Siqilgan tabiiy gaz to’ldirish shoxobchalari




Download 1.29 Mb.
bet2/28
Sana29.03.2017
Hajmi1.29 Mb.
#2612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Neft maxsulotlari taminoti tizimining tizimlari.

Transport vositalarida qo’llaniladigan mahsulotlarga ichki yonuv dvigatellari uchun yonilg’ilar, motor va transmission moylar, plastik surkov moylari, gidravlik moylar, maxsus texnik suyuqliklar kiradi. O’zbekiston Respublikasida hozirgi kunda 5 ta neftni qayta ishlash va 2 ta gazni qayta ishlash zavodlari faoliyat ko’rsatmoqda.

Neftni qayta ishlash zavodlaridan eng birinchisi, Farg’ona viloyati Oltiariq shahrida 1906 yilda ishga tushirilgan zavod bo’lib, u zavod yiliga 2 mln tonna atrofida neftni birlamchi qayta ishlay oladi. Bu zavodda neft va gazkondensat aralashmasi 350 0S gacha qaynatilib undan yonilg’i fraksiyalari ajratib olinadi va qoldiq-mazut qayta ishlash uchun boshqa zavodlarga yuboriladi.

Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi sohadagi yirik korxonalardan bo’lib yiliga 8 mln tonna, 1997 yilda qurilgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (NQIZ) 3 mln. tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu zavodlarda neft va gaz kondensati aralashmasi Oltiariq zavodidagi kabi birlamchi ishlov natijasida yonilg’i (35 – 360 0S da bug’lanuvchi) fraksiyalariga va mazutga ajratiladi.

Olingan yonilg’i fraksiyalar ikkinchi bor qayta ishlanib “xom yonilg’i” fraksiyasidagi yarim mahsulotlar yanada tozalanadi, molekulyar tuzilishi tartibga keltiriladi va qayta ishlash mahsuloti bo’lmish riforming, kreking, alkillangan benzin, rafinat kabi komponentlar aralashtirilib, kerakli qo’shilmalar qo’shilib, tovar mahsulotlari olinadi. Jarqo’rg’on neftni qayta ishlash zavodida esa quyuq neftlar, mazut va gudron asosida turli xil bitumlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.

Mazutni ikkilamchi qaynatish natijasida undan moy fraksiyalari ham bug’lantirib, qayta suyuqlikga o’tkaziladi va turli xil moy distilyatlari olinib, ular asosida motor va transmission moylar, industrial va boshqa gidravlik moylar, surkov moylari, iqtisodiyot sohalari uchun muhim bo’lgan boshqa turdagi moylar olinadi. Mazutni qayta ishlashdan qolgan qoldiq gudron asosida qurilish va yo’llar uchun bitumlar ishlab chiqariladi.

Neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqilgan tovar mahsulotlar neft terminallari orqali neft bazalariga yetkazib beriladi.



Download 1.29 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Download 1.29 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Siqilgan tabiiy gaz to’ldirish shoxobchalari

Download 1.29 Mb.