• Toshkent viloyati O’rtachirchiq tumani XTMFMT va TEB tassarufidagi 13 – umumta`lim maktabi Tayyorladi: 9 – “B” sinf o’quvchilari
  • Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari




    Download 22.68 Kb.
    Sana13.03.2022
    Hajmi22.68 Kb.
    #18594
    Bog'liq
    referat - E`TIROFGA LOYIQ MAXALLA
    Elektr o\'lchash dastur reja, 95c89d9b3b09d9c21b6e0957be38abdb, referat - Egalik qo’shimchalari

    E`TIROFGA LOYIQ MAXALLA
    Istiqlol yillarida yurtimizda “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili asosida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, asriy an’analarni o’zida mujassam etgan mahallaning hayotimizda tutgan o’rni va ahamiyati oshib bormoqda.
    Ayniqsa, uning yoshlarni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalash, oila institutini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va mustahkamlash, jamiyatda ahillik hamda totuvlikni ta’minlash, aholini aniq yo’naltirilgan asosda ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, shuningdek, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni keng rivojlantirishga ko’maklashish borasidagi roli beqiyosdir.
    Jumladan, 2014 yilning birinchi yarmida fuqarolar yig’inlari tomonidan 116 mingga yaqin ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, “Sog’lom bola yili” Davlat dasturining mazmuni va ahamiyatiga bag’ishlab 38 mingdan ortiq, “Oila — mahalla — ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmi doirasida hamda “Ota-onalar universitetlari” tomonidan 102 mingta, to’y-hasham va boshqa turli marosimlarni ixcham tarzda o’tkazish bo’yicha 47 mingdan ortiq targ’ibot tadbirlari uyushtirilgan. Bundan tashqari, mahallalarda 34 mingdan ortiq tadbirkorlik va oilaviy biznes sub’ektlarini tashkil etishga yaqindan ko’maklashilgan.
    Bugun nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda ham ushbu noyob boshqaruv instituti faoliyatiga yuqori baho berilmoqda va uning ilg’or tajribalari katta qiziqish bilan o’rganilmoqda. Urganch shahrida o’tkazilgan “Barkamol avlodni tarbiyalashda mahalla institutining roli” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy davra suhbati, Janubiy Koreya, AQSH va Xitoy davlatlarida mahalla instituti faoliyatini o’rganish maqsadida uyushtirilgan xalqaro anjumanlarda qatnashgan xorijlik ekspertlar e’tiroflari ham ana shundan dalolat berib turibdi.
    Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonidagi ishtiroki va faolligini oshirishda har yili an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan “Eng namunali fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari” tanlovining ham salmoqli hissasi bor. CHindan ham, bu tanlov fuqarolar yig’inlarining ilg’or ish tajribasini keng ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu tanlovning respublika bosqichi poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyida “YAgonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go’zal O’zbekistonim!” shiori ostida yuqori saviyada tashkil etildi.
    Tanlovning ko’lami, ahamiyati yildan-yilga oshib borayotgani, ayniqsa, e’tiborlidir, — deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisining o’rinbosari Gavhar Alimova. — Uning quyi bosqichlarida respublikamiz bo’yicha 8 mingga yaqin fuqarolar yig’inlari faol qatnashdi. Bu bosqichlarda fuqarolar yig’inlari tomonidan amalga oshirilgan keng ko’lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, xususan, “Sog’lom bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida erishilgan yutuq va natijalar qonuniylik, oshkoralik, adolat va tenglik tamoyillari asosida baholandi. SHu bilan birga, ularning asosiy faoliyat yo’nalishlari bo’yicha komissiyalar hamda yig’inlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko’maklashish yuzasidan tashkil etilgan maslahat markazlari, “Ota-onalar universitetlari”, “Oila — mahalla — ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmi faoliyatini namunali yo’lga qo’yish borasida olib borgan ishlari atroflicha o’rganildi. Ishtirokchilarning ish faoliyatida uchraydigan savollarga bergan javoblari, dunyoqarashi va hozirjavobligi ham sinovdan o’tkazildi.
