Kurs loyihasi




Download 1.29 Mb.
bet1/28
Sana29.03.2017
Hajmi1.29 Mb.
#2612
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT AVTOMOBIL VA YO'LLAR INSTITUTI
KURS LOYIHASI
AYoQShlarni loyihalash


BAJARDI: Rahimov X.

QABUL QILDI: Sobirjonov A.

TOSHKENT – 2013 Y.

Kirish

Avtomobil va turli xil texnikalar yigirmanchi asr rivojining eng ko’zga ko’ringan natijalaridandir. Bugungi kunda ichki yonuv dvigatellariga ega bo’lgan transport vositalari, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarda qo’llaniladigan texnikalar soni bir milliarddan ortib ketdi.

Mamlakatimiz avtomobil parkining umumiy soni 3 millionga qarab borayotgani O’zbekiston Respublikasida avtomobil sanoatining tez sur’atlarda rivojlanayotganligining natijasidir.

Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida tashilayotgan yuklar va yo’lovchilarning 90 foizdan ortig’i avtomobil transporti yordamida amalga oshirilmoqda.

Transport vositalarining ishonchli ishlashi, iqtisodiy va tejamkorlik ko’rsatkichlari ko’p jixatdan ularning yonilg’i-moylash mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasiga hamda bu mahsulotlarning sifatiga bog’liq.

Mustaqillikdan so’ng erishilgan yutuqlar, barcha tizimlarni bozor iqtisodiyotiga o’tishi, tadbirkorlik uchun yaratilgan imtiyozlar natijasi yonilg’i moylash mahsulotlari ta’minoti tizimida ham katta o’zgarishlarga olib keldi.

1986 yilda O’zbekiston Respublikasi hududida mavjud bo’lgan 150 taga yaqin yonilg’i quyish shoxobchalarining barchasi davlat tasarrufidagi neft bazalariga biriktirilgan bo’lsa, shu kunga kelib faqatgina xususiy yonilg’i quyish shoxobchalarining soni besh yuzdan ortib ketdi va har yili bir necha o’nlab yangi yonilg’i quyish shoxobchalari qurilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov 2012 yil yakuniga bag’ishlangan Vazirlar Maxkamasining majlisida qilgan ma’ruzasida “... 2013 yil va yaqin kelajakka mo’ljallangan dasturimizni amalga oshirishimizda iqtisodiyotimiz va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik yangilanishni jadallashtirish va uning ko’lamini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish markaziy o’rin tutishi darkor...” der ekanlar, “...dasturiy vazifalarimizni amalga oshirishda yo’l-transport va komunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etadi...” deb ham takidladilar*.

Yo’l-transport infrastrukturasidagi inshootlar tarkibiga kiruvchi yonilg’i quyish shoxobchalari (YoQSh) neft mahsulotlari ta’minoti tizimidagi o’ta muhim korxonalargina bo’lib qolmasdan, balki ular shahar va qishloqlarimiz arxitekturasining ham ajralmas qismiga aylanishdi. Ayrim yonilg’i quyish shoxobchalari shahar va tumanlarimizning ramziy belgisiga yoki tashrif varaqasiga aylanib bormoqda desak ham mubolag’a bo’lmaydi.

Yonilg’i quyish shoxobchalarining yong’in va ekologik xavfli korxonalar sirasiga kirishini hisobga olsak, barcha shoxobchalarni takomillashtirish, ularni yangilash shu kunning dolzarb masalalaridan biri bo’lib, shoxobchalardagi xavfsizlik, shu shoxobchalarda faoliyat ko’rsatayotgan ishchi-xizmatchilarning tajribasiga, ularning nazariy va amaliy ko’nikmalariga, xizmat ko’rsatish madaniyati va saviyasiga bevosita bog’liqdir.

Shu munosabat bilan respublikamizdagi bir necha kasb-hunar kollejlarida yonilg’i quyish shoxobchalari uchun operatorlar, laborantlar va ustalar tayyorlash yo’lga qo’yildi.

Ushbu o’quv qo’llanma sanoat, transport, servis, qishloq xo’jaligi va boshqa bir qator ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun yozildi va tayyorlanayotgan kadrlarimizni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirish, ularga YoQSh larda ishlash uchun bilim va ko’nikmalar berishga mo’ljallangan.

Ushbu darslikni takomillashtirish uchun o’z fikrini bildirgan barcha hamkasblarimizga, soha xodimlariga avvaldan o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.



Download 1.29 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Download 1.29 Mb.