Xavfsizlikni taminlash tamoyillari va uslublarini tahlil qilish, Mahsulot tayyorlash texnologiyasi amaliy Zargarlik mahsulotlaridagi bezaklarning turlari va ulardagi ramziy ma’nolar, Audit, Xorijiy investisiyalar mustaqil O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning xuquqlari, BOLALAR TAFAKKURI VA INDIVIDUAL XUSUSIYATLARI (1), 7-Mavzu Korreksion pedagogika va inklyuziv ta’lim asoslari (1), 2 Qutblanish

Kreativ dars tuzilishiga doir metodik tavsiyalar.

Reja


KIRISH
Kreativ yondashuv va yutuqlar dunyo bo'ylab fan va texnologiyadan tortib, falsafa, san'at va ijtimoiy fanlar kabi turli sohalarda insoniyat tamaddunini ilgari surgan. Kreativ fikrlash shunchaki tasodifiy g'oyalar berishdan kattaroq narsadir. U insonga ba'zan murakkab sharoitlarda, yanada yaxshiroq natijaga erishishga imkon beruvchi bilim va tajribaga asoslangan real ko'nikmadir. Butun dunyoda jamiyatlar va tashkilotlar muammolarni hal etishda innovatsion bilim va yaratuvchanlikka tobora ehtiyoj sezmoqda, bu esa, o'z navbatida, innovatsiya va kreativ fikrlash ahamiyatini
Butun dunyoda jamiyatlar va tashkilotlar muammolarni hal etishda innovatsion bilim va yaratuvchanlikka tobora ehtiyoj sezmoqda, bu esa, o'z navbatida, innovatsiya va kreativ fikrlash ahamiyatini
yanada kuchaytirmoqda. Kreativ fikrlash ta'siri butun jamiyatga sezilarli innovatsiya turlarining ortida turishi rost, lekin u ayni damda universal va tenglashtiruvchi xususiyatga ega fenomen hamdir, ya'ni har qanday sh axs, u yoki bu darajada, kreativ fikrlash qobiliyatiga ega.
Darhaqiqat, ta'lim sohasidagi mutaxassislar va psixologlarning fikriga ko'ra, ijodiy faoliyat bilan bog'liq fikrlash jarayonlarida mashg'ul bo'lish deb tushunilgan kreativ fikrlash bir qator boshqa shaxsiy ko'nikmalarning ham rivojlanishiga olib keladi. Shular jumlasiga metakognitiv qobiliyat, insonlar bilan muomala qilish va shaxsning o'zini yaxshiroq anglash ko'nikmalari, muammoni hal etish ko'nikmalari kiradi.
Shu bilan birga, shaxs kamoloti, ta'lim olishdagi muvaffaqiyati, kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyati va jamoatchilik orasidagi obro'si ham insonning kreativ fikrlash ko'nikmasiga bog'liq.
Kreativ fikrlashni baholash xalqaro dasturini rivojlantirish ta'lim siyosati va pedagogikasida ijobiy o'zgarishlarga sabab bo'lishi mumkin. Xalqaro PISA baholash dasturi bo'yicha olib boriladigan tadqiqotlardagi kreativ fikrlash yo'nalishining baholashi mutasaddilarga dalillarga asoslangan to'xtamga kelishda ko'maklashuvchi aniq, ishonchli va amalga oshirish mumkin bo'lgan baholash vositasini taqdim etadi. Natijalar, shuningdek, jamiyatda ushbu muhim ko'nikmani ta'lim orqali rivojlantirishning ahamiyati va usullari borasidagi bahslarga sabab bo'ladi.
Kreativ fikrlashda ta'limning asosiy vazifasi o'quvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak bo'ladigan ko'nikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega bo'lishi kerak bo'lgan muhim ko'nikma bo'lib, bu ko'nikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan o'zgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari yangilanayotgan davrga xos
ko'nikmalarga ega kadrlarni talab etayotgan makonga moslashishga ko'maklashadi. Umuman olganda, bugungi o'quvchi kelajakda hozir hatto mavjud bo'lmagan sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi ko'nikmasini shakllantirish ularga tobora murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini beradi.
Maktabda kreativ fikrlashni rivojlantirishning ahamiyati faqatgina mehnat bozori bilan cheklanmaydi. Maktab yoshlar uchun o'z qobiliyat va ko'nikmalarini, shu jumladan ijodiy iste'dodlarini kashf etishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, kreativ fikrlash o'quvchilarning ta'lim olishini hodisalar, tajribalar va xatti-harakatlarni yangicha va shaxsan mazmunli usulda talqin etish orqali qo'llab quvvatlaydi.