    Tadbirda e’tirof etilganidek, tizimda faoliyat ko’rsatayotgan faollar milliy va umuminsoniy qadriyatlar — do’stona qo’shnichilik va o’zaro hurmat, mehr-oqibatni mustahkamlash, yordamga muhtoj insonlarga g’amxo’rlik ko’rsatish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirish yo’lida tashabbuskorlik ko’rsatib kelishmoqda. Tanlovda ularning milliy an’analarimiz, urf-odatlarimizni saqlash, fuqarolar yig’inlarini kompleks rivojlantirish, sohaga oid ilg’or ish tajribalarini ommalashtirish, ayni chog’da yaratilgan keng imkoniyatlardan nechog’li to’g’ri foydalanilayotgani, sohaga oid milliy qonunchilik ijrosi, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi hamda tinchlik va osoyishtalik, ahillik va mehr-oqibat muhitini ta’minlash, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga oid ishlari atroflicha sarhisob qilindi.
    Mahallaning aholini aniq yo’naltirilgan asosda ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirishga ko’maklashish markazi sifatidagi faoliyati yanada yaqqol namoyon bo’lmoqda, — deydi Uchqo’rg’on tumanidagi “Sohil” mahalla fuqarolar yig’ini raisi Dilbarxon Bahromova. — Buni o’zimizning mahalla misolida ham ko’rish mumkin. Hozir bu yerda aholi bandligini ta’minlashning samarali vositasi bo’lgan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinayapti. Aholining 114 nafari tadbirkorlik, 28 nafari kasanachilik, 12 nafari hunarmandchilik, 58 nafari chorvachilik, parrandachilik va asalarichilik bilan shug’ullanadi. Keyingi paytlarda birgina tomorqa xo’jaligi negizida 70 ga yaqin oila o’z biznesini yo’lga qo’ydi. YOshlarimizning ko’pchiligi hududdagi savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalarida faoliyat ko’rsatmoqda.
    Tanlovning yakuniy bosqichida hududlarda g’olib bo’lgan 14 ta fuqarolar yig’ini jamoalari o’zlarini har jihatdan namoyish etishdi. Ushbu organlarda bajarilgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari hamda erishilgan natijalar, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash yuzasidan ko’rilgan chora-tadbirlar, hududlardagi korxona va tashkilotlar bilan yo’lga qo’yilgan hamkorlik aloqalari, shuningdek, fuqarolar yig’inlari raislari, yig’inlar diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchilari, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbarlari tomonidan joylarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yosh avlod vakillarining bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida ma’lumotlar berildi.
    Shundan so’ng hakamlar hay’ati tomonidan g’olib va sovrindorlar aniqlandi. Unga ko’ra, Buxoro viloyati o’ijduvon tumanidagi “Toshloq” mahalla fuqarolar yig’ini jamoasi birinchi o’ringa loyiq topildi. Keyingi o’rinlar esa Navoiy shahridagi “Kimyogar”, SHayxontohur tumanidagi “SHofayzi”, Sariosiyo tumanidagi “Bo’yrapo’sh” va Andijon tumanidagi “Islomobod” mahalla fuqarolar yig’inlari jamoalariga nasib etdi. Turli nominatsiyalar bo’yicha ham g’oliblar aniqlandi. Ularga diplomlar va qimmatbaho sovg’alar topshirildi.
    Mahallamizda doimiy komissiyalar bilan hamkorlikda ishlash izchil yo’lga qo’yilgani yutuqlar omili bo’lmoqda, — deydi o’ijduvon tumanidagi “Toshloq” mahalla fuqarolar yig’ini raisi Gulnora SHamsieva. — Ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratayapmiz. Ularni milliy qadriyatlar va urf-odatlarga hurmat, ona-Vatan va istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi ishlar o’z samarasini berayapti. Mahallamiz aholisi bir-biri bilan ahil va totuv, eng muhimi, keyingi bir necha yil mobaynida voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklari va jinoyatchiligi umuman qayd etilmadi. Ayni chog’da tadbirkorlikni rivojlantirish ham doimiy e’tiborda bo’lib kelmoqda. Aholining 1700 nafari tadbirkorlik, 124 nafari kasanachilik, 120 nafari milliy hunarmandchilik, 176 nafari esa chorvachilik, parrandachilik va asalarichilik bilan shug’ullanmoqda. Tanlovda ushbu yutuqlarimiz e’tirof etildi. Albatta, bundan keyin ham faoliyatimizni yanada kuchaytiramiz. Bu borada bizga tanlov asnosida qo’lga kiritgan ilg’or tajribalarimiz asqatadi, deb o’ylayman.
    Tanlov doirasida hunarmandlar, ustalar, oilaviy tadbirkorlar ishlab chiqargan mahsulotlar va mahalla hayotini aks ettiruvchi ko’rgazma ham tashkillashtirildi.
    Qatnashchilar poytaxtimizdagi namunali mahalla fuqarolar yig’inlari faoliyati va Hazrati Imom majmuida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar.
    Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari A. Ikramov so’zga chiqdi.

    Toshkent viloyati O’rtachirchiq tumani XTMFMT va TEB tassarufidagi 13 – umumta`lim maktabi

    Tayyorladi: 9 – “B” sinf o’quvchilari

    To’y tepa 2014 – yil
    Download 22.68 Kb.




    Download 22.68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari

    Download 22.68 Kb.