Laboratoriya ishi 16 Entomopatogen preparatlar va ularning olinish texnologiyasi




Download 32,72 Kb.
bet1/2
Sana23.05.2024
Hajmi32,72 Kb.
#251682
  1   2
Bog'liq
16-laboratorya entamopatogen


Laboratoriya ishi 16
Entomopatogen preparatlar va ularning olinish texnologiyasi


Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar: Laminar boks, thermostat, aftoklaf, bakteriosit lampa, yorug‘likni taminlovchi lyumensessiya lampalar, stellajlar bilanb jihozlangan o‘simlik o‘stirish xonasi, issiqlikni taminlovchi isitish moslamalari. turli o‘lchamdagi probirkalar penset, qaychi, mikroigna, tayyor va vaqtinchalik preparatlar va kimyoviy moddalar
Mashgʻulotning maqsadi. Entomopatogen preparatlar ichida virusli preparatlar xo‘jayin xasharotga nisbatan o‘zining o‘ta spetsifikligi bilan xarakterlanadi. Ular odatda bir turdagi xasharotlargagina ta'sir ko‘rsatadi.
Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar: steril kolbalar, poliedr virusi, kaolin, bentonet, Petri likopchasi, 25-30 0C li termostat mikroskop, ENSh, ABB.
Entomopatogen preparatlar ichida virusli preparatlar xo‘jayin xasharotga nisbatan o‘zining o‘ta spetsifikligi bilan xarakterlanadi. Ular odatda bir turdagi xasharotlargagina ta'sir ko‘rsatadi. Ularning bu yaqqol tor doiradagi ta'sirining o‘zi bu preparatlarning inson, flora va fauna uchun bezararligini ko‘rsatadi. Viruslar o‘zlarining noqulay tashqi ta'sirlariga (harorat, namlik) o‘ta chidamli bo‘lib, ular xasharotlardan tashqi holatda ham 10-15 yilgacha o‘z ta'sir kuchini yo‘qotmaydi. Hashoratning viruslar bilan kasallanishi ularning ovqatlanishi orqali yuz beradi. Xasharot ichaklariga tushgan virusli tanacha ishqorli pH da parchalanishni boshlaydi. Erkinlikka chiqqan virionlar ichak devorlari orqali hujayralarga o‘tib, yadrolarda viruslar replikatsiyasi ro‘y beradi. Bo‘sh viruslar boshqa hujayralarni ham zararlay boshlaydi va oqibatda xasharotlar lichinkalarining nobud bo‘lishiga olib keladi. Viruslarning farqlanuvchi belgilari shuki, ular faqatgina tirik to‘qimalardagini ko‘paya oladi. Bu esa o‘z navbatida sanoat miqyosida virusli entomopatogen preparatlarni ishlab chiqarishda bir muncha qiyinchiliklar tugʻdiradi, chunki viruslarni ko‘paytirish texnologiyasi jarayonida faqatgina tirik xo‘jayin-xasharotlardan foydalanishi talab etiladi. Hozirgi paytda 3 xil virusli entomopatogen preparatlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan: virin-EKS(karam qurtiga qarshi), ENSh (tok ichak qurti kasaliga qarshi), ABB (ameraka oq kapalagiga qarshi). Har qanday virusli preparatni ishlab chiqarish xo‘jayin-xasharotni ularning fiziologik sogʻlomligini ta'minlovchi sun'iy Ozuqa muhitida o‘stirishdan boshlanadi. Ma'lum bir rivojlanish fazasida (odatda qo‘ngʻiz davrida) xasharotlar ovqatiga virusli suspenziya qo‘shish yo‘li bilan ular zararlantiriladi. Buning uchun inokulyat oldindan bir qancha kasallangan lichinkalardan olib tayyorlanadi. Hashoratlar zararlangandan so‘ng uning to‘qimasida maksimal viruslar to‘planishini ta'minlovchi qat'iy aniq sharoitda saqlanadi. 7- 9 kundan keyin nobud bo‘lgan va chalajon lichinkalar yigʻiladi, 33-350C da ular quritiladi, mexanik usulda to‘qimalar yigʻindisi-tana maydalanadi. Olingan massaga fiziologik eritma yoki distillangan suv 1 qo‘ngʻizga 1 ml hisobida qo‘yiladi, maydalanib suyultirilgan to‘qima filtrlanadi. Ishlab chiqarish preparati virin-EKS poliedralari filtratni sentrafigura usulida cho‘ktirib olinadi. Cho‘kma minimal miqdorda distillangan suvda suyo‘ltiriladi va 1 ml dan 1 mlrd. gacha poliedrlar titri bo‘lguncha sterillangan glitserin qo‘shiladi. Tayyor preparat flakonlarga bir yoki bir necha gektajuhkjrga yetarli miqdordagi me'yorda joylanadi. Ushbu texnologiya inokulyat sarfi bilan taqqoslanganda poliedrlar miqdorini 5-10 ming marta oshirish imkoniyatini beradi. Bitta qo‘ngʻizda o‘rtacha 36 mlrd.gacha poliedrlar uning quruqmas ogʻirligining 30% ini tashkil etuvchi 36 mlrd.gacha poliedrlar olish imkoniyati mavjud. Ishlab chiqarishda virin-ENSh preparati filtratiga laktoza qo‘shiladi aralashtirilgandan so‘ng suspenziya hajmining 4:1 nisbatida atseton qo‘shiladi. Tindirilgandan so‘ng ustki qism suyuqligi to‘kiladi cho‘kma esa atseton to‘liq uchib ketguncha quritiladi. Tayyor preparat formasini tayyorlashda quruq cho‘kma qo‘shimchalar-kaolin yoki bentonitga 1 grammlari 1 mlrd. poliedrlar titrini olishgacha aralashtiriladi.
Hamma entomopotogen bakteriyalardan to‘liqroq o‘rganilgani grammusbat bakteriya Bac.trurinliensis hisoblanadi. Bu bakteriya hashorat tanasiga kirib borib, uning tanasida sentitsimiya yuzaga keltiruvchi spora hosil bilan bir qatorda, uning asosida tayyorlangan preparatning samaradorligini oshiruvchi bir qator toksinli birikmalar hosil qiladi.
Bu bakteriyalarda ishlab chiqariluvchi toksinli mahsulotlar orasidan 4 ta komponent ajratiladi:

Download 32,72 Kb.
  1   2




Download 32,72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Laboratoriya ishi 16 Entomopatogen preparatlar va ularning olinish texnologiyasi

Download 32,72 Kb.