Laboratoriya ishi - № 8
Mavzu: Elektr jixozlari va tizimlarini kompleks diagnostika qilish
I. Ish hajmi: Laboratoriya ishi 2 soat auditoriya vaqtiga va 2 soat mustaqil ishga mo‘ljallangan.
II. Ishni bajarishdan maqsad:
1.
Elektr jixozlari
va tizimlarning vazifasi, ish rejimlari va tuzilishini o‘rganish.
2.
Elektr jixozlari va tizimlarning nuqsonlarini aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil
qilish.
3.
Elektr jixozlari va tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish va sinash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar
hosil qilish.
III. Ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan qisqacha nazariy ma’lumotlar
Nazoratning bort tizimi (NBT) XX asrning 70-yillarida avtomobillarda joriy qilini boshladi. U haydovchiga
nosozliklarni
kelib chiqishi yoki agregatlar, mexanizmlar,
tizimlar, asboblarning ishining buzilishi haqida axborot berib
turadi. Bu nosozlik joyini tez aniqlash, oldindan texnik hizmat ko‘rsatish hajmini rejalashga yordam beradi. Uning nazorat
zonasiga harakat xavfsizligi va avtomobilning ishonchliligiga ta’sir etuvchi elementlar kiradi, aynan: dvigatelning moylash
tizimidagi
moy satxi, sovituvchi suyuqlik, tormoz suyuqligi, oynalarni yuvish suyuqligi satxlari. Bundan tashqari tayyorlash
firmalari belgilab beruvchi boshqa nosozliklar bo‘lishi mumkin.
NBTni qo‘llash maqsadlari — haydovchini avtomobilning asosiy tizimlarini nazorat qilishda ozod qilish; haydovchini
nosozliklar kelib chiqishini ularning
axamiyati bilan baholash; haydovchini navbatdagi TXKni o‘tkazish to‘g‘risida
ogohlantirish.
NBTning quyidagi shakllari qo‘llaniladi:
– joriy nosozliklar to‘g‘risidagi ahbarotlar kompyuterga kiritiladi va TXK stansiyalariga borguncha saqlanadi, u erda
diagnostikachi-usta bu ahbarotlarni displey ekranida ko‘rishi mumkin;
– diagnostika jarayonida kompyuter savollar beradi va diagnoschining javoblarini taxlil qilgan holda nosozlikni to‘g‘ri
aniqlaydi.
VAZ-2109 avtomobillarida NBT 12 ta parametrni nazorat qiladi. O‘t oldirish yoqilgandan keyin ekranda qizil
signalizatorlar yoritib turadi: «Xavfsizlik kamarini taqing», «To‘xtab turish tormozi», dvigateldagi moyning xalokatli bosimi,
tormoz nakladkalarining eyilishi, tormozlanish
fonarlarining nosozligi, dvigatelning qizib ketishi. Sariq signalizatorlar
ishlash vaqtida qoida buzarliklar haqida axborot beradi:
dvigatel poddonida moyning, tormoz, sovituvchi va yuvuvchi
suyuqliklar, bakdagi yonilg‘i satxi, bort tarmog‘idagi kuchlanishlar past. Alohida «Stop» katagi xech bo‘lmaganda bitta qizil
signalizator ulangan bo‘lsa ham yoritadi.