|
Kutubxona ma`lumotlar bazasi 2- laboratoriya ishi mavzu: sql tilida jadvallar yaratish, o`zgartirish va o`chirish
|
bet | 1/2 | Sana | 22.11.2022 | Hajmi | 138.5 Kb. | | #31217 |
Bog'liq Kutubxona ma`lumotlar bazasi 2- laboratoriya ishi mavzu sql til Rwferendum ro\'yhati 2023 илгани — копия, 1685515188, про, уццццу
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI
Ma`lumotlar bazasi
LABORATORIYA ISHI № 2
Mavzu: SQL tilida jadvallar yaratish, o`zgartirish va o`chirish
(Kutubxona ma`lumotlar bazasi)
2- LABORATORIYA ISHI
Mavzu: SQL tilida jadvallar yaratish, o`zgartirish va o`chirish
(Kutubxona ma`lumotlar bazasi)
Ishdan maqsad: predmet soha ma‘lumotlar bazasini so`rovlar orqali yaratishni va so`rovlar orqali oddiy jarayonlarni bajarishni o`rganish, hamda ko`nikmaga ega bo`lish. Talabalarda DDL komandalaridan foydalanish va shu orqali relyasion MB yaratish ko‘nikmasini hosil qilish.
Masalani qo`yilishi: Predmet soha ma`lumotlar bazasini SQL so`rovlari orqali yaratish. Mavjud ob`yektlarni so`rovlar orqali ma`lumotlar bilan to`ldirish, o`zgartirish va keraksiz ma`lumotlarni o`chirishni ko`rib chiqish.
Uslubiy ko`rsatmalar: SQL tilida quyidagi asosiy ma‘lumotlar turlari ishlatilib, ularning formatlari har xil MBBT lar uchun farq qilishi mumkin:
INTEGER
|
butun son (odatda 10 tagacha qiymatli raqam va ishora).
|
SMALLINT
|
«qisqa butun» (odatda 5 tagacha qiymatli raqam va ishora).
|
DECIMAL(p,q)
|
o‗nli son, p raqam va ishoradan iborat (0 < p < 16). O‗nli nuqtadan so‗ng raqamlar soni q orqali beriladi (q < p, agar q = 0 bo‗lsa, tashlab yuborilishi mumkin).
|
FLOAT
|
haqiqiy son 15 ta qiymatli raqam va butun darajadan iborat. Daraja MBBT tipi bilan aniqlanadi (masalan, 75 yoki 307).
|
CHAR(n)
|
uzunligi o‗zgarmas, n ga teng bo‗lgan simvolli qator (0 < n < 256).
|
VARCHAR(n)
|
uzunligi o‗zgaruvchi, n simvoldan oshmagan simvolli qator (n > 0 va har xil MBBT larda turlicha, lekin 4096 dan kam emas).
|
DATE
|
maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi sana; sana maydonlari bizning eramizdan oldin bir necha mingyilliklardan boshlanuvchi va bizning eramiz beshinchi-o‗ninchi mingyilligi bilan cheklangan haqiqiy sanalarni o‗z ichiga olishi mumkin.
|
TIME
|
maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi vaqt (ko‗zda tutilgan bo‗yicha hh.mm.ss).
|
DATETIME
|
sana va vaqt kombinatsiyasi.
|
MONEY
|
maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi pul birligi.
|
SQL tili quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
DDL ( Mа‘lumоtlаrni Tа‘riflаsh Tili ) - ANSI dа ma‘lumotlar sxemаsini tа‘riflаsh tili, оb‘ektlаrni (jаdvаllаr, indekslаr, tаsаvirlаr vа hоkаzо) yarаtuvchi buyruqlar to‘plamidan ibоrаt.
|
| |