O'quvchining qiziquvchanligi ta'lim jarayonida qo'l keladi, ijodiy fikrlash shu tariqa o'zaro kelishuvchanlik vositasiga aylanadi, hattoki avvaldan belgilangan ta'lim maqsadlari kontekstida ham bu samara beradi. Maktabda o'quvchining motivatsiyasi va qiziqishini oshirish uchun, barcha o'quvchilarning ijodiy salohiyati va shijoatini hisobga oluvchi ta'limning yangi shakllari yo'lga qo'yilishi zarur. Bu ayniqsa ta'lim jarayoniga unchalik qiziqish bildirmayotgan o'quvchilarga yordam berishi mumkin va ular o'z fikrini ayta olishiga, salohiyatini ochishiga xizmat qiladi.
O'qituvchilar kreativ fikrlashni ajrata olishlari, bunday fikrlashga mos shart-sharoitlarni bilishlari va o'zlari ham o'quvchilarga fikrlashda ko'proq ijodiy yondashishga yordam bera olishni bilishlari kerak. Kreativ fikrlash qay tariqa vujudga kelishi borasidagi puxtaroq tasavvur, o'z navbatida, o'qituvchilarga ta'lim jarayonida o'quvchilarda ijodiy g'oyalar bo'lishi uchun muayyan vaqt talab etiladi
Kreativ fikrlash ko'nikmalarini baholash isbotga tayangan dalillar asosida shakllantirilib, o'quvchilar kompyuter platformasida qilayotgan, o'qiyotgan va yaratayotgan narsalarni ko'p jihatli malakalar bilan bog'laydi.
Kreativlikni baholash - o'quvchining qobiliyatlari haqidagi muayyan da'volarni dalilga asoslangan fikrlash jarayonida tahlil etishdir. Umuman olganda, o'quvchining baholashdagi vazifalarga javobi ushbu fikrlash jarayonida dalilla r bilan ta'minlaydi, psixometrik tahlil esa har bir da'voni tahlil qilish uchun isbotning yetarli
ekanligini belgilaydi. PISA baholash dasturidan kreativ fikrlashni baholashning asosiy doirasi sifatida foydalanish mumkin.
Kreativ fikrlash endigina shakllanayotgan talqin bo'lib turgan bir paytda ancha keng hamda kreativlik tuzilmasi kuchli tadqiqotchilik an'anasiga ega bo'ladi. Demak, kreativlik - layoqat, jarayon va muhit o'rtasidagi o'zaro munosabat bo'lib, u orqali shaxs yoki guruh ushbu ijtimoiy kontekst uchun ham yangi, ham foydali bo'lgan salmoqli mahsulotni yaratishidir.
XULOSA
Ijodiy sermahsullik bazaviy resurs yoxud sohaga bog'liq qobiliyatlar, jumladan, bilim va texnik ko'nikmalar bo'lib, ularni yangicha usulda birlashtirish uchun kerak bo'ladigan qobiliyatlar tayyor qo'llanmalardan voz kecha olish kabi zarur motivatsiyani taqozo etadi. Bu to'rt komponent ham turg'un, ham takomillashtirish va muhitga moyil bo'lgan komponentlardan iborat.
O'quvchilarning kreativ fikrlash ko'rsatkichlari ularning tadqiqotchilik qobiliyatlariga qanday bog'liq ekanligini tahlil etish ham o'rinlidir. Xuddi o'quvchi ishtiyoqini o'lchaydigan uslub kabi, uning tadqiqotchilik qobiliyatini ham kompyuterlashgan testdagi xatti-harakatini kuzatishdan olingan (telemetriya) ma'lumotlar asosida tahlil qilish mumkin.
1. Gafforov Ya. X. (2020). Methods for developing a system of teaching history and increasing the effectiveness of history teaching. Индия. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research. 2020, 108.
2. Гаффоров. Я.Х. Мактаб ислохдти ва укитиш методларини такомиллаштириш. Science and education. Sgientific Journal. 2020, 482.
3. Toshtemirova S. A. (2020). Ta'lim sifati va uni demokratlashtirish ilmiy muammo sifatida // Uzluksiz ta'lim. № 1 (86). - S.5
4. Gafforov Ya.X. Toshtemirova. S. (2020). Ways to increase the effectiveness of education in an integrated environment. International Journal of Current Research and Review. India.
Foydalanilagan adabiyotlar

Download 1.7 Mb.
  1   2




Download 1.7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kreativ dars tuzilishiga doir metodik tavsiyalar

Download 1.7 Mb.